Toshkentda lochin va boshqa hayvonlarning noyob turlarini genetik identifikatsiyalash uchun DNK laboratoriyasi yaratilmoqda. Bu ularning noqonuniy aylanishining oldini oladi va qo‘shimcha ravishda mamlakatdagi fauna holatini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentining norasmiy uchrashuvi, nogironlarni navbatsiz qabul qiladigan amaldorlar, Toshkentga yangi avtobuslar va elektrobuslar, sel va qor ko‘chishi xavfi, O‘zbekistonning yangi AQShdagi elchisi, IELTS`dan 9 ball olgan 2 o‘zbekistonlik va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
O‘zbekiston madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov tadbirkorlar mehmonxonalar inter’er va dizaynlariga milliylik va o‘zlik aks etgan detallarni kiritishlari lozim, deb hisoblaydi.
Hindiston politsiyasi O‘zbekistonda 20 nafar bolaning o‘limiga sababchi bo‘lgan «Dok-1 Maks» yo‘talga qarshi siropini ishlab chiqargan Marion Biotech farmatsevtika kompaniyasi xodimlarini hibsga oldi.
12 mart kuni V Tashkent International Marathon va O‘zbekistonning 14 ta shahrida bir vaqtda «Yangi nafas» ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Prezidentning 27 fevral kungi qaroriga asosan, endilikda nogironlar amaldorlar qabuliga navbatsiz kiradi. Adliya vazirligi rasmiysining aytishicha, nogironlar ularni qabul qilmagan mansabdor shaxslar ustidan Vazirlar Mahkamasi, sudlar, prokuratura va adliya organlariga murojaat qilishi mumkin.
Uchqo‘rg‘on tumanida Spark avtomobili haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida kanalga tushib ketdi. Mashina chiqarib olindi, hech kimga jarohat yetmagan.
4−10 mart kunlari 6 ta viloyatning ayrim hududlarida havo haroratining sezilarli o‘zgarishlari sababli qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.
Samarqandda fuqaro er-xotinni 40 ming dollar evaziga Meksika orqali AQShga yubormoqchi bo‘lgani aytilmoqda. U 12 ming dollarni olayotgan paytda ushlandi, deyiladi DXX xabarida.
Mirobod tumanida bojxonachilar noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan 4 mlrd so‘mdan ortiq tamaki mahsulotlarini aniqladi. Holat yuzasidan tergov boshlangan.
O‘zbekistondan Qozog‘istonning yana 5 ta shahriga, Qozog‘istondan esa O‘zbekistonning 6 ta shahriga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Bu borada Toshkentda ikki mamlakat aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralarda kelishuvga erishildi.
Denov tumanida fuqaro ariq qazish chog‘ida sopol xum topib oldi. Olimlar uning I-II asrlarga tegishli ekanini aniqladi.
Bekzod Mirahmedov O‘zbekistonda ilk bor xalqaro ingliz tilini baholash tizimi (IELTS)dan maksimal 9 ballni qo‘lga kiritdi.
Senat energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish uchun javobgarlikni kuchaytiruvchi qonunni ma’qulladi. Qonun bilan ulardan tijorat maqsadlarida qonunga zid ravishda foydalanish o‘g‘rilik deb baholanmoqda. Buning uchun ma’muriy javobgarlikni ko‘rib chiqish vakolati O‘zenergoinspeksiyadan sudlarga beriladi.
4 martdan Kavkaz hududlaridan nam havo massalari kirib keladi. Ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, biroq harorat +19…+21 darajani tashkil etadi. Shamol kuchayib, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.
Xitoyning Yutong Bus kompaniyasi Toshkentga 800 ta avtobus, shu jumladan 300 ta elektrobus yetkazib berish boshlanganini ma’lum qildi. Yetkazib berish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Mirobod tumanida 93-sonli va 617-sonli avtobus haydovchilari ham yo‘lovchi talashib janjallashdi. Avvalroq mushtlashgan ikki haydovchi 7 sutkaga qamalgandi.
«Aeroflot» aviakompaniyasining Dehlidan Moskvaga uchayotgan samolyoti Toshkentga favqulodda qo‘ndi. Bunga appenditsit xurujiga uchragan Hindiston fuqarosi sabab bo‘lgan. U tibbiy muassasaga yotqizilgan.
O‘zgidromet 5−10 mart kunlari 9 ta viloyatda hamda tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli haqida ogohlantirdi. Shuningdek, ayrim hududlarda shamol tezligi 25 metr sekundgacha kuchayishi mumkin.
Fevral oyida 23,2 mlrd so‘mlik yoki 258 mingta xonadonning bir oylik iste’moliga teng miqdordagi elektrdan noqonuniy foydalanildi. Yanvarda ko‘rsatkich 5,6 mlrd so‘m yoki 33 mingdan ortiq xonadon iste’molini tashkil etgandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting