Jamiyat

Yolg‘on axborot tarqatgan shaxslar 22 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi mumkin
26 dekabr 2020, 14:50

Yolg‘on axborot tarqatgan shaxslar 22 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi mumkin

Prezident tomonidan imzolangan ayrim kodekslarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonunga ko‘ra, agar tarqatilgan yolg‘on axborot jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid solsa uni tarqatgan shaxs BHMning 100 baravarigacha (22 mln 300 ming so‘m) jarimaga tortilishi mumkin.

Samarqandda to‘qnashuv oqibatida avtobus ag‘darildi
26 dekabr 2020, 11:18

Samarqandda to‘qnashuv oqibatida avtobus ag‘darildi

Samarqand shahrida yo‘lovchi tashuvchi avtobus va Niva rusumli transport vositalari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lib, avtobus ag‘darildi. Avtobusda yo‘lovchilar bo‘lmagan, haydovchisi esa shifoxonaga yotqizilgan.

Nima tayyorlaymiz: yangi yil uchun salatlar
26 dekabr 2020, 10:30

Nima tayyorlaymiz: yangi yil uchun salatlar

Zira.uz yangi yil dasturxoni uchun siz bilgan va bilmagan salat retseptlari hamda noodatiy bezash usullarini taqdim etadi.

Jizzaxda hokimning qiziga tegishli kompaniyaning 2 mlrd so‘mlik loyihalarni qo‘lga kiritgani o‘rganilmoqda
26 dekabr 2020, 09:11

Jizzaxda hokimning qiziga tegishli kompaniyaning 2 mlrd so‘mlik loyihalarni qo‘lga kiritgani o‘rganilmoqda

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Jizzax viloyatida ta’sischilari orasida viloyat hokimining qizi ham bo‘lgan kompaniya ko‘chalarni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha ikkita tanlovda g‘olib chiqqani bilan bog‘liq holatni o‘rganishini ma’lum qildi.

Mehnat migrantlariga Rossiyada ishlash uchun «patent» olish osonlashadi
25 dekabr 2020, 18:23

Mehnat migrantlariga Rossiyada ishlash uchun «patent» olish osonlashadi

O‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga Rossiyada ishlash uchun ruxsat (patent) olishni soddalashtirishga erishildi. Unga ko‘ra, Toshkentda migrantlarga ruxsatnoma berish xizmatini ko‘rsatuvchi Rossiyaning tegishli tashkilotlari filiallari ochiladigan bo‘ldi.

4 yanvardan pasport o‘rniga ID-kartalar beriladi
25 dekabr 2020, 17:44 1

4 yanvardan pasport o‘rniga ID-kartalar beriladi

Ichki pasport o‘rnini egallashi kutilayotgan shaxsni identifikatsiyalovchi ID-kartalar 4 yanvardan berila boshlanadi. Uni olish uchun hech qanday maxsus hujjatlar talab etilmaydi, faqat pasport, ariza va davlat boji to‘lovi talab etiladi.

Voyaga yetmaganlarni majburlab ishlatganlar 5 yilgacha muddatga qamalishi mumkin
25 dekabr 2020, 17:40

Voyaga yetmaganlarni majburlab ishlatganlar 5 yilgacha muddatga qamalishi mumkin

Voyaga yetmaganlarni majburiy mehnatga jalb qilganlik uchun jazoni keskinlashtirishga oid qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Shuningdek, voyaga yetmaganlarni g‘ayriqonuniy jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar faoliyatida qatnashishga undaganlarni og‘ir holatda 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish taklif etilmoqda.

«Sardoba ishi» bo‘yicha yopiq sud jarayoni boshlandi
25 dekabr 2020, 16:27 1

«Sardoba ishi» bo‘yicha yopiq sud jarayoni boshlandi

21 dekabr kuni sudlanuvchilar M. Xolmatov va boshqalar (jami 17 kishi) ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha yopiq sud jarayoni boshlandi.

Dam olish kunlari qor yog‘ishi kutilmoqda
25 dekabr 2020, 15:48

Dam olish kunlari qor yog‘ishi kutilmoqda

Dam olish kunlari harorat pasayadi va yakshanba kuni 3 daraja, sovuq -2 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Yakshanba kuni yog‘ingarchilik bo‘ladi, u sovuq fonda qor ko‘rinishida davom etadi. Ayrim hududlarida shamol 15−20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Andijon viloyatida 738 mln so‘mlik pirotexnika va tropikamid musodara qilindi
25 dekabr 2020, 15:13

Andijon viloyatida 738 mln so‘mlik pirotexnika va tropikamid musodara qilindi

Andijonda yuk mashinasida umumiy qiymati 738 mln so‘m bo‘lgan pirotexnika mahsulotlari va «Tropikamid» preparati noqonuniy olib ketilayotgani aniqlandi.

Samarqandda tezyurar avtobuslar ishga tushiriladi
25 dekabr 2020, 12:45

Samarqandda tezyurar avtobuslar ishga tushiriladi

2021 yil sentyabr oyiga qadar Samarqand shahrida tezyurar avtobus liniyasini ishga tushirish rejalashtirilmoqda. 12 kilometrlik uzoqlikdagi liniya uchun Xitoydan katta sig‘imga ega avtobuslar sotib olinishi ko‘zda tutilmoqda.

Jizzax shahrini manzarali daraxtlar va gullar bilan bezash uchun 2 mlrd so‘m sarflangan
25 dekabr 2020, 12:42

Jizzax shahrini manzarali daraxtlar va gullar bilan bezash uchun 2 mlrd so‘m sarflangan

Jizzax viloyati hokimligi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi noyabr oyida Jizzax shahri ko‘chalarini ko‘rkamlashtirish maqsadida daraxtlar va gullar ekish uchun buyurtmachilarni tanlab olish maqsadida e’lon qilgan tanlovda My Flower MCHJ yutgan. Mablag‘lar viloyat hokimi Saliyev Ergash farmoyishi bilan mahalliy byudjetning oshirib bajarilgan qismidan ajratilgan. Ma’lum bo‘lishicha, sub’ektining 50,80% ulushi Saliyeva Nargiza Ergashevnaga tegishli.

Qashqadaryoda janjal paytida o‘g‘lini himoya qilgan erkak vafot etdi
25 dekabr 2020, 11:57

Qashqadaryoda janjal paytida o‘g‘lini himoya qilgan erkak vafot etdi

Qashqadaryo viloyatida ikki shaxs orasidagi adovat tufayli janjal yuzaga kelgan. Ulardan birini himoya qilish uchun kelgan ota tan jarohati olib, shifoxonada vafot etdi.

Buxoroda ayol va voyaga yetmagan ikki nafar bola is gazidan zaharlanib vafot etdi
25 dekabr 2020, 11:40

Buxoroda ayol va voyaga yetmagan ikki nafar bola is gazidan zaharlanib vafot etdi

Buxoro viloyatida 29 yoshli ayol, uning 6 va 2 yoshli farzandlari is gazidan zaxarlanish tufayli hosil bo‘lgan nafas va yurak qon tomiri yetishmovchiligidan vafot etdi.

So‘nggi 11 oyda oilaviy zo‘ravonlikka uchragan 10 mingga yaqin xotin-qizga himoya orderi berildi
24 dekabr 2020, 18:05

So‘nggi 11 oyda oilaviy zo‘ravonlikka uchragan 10 mingga yaqin xotin-qizga himoya orderi berildi

Tanzila Norboyevaning ma’lum qilishicha, 2020 yilning dekabr oyiga qadar reabilitatsiya markazlari tomonidan 5 876 nafar tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayolga yordam ko‘rsatilgan va 11 138 nafar xotin-qizga ichki ishlar organlari tomonidan himoya orderi berilgan.

O‘zbekistonda STEM sohasidagi xotin-qizlar ishtiroki pastligicha qolmoqda
24 dekabr 2020, 17:42

O‘zbekistonda STEM sohasidagi xotin-qizlar ishtiroki pastligicha qolmoqda

O‘zbekistonda xotin-qizlarning ilm-fan, texnologiya, injiniring va matematika (STEM) sohalarida ishtiroki pastligicha qolmoqda. Ish haqi kam bo‘lgan ijtimoiy sohalarda ayollar ko‘proq faoliyat yuritadi, erkaklar ko‘proq maoshli texnik sohalarda ishlaydilar. Buning sabablari va yechimlari to‘g‘risida BMT Taraqqiyot Dasturi va Mahalla vazirligining tadqiqotida.

O‘zbekistonga Hindiston vaksinalari ham olib kelinishi rejalashtirilmoqda
24 dekabr 2020, 17:14

O‘zbekistonga Hindiston vaksinalari ham olib kelinishi rejalashtirilmoqda

Hindistonda ikkinchi va uchinchi klinik sinovlari o‘tkazilayotgan 3 turdagi vaksinalar O‘zbekistonga olib kelinishi kutilmoqda.

Alisher Shodmonov gidroksixloroxin AQSh prezidenti maqtagani uchun sotib olinganini aytdi
24 dekabr 2020, 16:42

Alisher Shodmonov gidroksixloroxin AQSh prezidenti maqtagani uchun sotib olinganini aytdi

Sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov karantin endigina boshlanganida JSSTning o‘zida ham davolash bo‘yicha isbotlangan hech qanday usul bo‘lmaganini aytdi. Shundan kelib chiqib, “AQSh prezidenti birinchi bo‘lib gidroksixloroxinni maqtab chiqdi, shu zahoti buni sotib olish masalasi boshlandi”, — deya ta’kidladi.

Navoiydagi hayvonot bog‘i rahbari shahar ma’muriy sudidan ogohlantirish oldi
24 dekabr 2020, 15:42

Navoiydagi hayvonot bog‘i rahbari shahar ma’muriy sudidan ogohlantirish oldi

Navoiy viloyatidagi xususiy hayvonot bog‘ida hayvonlarning ruxsatnomasiz va sharoitlarida kamchiliklar bilan saqlanayotgani aniqlandi. Hayvonot bog‘i direktori Navoiy shahar ma’muriy sudidan ogohlantirish oldi va unga besh kun ichida kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida buyruq berildi.

Texnik xatolik tufayli 3 yil oldin vafot etgan fuqaroga jarima belgilandi
24 dekabr 2020, 15:12

Texnik xatolik tufayli 3 yil oldin vafot etgan fuqaroga jarima belgilandi

Sirdaryoda YPX xodimi uch yil oldin vafot etgan fuqaroga nisbatan bayonnoma tuzgan. Aniqlanishicha, texnik xatolik tufayli jarima ism-familiyasi bir xil bo‘lgan samarqandlik mahrumning nomiga rasmiylashtirib qo‘yilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting