Temir yo‘l izlarini modernizatsiya qilinishi sabab Toshkent−Buxoro−Toshkent yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdlar harakati jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi va yo‘lovchi poyezdlar Navoiy bekatiga qadar harakatlanadi.
Apellyatsiya sudi Qoraqalpog‘iston voqealari yuzasidan jinoyat ishi bo‘yicha 8 nafar ayblanuvchining jazosini ozodlikni cheklash bilan almashtirdi, 6 nafar sudlanuvchining muddati qisqartirildi, Dauletmurat Tajimuratovning muddati o‘zgarishsiz qoldi. Sud prokuraturaning 4 kishiga nisbatan protestini rad etdi.
Mirzo Ulug‘bek tumanida MY5 telekanali jurnalistiga qo‘pollik qilgan shaxs 5 sutkaga qamaldi. Tarmoqlarda tarqalgan videoda jurnalist aholi so‘rovi bilan ko‘p qavatli uydagi noqonuniy buzilish holatini o‘rganayotganda fuqaro unga qarshilik ko‘rsatgani va haqoratlaganini ko‘rish mumkin.
Toshkentdagi akvaparklardan birining kiyim almashtirish xonasidan kameralar aniqlandi. IIBB murojaatni o‘rganib, kameralar tashrif buyuruvchilarning buyumlari saqlanadigan qismda joylashgani va o‘g‘rilikning oldini olish maqsadida o‘rnatilganini ma’lum qildi. Xodimlar bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.
Dunyoning turli shaharlarida rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyning tug‘ilgan kuni munosabati bilan uni qo‘llab-quvvatlash aksiyalari bo‘lib o‘tdi. Rossiyada 100 dan ortiq odam piketlarda qatnashgani uchun hibsga olindi.
Poytaxtda Yutong elektrobusi, Malibu 2 va Lacetti ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Haydovchilardan biri shifoxonaga yotqizildi.
Xivadagi XIX asrga oid Toshhovli saroyini konservatsiya qilish loyihasi yakunlandi. Ob-havo va noto‘g‘ri olib borilgan restavratsiya ishlari tufayli uning bezakli koshinlari va g‘ishtlari parchalangandi. Loyiha uchun mablag‘ AQSh tomonidan ajratildi.
Nasafnews.uz internet nashri rasman faoliyatini tugatayotganini e’lon qildi. Uning ortidan esa blogerlar Umid Karimov (Nasafnews.uz rahbari), Otabek Artikov va Maqsud Muzaffarov ham ortiq faoliyat yuritmasligini ma’lum qildi. “Gazeta.uz” ular bilan bog‘lanib, bunday qarorga kelish sabablarini so‘radi.
Yangiyo‘l shahrida 16 yoshli maktab o‘quvchisi Jo‘n kanaliga cho‘kib ketdi. Uning jasadi oradan bir kun o‘tib topildi.
O‘zbekistonda ish haftasi davomida haroratning asta-sekin ko‘tarilishi davom etadi. Kunduzi havo +40 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda +42 darajagacha isiydi. Bu iyun oyining birinchi o‘n kunligi uchun me’yordan 4−6 daraja yuqori hisoblanadi.
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining hududlarda ipak qurti urug‘ini tayyorlovchi 7 ta yangi urug‘chilik korxonasi tashkil etildi. Shuningdek, yangi tutzorlar barpo qilish uchun 105 ming gektar yer doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilishi belgilandi.
25-may kuni Qo‘shtepa tumanida maktab bitiruvchisi Katta Farg‘ona kanalida cho‘kib ketgandi. Uning jasadi oradan 9 kun o‘tib kanalning Oltiariq tumanidan oqib o‘tuvchi qismidan topildi.
Sergeli tumanining “Junariq” mahallasidagi 9 ta xonadonni suv bosdi. Toshqin Jun va Salar kanaliga to‘liq suv ochilgani bois yuzaga kelgan. Holat bartaraf etildi, hodisa oqibatida jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q, deyiladi xabarda.
Qamashi tumanida Damas daraga ag‘darilib ketishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, yana 3 kishi jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi. Voqeaga haydovchining boshqaruvni yo‘qotishi sabab bo‘lgan.
Jomboy tumanida 37 yoshli ayol ekin maydoniga qoramol tushgani uchun ferma ishchisi bo‘lgan qaynog‘asi tomonidan kaltaklandi. Viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi uning ahvoli nisbatan qoniqarli ekanini ma’lum qildi. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
2024-yil 1-martdan O‘zbekistonda ayrim hududlarga ekomahalla, ekoqishloq va ekoovul maqomi beriladi. Ularda elektr energiyasi quyosh batareyalariga almashtiriladi, elektrobus harakatlanishi yo‘lga qo‘yiladi va savdo shoxobchalarida plastik paketlar savdosi taqiqlanadi.
Yashnobod va Uchtepa tumanlarida fuqarolarga jami $22,5 ming evaziga Haj vizasi va kvota olib bermoqchi bo‘lgan firma mutasaddilari qo‘lga olindi. Ular 4 ming dollarni bo‘nak sifatida olayotganlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Toshkent hayvonot bog‘iga Isroildan maymunlar oilasiga mansub bir qancha gamadrilalar keltirildi. Ularning moslashishiga isroillik mutaxassislar ko‘maklashdi.
Go‘zal manzaralar, ko‘p asrlik daraxtlar, flamingolarning kelishi kabi tabiat hodisalari va obyektlari yaratilayotgan O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritiladi. Bu tabiatni inson harakatlaridan himoya qilish va kelajak avlodlar uchun saqlashga yordam berishi lozim.
Bosh prokuratura Chilonzor IIB binosida 21 yoshli yigitning 4-qavatdagi hojatxonadan sakrab vafot etgani bo‘yicha foto-video dalillarni e’lon qildi. Shuningdek, holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. IIO xodimlarining xatti-harakatlariga huquqiy baho berish uchun tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting