Jamiyat

Batik Air Kuala-Lumpur va Toshkentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi
30 may 2023, 18:18

Batik Air Kuala-Lumpur va Toshkentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi

Indoneziyaning Batik Air aviakompaniyasi oktabr oyi oxiridan boshlab Kuala-Lumpur-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi. Parvozlar haftasiga uch martagacha amalga oshiriladi.

Toshkent tumanida bir-biriga tutash uchta uy yonib ketdi
30 may 2023, 17:44

Toshkent tumanida bir-biriga tutash uchta uy yonib ketdi

Toshkent viloyatida uchta xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda 450 kvadrat metr maydonda tom va ichki jihozlar yonib zararlandi.

“Darslik emas, qo‘llanma”. Maktab vazirligi surati tarqalgan ma’naviyat kitobi haqida
30 may 2023, 17:09

“Darslik emas, qo‘llanma”. Maktab vazirligi surati tarqalgan ma’naviyat kitobi haqida

Tarmoqlarda Mening ma’naviy hamrohim nomli maktab darsligi yaratilayotgani, u 1-sinfdan 11-sinfgacha o‘tilishi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bu kitobning qo‘llanma ekani, o‘quv rejaga kiritilishi rejalashtirilmaganini bildirdi.

“Tadbirkor ayol” xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi ta’lim loyihasini taqdim etdi
30 may 2023, 17:00

“Tadbirkor ayol” xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi ta’lim loyihasini taqdim etdi

30-may kuni Samarqandda “Tadbirkor ayol” xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasining “Mas’uliyatli moliya va qishloqning barqaror rivojlanishi” ta’lim loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Maktabga borish uchun Sirdaryodan qayiqda o‘tadigan qiz o‘qishini sport markazida davom ettiradigan bo‘ldi
30 may 2023, 15:06

Maktabga borish uchun Sirdaryodan qayiqda o‘tadigan qiz o‘qishini sport markazida davom ettiradigan bo‘ldi

Sirdaryo viloyatida maktabga borish uchun daryoni qayiqda kechib o‘tadigan qiz sentabrdan o‘qishni Gulistondagi sport maktabida akademik eshkak eshish yo‘nalishida davom ettiradi. Shu sabab endi qiz daryodan o‘tishi shart emas.

Juma tabrigi va diniy masalalarni tarqatishga hech qanday ta’qib yo‘q — Musulmonlar idorasi
30 may 2023, 11:37

Juma tabrigi va diniy masalalarni tarqatishga hech qanday ta’qib yo‘q — Musulmonlar idorasi

Tarmoqlarda juma tabrigi va diniy materiallar tarqatish javobgarlikka sabab bo‘lishi aytilgan xabarlar tarqaldi. Musulmonlar idorasi ularning yolg‘onligini bildirib, juma tabriklarini tarqatishga hech qanday ta’qib yo‘qligini ma’lum qildi. Idora ulashish mumkin bo‘lgan manbalar ro‘yxatini keltirib o‘tdi.

Rossiyada o‘zbekistonlik migrant kasalxonada vafot etdi
30 may 2023, 11:22

Rossiyada o‘zbekistonlik migrant kasalxonada vafot etdi

Rossiyaga ishlash uchun borgan o‘zbekistonlik migrant hujjatlarni tekshirish vaqtida vafot etgani aytilgandi. O‘zbekiston Migratsiya agentligi uning shifoxonada vafot etgani, o‘lim hujjat tekshirish jarayoni bilan bog‘liq emasligini bildirdi. Uning jasadi mamlakatga qaytarilgan.

Qashqadaryoda 3 nafar bloger 5 sutkaga qamaldi. Jamoatchilik buning qonuniyligiga shubha qilmoqda
30 may 2023, 10:50

Qashqadaryoda 3 nafar bloger 5 sutkaga qamaldi. Jamoatchilik buning qonuniyligiga shubha qilmoqda

Qashqadaryo viloyatida 3 nafar blogerga mayda bezorilik, ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaslik va boshqa moddalar bo‘yicha 5 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Jamoatchilik buni “mantiqsiz va noqonuniy” deya atab, Oliy suddan asoslantirilgan izoh berishni so‘radi.

Toshkentda tergovdan qochish uchun 4-qavatdan sakragani aytilgan 21 yoshli yigit vafot etdi
30 may 2023, 09:27

Toshkentda tergovdan qochish uchun 4-qavatdan sakragani aytilgan 21 yoshli yigit vafot etdi

Chilonzor tumani IIB binosida 21 yoshli yigit tergovdan qochish maqsadida 4-qavatdagi hojatxonadan sakragani aytilmoqda. U shifoxonada vafot etgan. Yigit mashinasidan giyohvand modda topilgani uchun qo‘lga olingandi. Marhumning yaqinlari uning o‘limi sababiga shubha bildirmoqda.

“G‘oyani dunyoga keltirgan hislarimni saqlab qolishga harakat qilaman” — Haykaltarosh Yunus Safardiyor
30 may 2023, 05:42

“G‘oyani dunyoga keltirgan hislarimni saqlab qolishga harakat qilaman” — Haykaltarosh Yunus Safardiyor

Yunus Safardiyor — dunyoga mashhur samarqandlik haykaltarosh. Uning ijod namunalari Rossiya, Buyuk Britaniya va O‘zbekistondagi jamoat maskanlarini bezab turibdi. U “Xorijdagi o‘zbekistonliklar” loyihasi doirasida zamonaviy san’atga nisbatan qarashlari va ijodida Samarqandning o‘rni haqida so‘zlab berdi.

Prezident farmoni bilan prokuratura organlari shtati ko‘paytirildi
29 may 2023, 22:42

Prezident farmoni bilan prokuratura organlari shtati ko‘paytirildi

Prezidentning yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanishni nazorat qilish to‘g‘risidagi farmoni bilan prokuratura organlarida boshqaruv xodimlari soni 4195 dan 4886 nafarga, Bosh prokuratura prokuror-tergovchilari esa 252 dan 316 nafarga oshirildi. Yana bir — bosh prokuror o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi.

29-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
29 may 2023, 22:00

29-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

XDP va “Adolat” SDPdan O‘zbekiston prezidentligiga tasdiqlangan nomzodlar, Rosatom" bilan AES qurish masalasi muhokamasida davom etayotgan O‘zbekiston, mamlakatga keladigan benzin narxlari, bog‘chada bolalar tanasiga uxlamagani uchun igna sanchgan amaliyotchi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarada yana uchta o‘tkazish punkti ochishni rejalashtirmoqda
29 may 2023, 21:34

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarada yana uchta o‘tkazish punkti ochishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumati chegarada yana uchta o‘tkazish punktini ochishni rejalashtirmoqda. Tarmoqlarda O‘zbekiston tomoni 2010-yilda faoliyati to‘xtatilgan “Bekobod-Xonobod” NO‘P yaqinidagi devorni buzayotgani aks etgan video tarqaldi. “Qorasuv” va “Kara-Bagish” NO‘Plarning ham ochilishi kutilmoqda.

Jizzaxda qurilayotgan institut poydevori demontaj qilindi
29 may 2023, 19:33

Jizzaxda qurilayotgan institut poydevori demontaj qilindi

Jizzaxda 2500 talabaga mo‘ljallangan institut binosi qurilishida ko‘plab qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi va quyilgan poydevor demontaj qilindi.

Yangiyo‘lda urush faxriysi byustiga noo‘rin harakatlar qilgan o‘quvchilarning ota-onalari jarimaga tortildi
29 may 2023, 19:14

Yangiyo‘lda urush faxriysi byustiga noo‘rin harakatlar qilgan o‘quvchilarning ota-onalari jarimaga tortildi

Yangiyo‘l tumanida 3 nafar 6-sinf o‘quvchisi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xotirasi”ga o‘rnatilgan byustlardan biriga nisbatan noo‘rin harakatlar qilib, so‘kingan va holat videosini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan. Ularning ota-onalari jarimaga tortildi.

Boysunda deputat Haj uchun jamg‘argan mablag‘i hisobidan qishloqqa ko‘prik qurib berdi
29 may 2023, 18:07

Boysunda deputat Haj uchun jamg‘argan mablag‘i hisobidan qishloqqa ko‘prik qurib berdi

Surxondaryo viloyatida Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Ramazon Abdullayev Haj safari uchun jamg‘argan mablag‘i hisobidan Gumatak qishlog‘ida ko‘prik qurib berdi. Tuman hokimi deputatni tashakkurnoma bilan taqdirladi.

Toshkentga uchib kelayotgan samolyotda mast holda janjal ko‘targan erkak 15 sutkaga qamaldi
29 may 2023, 16:55

Toshkentga uchib kelayotgan samolyotda mast holda janjal ko‘targan erkak 15 sutkaga qamaldi

Sankt-Peterburgdan Toshkentga uchib kelayotgan samolyotda mast holda janjal ko‘targan erkakka 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Toshkentda 6 ta avtomobil to‘qnashdi
29 may 2023, 16:52

Toshkentda 6 ta avtomobil to‘qnashdi

Yunusobod tumanida 6 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hech kimga tan jarohati yetmagani ma’lum qilindi.

O‘zbekistonda 4 oy ichida salkam 500 kishi YTH qurboni bo‘ldi
29 may 2023, 13:09

O‘zbekistonda 4 oy ichida salkam 500 kishi YTH qurboni bo‘ldi

2023-yilning yanvar-aprel oylarida respublikada 2144 ta yo‘l transport hodisasi oqibatida 499 kishi vafot etdi.

Xorazmda o‘qituvchi 3-sinf o‘quvchilariga shahvoniy shilqimlik qilgani uchun 5 sutkaga qamaldi
29 may 2023, 13:01

Xorazmda o‘qituvchi 3-sinf o‘quvchilariga shahvoniy shilqimlik qilgani uchun 5 sutkaga qamaldi

Xonqa tumanidagi maktabning 61 yoshli o‘qituvchisiga nisbatan 2 nafar 3-sinf o‘quvchisiga shahvoniy shilqimlik qilgani uchun 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Nemolchi.uz loyihasi ishni qayta kvalifikatsiyalashni talab qilib, pedagog o‘z qilmishi uchun to‘liq jazolanishini so‘radi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting