O‘zDJTSU Farg‘ona filialida o‘tkazilgan kasbiy imtihonlarda 356 nafar abituriyent to‘plagan ballarga soxta yozuvlar kiritilib, ularning 322 nafariga ball qo‘shib berilgani, 34 nafarining ballari esa kamaytirilgani aniqlandi. Natijada yuqori ball to‘plagan 145 nafar abituriyent o‘qishga kira olmagan.
Qoraqalpog‘istondagi iyul voqealari bo‘yicha jinoiy ishda sudlangan Dauletmurat Tajimuratovning ukasi va advokati Rinat Tajimuratov O‘zbekiston Oliy sudiga apellyatsiya shikoyatini kiritdi. U jazoni yengilrog‘iga almashtirish va moddiy zararni to‘lashdan ozod qilishni so‘radi.
1−8 mart kunlari Food City savdo majmuasida bahorgi yarmarka va chegirmalar aksiyasi bo‘lib o‘tadi.
Samarqand-Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Isuzu Sirdaryo yo‘l-patrul xizmati maskanida to‘xtatilganda unda iste’molga yaroqsiz salkam 2,6 tonna go‘sht borligi aniqlandi. Holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.
Urgut tumanidagi maktabda direktor o‘quvchini urgani oqibatida bolaning quloq pardasi yirtilgandi. Sud hukmiga ko‘ra, sobiq direktorga nisbatan 2 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Shuningdek, uning 3 yilga ta’lim sohasida mansabdor sifatida ishlashi taqiqlandi.
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi etib belgilandi. Davlat nazorati organlari o‘rtasida yuqori xavf tug‘diradigan mahsulot haqida tezkor xabar berish tizimi yaratiladi.
“O‘zbekiston” mehmonxonasi — Toshkentning asosiy diqqatga sazovor maskanlaridan biri. Ushbu inshoot qisqa vaqt ichida poytaxt ramziga aylanib ulgurdi. “Gazeta.uz” toshkentliklar erkalab “Uzbechka” deb ataydigan mehmonxona ramzlari va unga 50 yil davomida kiritilgan me’moriy o‘zgarishlar haqida hikoya qiladi.
«Oramizda bitta-yarimta shunaqa, yomon yaradek bema’ni odamlar ham bo‘lgan […] Xullas, sen tug‘ilguncha ana shunday oltinchi barmoqdek ortiqcha kishilarni oramizda qoldirmaslikka so‘z beramiz […] Bizdan va biz yashayotgan davrning eng yaxshi kishilaridan ulug‘ jamiyatning grajdanlariga salom ayt!»
Prezident qarori bilan AI-80 benzini uchun aksiz solig‘ini «nol» stavkada qo‘llash muddati 2023 yil 31 dekabrga qadar uzaytirildi. Shunga ko‘ra, benzin narxi mart oyidan oshmaydi.
28 fevral yovvoyi hayvon va qushlarni ovlashga ruxsat etilgan so‘nggi kun bo‘lib, 1 martdan ov mavsumi yakuniga yetadi. Ovchilardan ularga berilgan yo‘llanmalarni 10 kun muddatda tegishli tartibda topshirish so‘raldi.
Xo‘jaylidagi 21-maktab direktori xodimlardan komissiya uchun 20 ming so‘mdan yiqqani sababli ishdan bo‘shatildi. Mablag‘ bannerlarni yangilash maqsadida yig‘ilgani aytilmoqda, ammo xodimlar pul komissiyani ovqatlantirish uchun sarflanishini bildirdi.
DXX xodimlari prokuratura, sud, Milliy gvardiya va advokatura xodimlarini qo‘lga oldi. Ularga firibgarlik, pora olish kabi ayblovlar qo‘yilgan.
Nodavlat ta’lim tashkilotlarida axborot texnologiyalari sohasida o‘qiyotgan yoshlarga ta’lim kreditlari ajratiladi. Ular BHMning 65 baravarigacha bo‘lgan miqdorda 1 yillik imtiyozli davr bilan 4 yil muddatgacha 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan shaxslarga beriladi.
Namangan tumanida Damas haydovchisi qoidalarga zid ravishda 25 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgani aniqlandi. Unga ogohlantirish berilib, o‘rnatilgan tartibda chora ko‘rildi.
Ohangaron shahri prokuraturasi tergovchisi va qorovuli $9 ming bilan qo‘lga tushgani aytilmoqda. Ular fuqaroga jinoyat ishini yengillashtirib, ijobiy hal qilib berishini bildirgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Martdan Ai-80 benzini narxi oshishi, davlat xizmatlaridan navbatsiz foydalanadigan nogironligi bo‘lgan shaxslar, kaltaklangan tez yordam mashinasi haydovchisi, yangi lavozimda ish boshlagan To‘ra Bobolov, Qatar amiriga prezident maktubini yetkazgan Sardor Umurzakov va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
28 fevraldan Toshkentdagi qator avtobus yo‘nalishlarining oraliq harakati o‘zgartiriladi. Ularning asosiy qismi yangi tashkil etilgan chorrahalar orqali o‘tadigan bo‘ldi.
«„Chilonzor-22 kvartal shu yermi? O‘tgan yili ham xuddi shu yerda ko‘chat ekayotganmidilaring? O‘sha ko‘chatlar qani?“ […] JEK olti yilda 69 mingdan ko‘proq daraxt ekkan. 80 foizi ko‘kardi, deb rayonga ma’lumot ham bergan, lekin yarmi ham qolgan emas. Shuncha daraxt ko‘karsa, hammayoq ko‘kalamzor bo‘lib ketmasmidi».
2023 yildan muhtoj shaxslarga zamonaviy oyoq protez-ortopediya buyumlari bepul beriladi. I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularga g‘amxo‘rlik qiluvchilar davlat xizmatlaridan navbatsiz foydalanadi, mansabdor shaxslar qabuliga navbatsiz kiradi.
Do‘stlik tumanida 218 dona baliqni noqonuniy ovlagan fuqarolar qo‘lga olindi. Ularga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi hamda hayvonot dunyosiga 28 mln so‘m zarar belgilandi. Hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga taqdim etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting