Putin bilan telefonda gaplashgan Shavkat Mirziyoyev, Sirdaryoda avtomobil zavodi qurishni taklif qilgan prezident, yoshlar “yaxshi”, “o‘rta”, “ahvoli og‘ir” toifalariga ajratilishi, Toshkentda 8-sinf o‘quvchisi vafot etgani, import tovarlarga iste’mol krediti berilishi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Samarqandlik tadbirkor Xurshid To‘rayev Toshkent shahri markazidagi Raqamli texnologiyalar vazirligi va “Aloqabank” binolarini sotib olgan kompaniyaga aloqador bo‘lishi mumkin. Bu yerda savdo va ko‘ngilochar majmua paydo bo‘lishi taxmin qilinmoqda.
1-iyundan “Yoshlar daftari”dagi talabalar uchun davlat tashkilotlarida ish haqi to‘lanadigan stajirovka tizimi joriy qilinadi. Viloyatlarda “Kreativ park” tashkil etiladi. Shu maqsadda “Yangi O‘zbekiston yoshlari tashabbuslari” jamg‘armasi tuzilib, unga 100 mln dollar yo‘naltiriladi.
Xorazmda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan jinsiy aloqada bo‘lganlikda ayblangan ikki nafar sobiq amaldorning ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga o‘tkazildi. Avvalroq Oliy sud ishni qayta ko‘rish uchun apellyatsiya instansiyasiga qaytargan edi.
O‘zbekiston xalq artisti Malika Ahmedova yashash uyidan 600 ming dollarga teng qimmatbaho taqinchoqlar o‘g‘irlab ketilganini aytmoqda. Uning fikricha, o‘g‘rilar topilgan, ammo qimmatbaho brilliant va tillalar qaytirilmagan. 11-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tumani prokurori Aliakbar Pulatov raqqosa bilan uchrashdi.
Toshkentga keltirilgan katta hajmli yangi avtobuslar taqdimotida transport vaziri voz kechilgan tramvay va trolleybuslar va poytaxt markaziga tezda qaytarishning iloji yo‘q tramvaylar to‘g‘risida gapirdi. Shuningdek u ko‘chalarni kengaytirish hamda yo‘l o‘tkazgichlar qurish xato ekanini aytdi.
O‘zbekistonda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlaridan kelib chiqib, “yaxshi” (4,4 mln), “o‘rta” (4,6 mln) va “ahvoli og‘ir” (396 ming) toifalariga ajratildi.
Saida Mirziyoyevaning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston prezidenti bolalar va ayollarni himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan qonunni imzoladi, unda oiladagi zo‘ravonlik hamda tazyiqlar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Mirobod tumanidagi 110-maktabning 8-sinf o‘quvchisi vafot etdi. Uning o‘limiga oshqozon osti beziga keng ko‘lamli qon quyilishi, o‘tkir yurak qon tomir yetishmovchiligi sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport universitetining Farg‘ona filialiga o‘qishga kirishda yuqori ball to‘plagan, ammo soxta natijalar tufayli o‘qishga qabul qilinmagan 145 nafar abituriyent ishi ko‘rib chiqilib, ular talabalikka tavsiya etildi. Oliygoh qabul komissiyasi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Jarqo‘rg‘on tumanida Lacetti va Nexia ishtirokidagi YTHda 2 kishi vafot etdi, 6 nafari esa jarohatlandi.
IIV Namangan shahrida voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlangan erkakka nisbatan qidiruv e’lon qildi. Tarmoqlarda uni qo‘lga olish maxsus tadbiri aks etgan video tarqalgandi. Vazirlik erkakning ruhiy xastaligi va “nihoyatda tajovuzkorligi” sababli uni uchratganlardan ehtiyot bo‘lishlarini so‘radi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida Sovg‘alar reyestrini shakllantirish boshlandi. Agentlik shu vaqtgacha xalqaro tashkilotlardan jami 14,5 mln so‘mlik 8 ta sovg‘a qabul qilib olganini ma’lum qildi. Ularning barchasi tashkilot direktoriga berilgan.
Namangan shahrida 2023-yil boshidan beri 152 marta qoidabuzarlik qayd etilgan Hyundai aniqlandi. Jarimalarning umumiy summasi 410 million so‘mga teng.
“Toshkent xalqa avtomobil yo‘llaridan foydalanish uchastka boshqarmasi” unitar korxonasi buyurtmachiligida o‘tgan 3,2 mlrd so‘mlik davlat xaridida qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Xarid natijalari komissiya ishtirokisiz, boshqa shaxs tomonidan ularning elektron raqamli imzolari orqali baholanib, imzolangan.
Qo‘shtepa tumanida 65 yoshli qaynota oilaviy janjal tufayli kelinini o‘ldirib qo‘ydi. Sud erkakni 13 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum qildi.
O‘zbekistonda baliq ovlashni tartibga soluvchi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Unda brakonerlikka qarshi kurashish, noqonuniy ov oqibatida yetkazilgan zararni hisoblash, taqiqlangan ov qurollarini yo‘q qilish tartiblari mavjud. 2022-yilda noqonuniy baliq ovlash bo‘yicha 1119 ta huquqbuzarlik aniqlangan.
Prezident qarori bilan “Tashabbusli budjet” loyihasi uchun rahbarlarning majburiy ovoz yig‘ish bo‘yicha xodimlarga topshiriq berishlari taqiqlanadi. Bunday holat majburiy mehnatga jalb qilish sifatida baholanadi. Loyiha doirasida ovoz to‘plash va g‘oliblarni aniqlash mexanizmi tanqidiy ko‘rib chiqiladi.
“Tashabbusli budjet”da g‘olib bo‘lmagan 1309 ta loyiha uchun yana 1,3 trln so‘m pul, martda qariyb 1,5 mlrd dollarga oshgan oltin-valyuta zaxiralari, kunlar +37 darajagacha isishi, pora bilan ushlangan tuman hokimi o‘rinbosari, ishdan ketgan Nurafshon shahri hokimi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Ijtimoiy tarmoqlarda maktabgacha ta’lim muassasalaridan birida tarbiyalanuvchilar Konstitutsiya targ‘ibotiga jalb qilingani aks etgan videoyozuv tarqaldi. Maktabgacha ta’lim agentligi barcha hudud vakillariga ogohlantirish hamda bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berilganini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting