Mudofaa vazirligi TikTok ijtimoiy tarmog‘ida tarqalgan O‘zbekiston go‘yoki Rossiyaga harbiy yordam yuborayotgani aks etgan video feyk ekanini ma’lum qildi.
Shoxlarni beruxsat kesganga jarima, daraxtlarni yo‘q qilganga 10 yil qamoq yoki 8 mln dollar, zararni qoplash uchun 10 yil davomida ko‘chat ekish va parvarishlash majburiyati. “Gazeta.uz” AQSh, Yevropa va Rossiyada daraxtzorlarni yo‘q qilganlik uchun jazolarni o‘rgandi va ularni O‘zbekistondagilari bilan taqqosladi.
Yangihayot tumanida Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan noqonuniy muomaladan musodara qilingan 2 tonnadan ziyod narkotik vositalar yoqib yuborildi. So‘nggi 1,5 yilda 952 kg giyohvandlik, 440 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi va 7 ming donadan ortiq psixotrop moddalar aniqlangan.
Pyotr Karimovning birinchi prezident Islom Karimovning turmush o‘rtog‘i Tatyana Karimovaga nisbatan meros masalasidagi da’vosi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi. 26-iyunga belgilangan birinchi instansiya sudi qoldirildi.
Prezident farmoni bilan yer uchastkalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratishni nazarda tutuvchi tartiblar, imtiyoz va istisnolarni qonunchilikdan chiqarib tashlandi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali beriladi.
Xivada mast holdagi Damas haydovchisi shahar IIB boshlig‘ini urib yubordi. Jabrlanuvchi og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Holat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.
Ekologiya vazirligi Chotqol davlat qo‘riqxonasidagi fotoqopqonga tushib qolgan Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i tasvirini e’lon qildi. Ushbu tur Qizil kitobga kiritilgan.
Yunusobod tumanidagi “Turkiston” metro bekati ustidan o‘tuvchi, cho‘kishi sababli yopilgan ko‘chada transport harakati tiklandi. “Gazeta.uz” muxbiri xabar berishicha, asosiy va qo‘shimcha yo‘l o‘rtasidagi yashil hudud o‘rnini beton qoplama egallagan. Foto.
Salqin yakshanbadan so‘ng hafta davomida harorat +39…+41 darajaga ko‘tariladi. Havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol kuchayishi, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.
O‘zbekiston futzal bo‘yicha 2024-yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Musobaqalar “Humo” arena, “Yunusobod” sport majmuasi, “Alpomish” hamda boshqa bir qator muz saroylarida o‘tishi rejalashtirilgan. FIFA vakillari musobaqa boshlanishidan oldin obyektlarning holatini ko‘rgani keladi.
Tarmoqlarda noma’lum erkak restoranda o‘tirgan ayollarga qarata stakan uloqtirgani tasvirlangan video tarqaldi. Qashqadaryo viloyat IIBning ma’lum qilishicha, holat Kitob tumanida sodir bo‘lgan. Ayollardan biri shifoxonaga yotqizilgan, erkakka nisbatan jinoiy ish ochildi.
Surxondaryoda Lacetti To‘palang daryosiga tushib ketdi. Uning haydovchisi hodisadan oldin yurak ishemik ehtimoli yuqoriligi sababli vafot etgan, 16 yoshli yo‘lovchi esa shifoxonaga yotqizilgan.
Toshkent shahrining Yakkasaroy, Sergeli (16:00 gacha), Chilonzor va Mirobod tumanlaridagi (soat 17:00 gacha) ayrim ko‘chalarda elektr ta’minoti to‘xtatildi.
25-iyun, yakshanba kuni soat 18:00 da O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlarning vakillari o‘rtasida ilk teledebat bo‘lib o‘tadi. U mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlanadi. Efir qoraqalpoq, rus va ingliz tillariga tarjima qilingan holda uzatiladi.
Urgut tumanida tunda sevganining uyiga kelgan yigitni qizning akasi kaltakladi. Qiz va yigit sinfdosh bo‘lgan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
G‘allaorol tumanida 15 yoshli o‘smir kechki payt yo‘lni kesib o‘tayotganda mashina urib yuborishidan halok bo‘ldi. Hodisaga yo‘l anomal sovuqdan buyon yoritilmayotgani sabab bo‘lgani aytilmoqda. Hokimiyat elektrni tejashga topshiriq berilmaganini ma’lum qildi. Ushbu uchastkada yil boshidan buyon 13 ta YTH sodir bo‘lgan.
“Gazeta.uz” og‘ir YTHga uchragan veloshosse bo‘yicha Osiyo chempioni Anna Kuskova va Velosport federatsiyasi bilan velosipedchilarni mashina urib yuborishi haqida suhbatlashdi. Hamma birdek jazoga tortilmasligi haydovchilarni qoida buzishga undab, O‘zbekistonda xalqaro musobaqalar o‘tkazishni havf ostiga qo‘ymoqda.
Toshkentda plyajlar 1990-yillar oxiridan kamaya boshlab, 2017-yilda cho‘milish mumkin bo‘lgan eng oxirgi joy ham yopildi. Poytaxt olti yil cho‘milishga ruxsat berilgan joylarsiz yashadi (pullik akvaparklar hisob emas). Bu yil ikkita plyaj ochildi. “Gazeta.uz” ularda bo‘lib, hordiq chiqaruvchilar bilan suhbatlashdi.
Qibray tumanida 18 yoshli yigit ariqda hushsiz oqib ketayotgan 2 yoshli qizchani qutqarib qoldi. Bolaning otasi uyida ish qilayotgani sabab qizi suvga tushib ketganini bilmay qolgan. Tuman FVB yiigitni tashakkurnoma va sovg‘a bilan taqdirladi.
Bulung‘ur tumanida 9 tup sog‘lom va 1 tup qurigan qayrag‘och daraxtini kesgan fuqarolarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Huquqbuzarlik oqibatida tabiatga 744,6 mln so‘m zarar yetgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting