Jamiyat

Zomin qo‘riqxonasida bo‘ri, Zarafshon qo‘riqxonasida esa bug‘u bolalari dunyoga keldi
26 may 2023, 18:45

Zomin qo‘riqxonasida bo‘ri, Zarafshon qo‘riqxonasida esa bug‘u bolalari dunyoga keldi

Zomin qo‘riqxonasi xodimlari yovvoyi hayvonlarni bahorgi sanoqdan o‘tkazish jarayonida yangi tug‘ilgan uchta bo‘ri bolasini topishdi. Avvalroq Tabiat resurslari vazirligi Zarafshon qo‘riqxonasida ikkita bug‘u bolasi dunyoga kelganini xabar qilgan edi.

Yangihayotda 12 yoshli qizni o‘ldirgan shaxs umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi
26 may 2023, 18:02

Yangihayotda 12 yoshli qizni o‘ldirgan shaxs umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Toshkentda yanvar oyida 12 yoshli qizni zo‘rlab, o‘ldirgan shaxs maxsus tartibdagi koloniyada umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Shuningdek, unga alkogolizm hamda murakkab politoksikomaniyaga qarshi majburiy davolanish tayinlandi.

Nukus ishi bo‘yicha sud: ekspertlarning so‘roq qilinishi va Tajimuratovning qiynoqlar haqidagi bayonotini tekshirish natijalari
26 may 2023, 17:32

Nukus ishi bo‘yicha sud: ekspertlarning so‘roq qilinishi va Tajimuratovning qiynoqlar haqidagi bayonotini tekshirish natijalari

Qoraqalpog‘iston voqealari bo‘yicha apellyatsiyada ayblanuvchilar, asosiy sudlanuvchi Dauletmurat Tajimuratov ko‘rsatma berdi, ekspertlar so‘roqlari davom etdi. Sud, shuningdek, Tajimuratovning qiynoqlar haqidagi iddaolarini tekshirish natijalarini ham e’lon qildi.

Bloger Doniyor Qayumov Instagram`dagi videosi uchun 6 mln so‘m jarimaga tortildi
26 may 2023, 17:12

Bloger Doniyor Qayumov Instagram`dagi videosi uchun 6 mln so‘m jarimaga tortildi

Bloger Doniyor Qayumov Instagram sahifasiga ayollarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi videotasvirni joylashtirgan deb topilib, sud unga 6 mln so‘m jarima belgiladi.

“Hatto sahro quyoshi ostida”: Yangi HONOR X9a`ni tanlash uchun 5 ta sabab
26 may 2023, 15:00

“Hatto sahro quyoshi ostida”: Yangi HONOR X9a`ni tanlash uchun 5 ta sabab

Yangi HONOR X9a o‘zining ko‘rkam dizayni, yetarlicha kuchli “temiri”, tez quvvatlanishi, uchta kamerasi va yuqori darajada ishlaydigan yorqin ekrani bilan ajralib turadi.

Yoqilg‘i-energiya sohasidagi huquqbuzarliklar haqida xabar berganlar mukofotlanadi
26 may 2023, 14:53

Yoqilg‘i-energiya sohasidagi huquqbuzarliklar haqida xabar berganlar mukofotlanadi

O‘zbekistonda fuqarolar 1-sentabrdan elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalari buzilgan holatlarni foto va videotasvirga olib, Energetika vazirligining maxsus axborot tizimiga yuborishi mumkin. Agar qoidabuzarlik tasdiqlansa, bu haqda xabar berganlarga pul mukofoti beriladi.

Toshkentda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqada bo‘lgan 20 yoshli yigitning ozodligi 3 yilga cheklandi
26 may 2023, 14:39

Toshkentda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqada bo‘lgan 20 yoshli yigitning ozodligi 3 yilga cheklandi

Toshkentdagi universitetning 20 yoshli talabasiga voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqada bo‘lgani uchun 3 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Unga ko‘ngilochar joylarga bormaslik, spirtli ichimliklar ichmaslik, internetdan foydalanmaslik va boshqa taqiqlar yuklandi.

O‘zini Prezident administratsiyasi xodimi deb tanishtirgan shaxs fuqaroni hokim qilib qo‘yish uchun $80 ming so‘radi
26 may 2023, 12:30

O‘zini Prezident administratsiyasi xodimi deb tanishtirgan shaxs fuqaroni hokim qilib qo‘yish uchun $80 ming so‘radi

Toshkentda o‘zini Prezident administratsiyasi xodimi deb tanishtirgan shaxs va uning sherigi 25 ming dollar pora olishda gumonlanib ushlandi. Ular Farg‘onadagi tumanga hokim qilib qo‘yishi evaziga fuqarodan jami 80 ming dollar talab qilgani aytilmoqda.

O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat ko‘tarilib boradi
26 may 2023, 11:20

O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat ko‘tarilib boradi

Dam olish kunlari O‘zbekistonda kam bulutli va quruq ob-havo bo‘ladi. Faqat ayrim tog‘li joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat sekin ko‘tarilib, +32…+35, shimolda va cho‘l hududlarda +35…+37 darajani tashkil etadi.

Samarqandda daryoga cho‘kib ketgan 3 nafar boladan birining murdasi topildi
26 may 2023, 11:08

Samarqandda daryoga cho‘kib ketgan 3 nafar boladan birining murdasi topildi

Paxtachi tumanida 3 nafar voyaga yetmagan bola Zarafshon daryosiga cho‘milishga borib, cho‘kib ketdi. Ulardan birining murdasi topilgan, qolgan ikki bola qidirilmoqda.

Kommunistik aqidaparastlikka qarshi Karimov, ko‘chalariga suv toshib chiqayotgan Toshkent, Kubaga yo‘l olgan o‘zbeklar. O‘zbek matbuoti 26-mayda nimalar haqida yozgan?
26 may 2023, 11:05

Kommunistik aqidaparastlikka qarshi Karimov, ko‘chalariga suv toshib chiqayotgan Toshkent, Kubaga yo‘l olgan o‘zbeklar. O‘zbek matbuoti 26-mayda nimalar haqida yozgan?

90 yil avval Toshkentni chiqindilardan tozalash nega ayanchli ahvolda edi? 60 yil O‘zbekistonda paxtaning qanchasi mashinada terib olinardi? 30 yil avval tojikistonliklar nega Islom Karimovga minnatdorchilik bildirgan? Bu haqda “Gazeta.uz”ning “Eski gazetalar sharhi” ruknida o‘qing.

Asialuxe Travel Turkiyadagi halol mehmonxona xizmatlari haqida ma’lumot berdi
26 may 2023, 11:00

Asialuxe Travel Turkiyadagi halol mehmonxona xizmatlari haqida ma’lumot berdi

Asialuxe Travel turoperatori Turkiyadagi halol dam olish maskanlarining afzalliklari hamda turistik to‘plamlari bilan o‘rtoqlashdi.

Toshkentda 8 kishi “Tavhid va jihod katibasi” terror tashkilotiga a’zolikda gumonlanib ushlandi
26 may 2023, 10:33

Toshkentda 8 kishi “Tavhid va jihod katibasi” terror tashkilotiga a’zolikda gumonlanib ushlandi

Poytaxtda jamoaviy yig‘inlar o‘tkazib, kelgusida Suriya hududidagi terrorchilik tashkilotlarining safiga qo‘shilishni rejalashtirgani aytilayotgan 8 nafar shaxs ushlandi. Ular “Tavhid va jihod katibasi” tashkilotining g‘oyalarini aholi orasida targ‘ib qilganlikda gumonlanmoqda.

Raqqosa Qizlarxon Do‘stmuhammedova 77 yoshida vafot etdi
26 may 2023, 09:26

Raqqosa Qizlarxon Do‘stmuhammedova 77 yoshida vafot etdi

O‘zbek raqs san’atida o‘z maktabini yaratgan Qizlarxon Do‘stmuhammedova 77 yoshida vafot etdi. U “O‘zbekiston xalq artisti” bo‘lib, “El-yurt hurmati” ordeniga ham loyiq ko‘rilgan.

Markaziy Osiyoda xalqaro savdo uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda
26 may 2023, 09:00

Markaziy Osiyoda xalqaro savdo uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda

Xalqaro savdo markazi Ready4Trade Central Asia loyihasi natijalarini taqdim etdi. Loyihada savdo tartib-qoidalari soddalashtirildi, transchegaraviy boshqaruv bo‘yicha o‘quv dasturi joriy qilindi.

25-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
25 may 2023, 22:00

25-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Maktablarda chalingan so‘nggi qo‘ng‘iroq, bitiruvchilarga murojaat, Samarqandga poyezdda borgan Singapur prezidenti, alkogol-tamakini sotish bo‘yicha qonun haqida, janjalda akasini pichoqlab o‘ldirgan yosh yigit, O‘zbekistonga “sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Video: Bitiruvchilar maktabdan keyingi hayotlarini qanday rejalashtirmoqda?
25 may 2023, 22:00

Video: Bitiruvchilar maktabdan keyingi hayotlarini qanday rejalashtirmoqda?

So‘nggi qo‘ng‘iroq bu nafaqat maktab ta’limining oxirgi kuni, balki bitiruvchilar uchun jiddiy va muhim qaror qabul qilish vaqtidir. 25-may kuni “Gazeta.uz” muxbirlari Toshkentdagi maktablar bitiruvchilaridan ularning rejalari, 5−10 yildan so‘ng o‘zlarini qayerda va qanday lavozimda ko‘rishlari haqida so‘radi.

Chekish taqiqlangan joylar qonunda batafsil bayon etildi
25 may 2023, 19:47

Chekish taqiqlangan joylar qonunda batafsil bayon etildi

Yangi qonun bilan chekish taqiqlangan jamoat joylari ro‘yxati aniqlashtirildi. Jumladan, ko‘p qavatli uylar kirish yo‘laklari va liftlari, yer osti o‘tish joylari, o‘yin maydonchalari va boshqalar. Bolalar va homilador ayollar bo‘lgan avtomobillarda chekishni taqiqlovchi band qonunning oxirgi tahriridan olib tashlandi.

Toshkentdagi xonadonlardan birining balkonidan Ukraina bayrog‘i olib tashlandi
25 may 2023, 19:22

Toshkentdagi xonadonlardan birining balkonidan Ukraina bayrog‘i olib tashlandi

Toshkentlik fuqaro kvartirasi balkoniga Ukraina bayrog‘ini ilib qo‘ygan edi. U yo‘qligida huquq-tartibot idoralari xodimlari kran bilan 8-qavatga ko‘tarilib, bayroqni olib tashlashdi. “Gazeta.uz” xonadon egasi bilan suhbatlashdi. U uy-joy daxlsizligi buzilgani yuzasidan IIBga murojaat qilmoqchi.

Indenim “Yil brendi-2022” sovrindori bo‘ldi
25 may 2023, 19:00

Indenim “Yil brendi-2022” sovrindori bo‘ldi

“Yil brendi-2022” VI mukofoti taqdirlash marosimida ekspertlar ovoz berish natijalariga ko‘ra, Indenim kompaniyasi “Moda” yo‘nalishida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting