O‘zbekiston-Xitoy biznes-forum doirasida “O‘zmilliybank” va Xitoy davlat taraqqiyot banki o‘rtasida 1,18 mlrd yuan miqdorida kredit liniyasini jalb qilish to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi.
Tarmoqlarda 1-iyundan Damas, Labo, Cobalt va Lacetti avtomobillarining yangilangan versiyalari taqdim etilishi, Cobalt va Lacetti narxi 20−23 ming dollargacha ko‘tarilishi haqida xabarlar tarqaldi. UzAuto Motors ushbu ma’lumotlar yolg‘on ekanini bildirdi.
Nukus voqealari bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha ikkinchi sud jarayonida qamoq jazosiga hukm qilingan 28 nafar shaxs apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qildi. Ularni ko‘rib chiqish payshanba kuni boshlanadi. Yana 16 nafar mahkumga nisbatan apellyatsiya arizalarini ko‘rib chiqish davom etmoqda.
Toyloq tumanida erkak xotinidan qasd olish uchun 6 va 8 yoshli o‘g‘illarini sim bilan bo‘g‘ib o‘ldirdi. Voqeaga Rossiyaga ishlashga ketgan xotinining begonalar bilan ishqiy munosabatda bo‘lgani aks etgan videolar sabab sifatida keltirilmoqda.
O‘zbekistonda Xalqaro moliya korporatsiyasi hamkorligida Samarqand, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida davlat-xususiy sheriklik negizida uchta shifoxona qurish rejalashtirilgan.
Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi 4-sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholaydigan tadqiqot natijalarini e’lon qildi. Unda ilk bor qatnashgan O‘zbekiston 57 davlat orasida o‘rtacha balldan pastroq natijani qayd etib, 49-o‘rinni egalladi. PIRLS natijalari haqida batafsil.
Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan forumda “Agrobank” Xalqaro islom savdo va moliya korporatsiyasi va Xususiy sektorni rivojlantirish islom korporatsiyasi tomonidan ikkita mukofot bilan taqdirlandi.
Air Cairo aviakompaniyasining Sharm ash-Shayxdan Toshkentga chorshanba kuni belgilangan parvozi ob-havo sharoiti tufayli 10 soatdan ortiq kechiktirildi. 200 nafardan ziyod yo‘lovchi Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da jo‘nab ketishni kutmoqda.
Toshkent shahrida “Men g‘olib” ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazilishi sababli 20−21-may kunlari poytaxtdagi bir qator ko‘chalar avtotransportlar harakati uchun vaqtincha yopiladi.
Olmazor tumanida odam o‘g‘irlash, bosqinchilik va boshqa jinoyatlarni sodir etgan 4 nafar sudlanuvchi 13,5 yildan 15 yilgacha bo‘lgan muddatlarga qamaldi. Ular YPX xodimi kiyimida fuqaroni o‘g‘irlab, pullarini olib qo‘ygan, shuningdek, o‘ldirish bilan tahdid qilgan.
Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida Toyota va Lacetti avtomobillari to‘qnashishi oqibatida 2 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. Yana 6 kishi shifoxonaga yetkazildi. Mamlakat IIV holat yuzasidan tergov harakatlari boshlanganini bildirdi.
Yozyovon tumanida xandaq qaziyotgan ishchini tuproq bosib qoldi. Fuqaroga FVB xodimlari yordam ko‘rsatdi. Voqeaga ishchining xavfsizlik qoidalariga rioya qilmagani sabab bo‘lgani aytilmoqda.
O‘zbekistonda Mastercard`ning vakolatxonasi ochilishi, Nukus voqealari bo‘yicha apellyatsiya sudi, tuman bosh imomligidan bo‘shatilgan “shukurullohdomla”, qo‘lga olingan Hello Tashkent, salam Tashkent guruhi adminlari, metroda yosh qizga shilqimlik qilgan 24 yoshli yigit va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
18-may — Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan O‘zbekiston davlat muzeylari tashrif buyuruvchilarni bepul qabul qiladi. Davlat san’at muzeyida Bahodir Jalolning “Mangulikdagi chiziq” ko‘rgazmasi ochiladi va rassom bilan uchrashuv o‘tkaziladi, Miniatyura muzeyida xattotlik bo‘yicha mahorat saboqlari o‘tkaziladi.
12-may kuni Toshkent shahrida metro vagoni ichida yosh qizga shahvoniy shilqimlik qilgan yigitga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Uning avval ham ma’muriy javobgarlikka tortilgani sabab jazo yengillashtirilmadi. Yigit 5 sutkaga qamaldi.
Nukus voqealari bo‘yicha apellyatsiyani ko‘rib chiqayotgan sud Dauletmurat Tajimuratovning advokati Sergey Mayorov iltimosiga ko‘ra ekspertlarni so‘roqqa taklif qildi. Himoyachi ularning javoblariga qo‘shilmasligini aytdi. U sudda qo‘yilgan 1−2-iyul voqealariga oid videoni “jurnalistlik hissiyotli xabar” deb atadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshloq tumani bosh imomi Shukrullo Egamberdiyevni lavozimidan ozod qildi. Idoraning “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, bunga uning so‘nggi 6 oy davomida aholining noroziligiga uchragan videolari sabab bo‘lgan.
Endi Uzum foydalanuvchilari o‘zlarining sevimli muassasalaridan taom buyurtma qilish imkoniyatiga ega. Tez orada do‘konlardan oziq-ovqat mahsulotlariga buyurtma berish ham mumkin bo‘ladi.
O‘zbekistonda erkaklar va ayollar o‘rtasida velosportning shosse turi bo‘yicha “Oqtosh-Chorvoq Mountain” ko‘p kunlik musobaqasi o‘tkazildi. Unda qatnashgan milliy terma jamoa Xalqaro velosipedchilar ittifoqi reytingida bir necha pog‘onaga ko‘tarildi.
IIV Kiberxavfsizlik markazi Telegram`da xotin-qizlarning behayo suratlarini tarqatishda gumonlangan fuqarolarni qo‘lga oldi. Ular tasvirlarni ko‘rish yoki o‘chirtirish uchun pul talab qilgan. Vazirlik ushbu holatdan jabrlanganlardan 102 raqamiga xabar berishlarini so‘radi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting