Toshkent viloyatida o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirib, fuqaroni 5 ming dollarga ishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi.
Zira.uz ayollar kuni uchun eng mazali va nafis salatlar retseptlari to‘plamini taqdim etadi.
O‘zbekistonda kechqurun va ertalab ikki marta zilzila sodir bo‘ldi. Birinchisi 2:52 da Toshkent viloyatining Pskent tumanida, ikkinchisi esa Qirg‘izistonda Farg‘ona viloyati bilan chegaraga yaqin joyda qayd etildi.
Gruziya O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolariga manfiy PZR-test natijalari bilan mamlakatga havo yo‘llari orqali kirishga ruxsat berdi.
Prokuror Toshkent viloyati bosh infeksionisti Gulhajon Yo‘ldoshevani 3 yilgacha muayyaan huquqdan mahrum qilish va 5 yilga ozodlikdan cheklashni so‘radi. Advokatlar esa boshqacha fikrda. Yo‘ldoshevaning himoyachilari jinoyat ishi viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i hamda Chirchiq shahar prokurori tashabbusida qo‘zg‘atilganini aytmoqda.
Yakkasaroy tumanida 22 yoshli fuqaro boshqaruvidagi «Mercedes-Benz» 2 nafar piyodani urib yubordi. Olgan jarohatlari tufayli ulardan biri, 58 yoshli erkak voqea joyida vafot etdi.
Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Soy O‘zbekistonda COVID-19 ga qarshi vaksina ishlab chiqarish imkoniyatini ko‘rib chiqishga taklif qildi.
Namanganlik o‘qituvchi Popdan Namanganga maktabda dars berish uchun 75 km yo‘l bosib yurgan. O‘qituvchiga 31 dekabrga qadar poyezdda bepul qatnashi uchun sertifikat topshirildi.
Dam olish kunlari respublikaning ayrim hududlarida yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin. Yakshanba kuni Povoljya hududlaridan sovuq havo massalari kirib kelishi oqibatida, havo harorati pasayib, kechasi 0−5° iliqni, kunduzi 8−13° iliqni tashkil etadi. 8 mart kuni Respublika bo‘yicha kam bulutli, yog‘ingarchiliksiz havo kuzatiladi.
DXX va Departament Toshkentda 0,45 bitkoinni 23,4 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ikki kishini qo‘lga oldi. Ularga jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Ommaviy axborot vositalarida prezidentning kuyovi Otabek Umarov deyarli uch hafta oldin mototsiklda YTHga uchragani haqidagi ma’lumotni tasdiqlovchi xabar paydo bo‘ldi. Aytilishicha, u Janubiy Koreyada davolanmoqda.
Davlat bojxona qo‘mitasida real vaqt rejimida chegara bojxona postlari faoliyatini, shu jumladan aeroportlarni monitoring qilish va muvofiqlashtirish bilan shug‘ulannadigan Situatsion markaz ish boshladi,
Rossiyaning SIMETRA transport kompaniyasi Samarqand transport tizimini barqaror rivojlantirish rejasini ishlab chiqadi. Jamoat transporti bo‘yicha mutaxassis Vladimir Valdin «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida bosh reja nimaligi, barcha postsovet shaharlarining umumiy muammolari, Samarqand va Toshkentdagi jamoat transporti bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirib berdi.
Korrupsiyaga qashi kurashish agentligi rahbari Akmal Burxonov OAV xodimlarining davlat tomonidan mukofotlanishiga qarshi ekanligini ma’lum qildi. Shuningdek, u O‘zbekistonda bloger yoki OAV biror jarayonni yoritganida unga pul to‘langan yoki yo‘qligini bilib bo‘lmasligini ham ta’kidladi.
Yangilangan Freedom House erkinlik reytingida O‘zbekiston 100 balldan 11 ball to‘plagan, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan bir pog‘ona yuqori. Mamlakat «erkin emas» maqomini saqlab qolmoqda.
«Uzbekistan Airways» Samarqand-Istanbul-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni tikladi. Parvozlar 29 martdan boshlab amalga oshiriladi.
Transport vazirligi idora inspektorlari qanday vakolatga ega ekanligi to‘g‘risida ma’lumot berdi. Bundan tashqari, yo‘l nosozligi sababli sodir bo‘lgan YTHlar bo‘yicha zarar yo‘l qaysi tashkilot balansida bo‘lsa, o‘sha tashkilot tomonidan qoplab berilishi aytildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev aholining ehtiyojini qondirish uchun yiliga 100−150 mingta uy-joy qurish kerakligini aytdi. Shu sababli, 2021 yilda 54 ming oilani uy-joy bilan ta’minlash mo‘ljallanmoqda. Davlat ipoteka dasturi asosida 45 mingta uy quriladi.
Poytaxtning Uchtepa tumanida quroldan otilgan o‘qdan yaralangan it topildi. Jonivor shifoxonaga olib kelingan va u intensiv terapiyalar olmoqda.
2021 yil 1 martdan NNTni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish muddati 1 oydan 15 kungacha qisqartirildi. Endi nogironligi bo‘lgan shaxslar, faxriylar, nuroniylar, xotin-qizlar, bolalar jamoat birlashmalari ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji bekor qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting