Prezident Xalqaro kongress markazida boshlang‘ich sinflar uchun ishlab chiqilgan darsliklar taqdimoti bilan tanishgach, o‘qituvchilar bilan suhbatlashdi. Davlat rahbari bolalarning ta’lim jarayonida ota-onalarning ham mas’uliyatini oshirish kerakligini ta’kidlab, bunda o‘zini shaxsiy misol qilib ko‘rsatdi.
Shavkat Mirziyoyev «Ta’lim sifatini oshirish — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lidir!» nomli zamonaviy darsliklar ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Prezident darsliklarda milliy g‘oya, ajdodlar merosi ham bo‘lishi zarurligini ta’kidladi.
Hukumat qarori bilan ta’lim muassasalari uchun o‘quv nashrlarida tor yoziladigan shriftlar qo‘llash, ularni belgilash, chizilgan shriftlar, ko‘p ustunli terish, shuningdek, matbaa mahsulotlarida gazeta qog‘ozi va yaltiroq qog‘ozdan foydalanish taqiqlanmoqda.
Buxoro shahrida 7 qavatli uy qulab tushgani haqida xabar tarqalgandi. FVV va Qurilish vazirligi buni rad etib, aslida 7-qavatdagi 3 dona beton plita tushib ketganini ma’lum qildi. Bu holatda hech kim jarohat olmagan.
Hindistonda O‘zbekistondagi bolalar o‘limiga aloqador «Dok-1 Maks» dori vositasini ishlab chiqargan Marion Biotech kompaniyasiga qarshi ish ochildi. O‘z navbatida, O‘zbekiston hukumatidan ham vafot etgan bolalar haqida hisobot berish so‘raldi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ulug‘bek Azizov va Buxoro muhandislik texnologiya instituti rektori Nusratullo Barakayev lavozimidan ketdi.
Andijonning Shahrixon tumanida yashovchi ayol ikki nafar qizni Turkiyaga fohishalik uchun jo‘natmoqchi bo‘lgan vaqtida Toshkent xalqaro aeroportida IIB va Vazirlar Mahkamasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Boshlang‘ich sinflar uchun ishlab chiqilgan yangi darsliklar 1 yanvardan 14 ta hududda tajriba asosida o‘qitiladi. «Keyingi bosqichda 5−11-sinflar uchun ham darsliklar ishlab chiqamiz. Yoshlarga kreativ sohalarda dars berishimiz kerak. Fanlarni ham, dars soatlarini ham ko‘rib chiqishimiz kerak», — dedi prezident.
Energetika vazirligi Toshkent shahrining Yangihayot va Sergeli tumanlarida noqonuniy faoliyat olib borayotgan gaz quyish shoxobchalarini aniqladi. Ulardan biri ko‘cha yoritish chiroqlarini o‘chirgan holda, boshqa biri esa gaz hisoblagich parametrlarini o‘zgartirgan holda ish olib borgan.
Toshkent 2023 yilni kutib olishga tayyor. Bezatilgan archalar, yarmarkalar, rango-rang chiroqlarga burkangan daraxtlar, do‘kon va ofislarning o‘zgacha bezatilgani — bayramona kayfiyat ulashmoqda. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Madina A’zam shahardagi muhitni o‘z kamerasi obyektiviga muhrladi.
Qarshi tumanida Lacetti urib ketishi oqibatida voyaga yetmagan piyoda vafot etgan. Avtomomobil video kamerasidagi tasvir ko‘rib chiqilgandan so‘ng haydovchi aybsiz deb topilgan.
Qashqadaryoda yana bir bola «Dok-1 Maks» sabab vafot etdi. 1 yoshli bolaga sirop 5 kun davomida uyida ichirib turilgan.
31-dekabr kuni Toshkent metropoliteni odatdagidan bir soat ko‘proq ishlaydi. 1−2−3 yanvar kunlari soat 05:00 dan 00:00 gacha harakatlanadi.
Toshkent shahrida 11 yoshli bola poyezd vagoni ustiga chiqqach, uni 27 ming voltli tok urdi. Oqibatda tanasining 80 foizi kuydi. Hozirda uning ahvoli stabil og‘ir deb baholanmoqda.
“Toshshahartransxizmat” poytaxtda 31-dekabr — Yangi yil bayrami kuni avtobuslar soat 00:00 gacha harakatlanishini ma’lum qildi. Qolaversa, 2-yanvarda yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadval asosida, 3-yanvarda esa shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadval asosida harakatlanadi.
Haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash sohasini litsenziyalash Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasidan Ichki ishlar vazirligiga o‘tkazilmoqda. Shuningdek, ushbu litsenziya uchun to‘lanadigan davlat boji BHMning 10 baravari miqdorida belgilanmoqda.
Axborot kodeksi loyihasi, bayram kunlarida «svet» va gazdan qarzi borlar tarmoqdan uzilmasligi, Baxtiyor ona haykali ochilganiga 17 yil to‘lgani, «Olmaliq KMK»ga 12 mln dollar grant ajratgan Koreya, 21 yoshdan kichiklarga tamaki va alkogol sotish taqiqlangani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Transport vazirligi tuzgan ishchi guruh metroning yangi stansiyalari uchun nomlarni ko‘rib chiqdi. Tasdiqdan so‘ng, ular ovozga qo‘yiladi. Nega «Chkalov» o‘tmagani (va «Aviasozlar» o‘tgani), «Choshtepa» va «Sergeli» bo‘yicha bahslar va «Paralimpiya harakati» nomi qanday paydo bo‘lgani haqida hikoya qilamiz.
Adliya vazirligi «Gazeta.uz»ning Nukus voqealariga oid «Nukusdagi vaziyat: tinch, ammo xavotirli» reportajini huquqni targ‘ib qiluvchi materiallar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovda birinchi o‘ringa loyiq ko‘rdi.
Axborot kodeksi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgach faollarning e’tirozlariga sabab bo‘ldi. Jumladan, Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi Nozima Davletova 45-moddani «xavfli» deb atadi. Nurbek Alimov esa «7-modda har qanday bloger yoki OAVni sindirib yuborishi mumkin»ligini ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting