Jamiyat

O‘zbekistondan Hindistonga qizlarni fohishalikka yuborishning oldi olindi
21 dekabr 2022, 08:13

O‘zbekistondan Hindistonga qizlarni fohishalikka yuborishning oldi olindi

Ichki ishlar organlari xodimlari O‘zbekistondan Hindistonga qizlarni fohishalikka yuborish bilan shug‘ullanib kelgan er-xotin faoliyatiga chek qo‘ydi.

Toshkentda yo‘l chiziqlari yangilanishi sababli tirbandliklar yuzaga keldi
21 dekabr 2022, 07:55

Toshkentda yo‘l chiziqlari yangilanishi sababli tirbandliklar yuzaga keldi

Dushanba va seshanba kunlari Toshkentning bir qator ko‘chalarida uzun tirbandliklar kuzatildi. Bunga yo‘l chiziqlarining yangilanishi sabab bo‘ldi. Biroq bu haqda oldindan ommaviy e’lon qilinmadi. Haydovchilar aylanma yo‘llarni topishga majbur bo‘lishdi.

20 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
20 dekabr 2022, 22:00

20 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Przeidentning parlamentga murojaati, 10 yanvargacha o‘tadigan yangi yil bayramlari, barcha davlat tashkilotlarida quyosh paneli o‘rnatilishi, Konstitutsiyani shoshilmasdan ishlab chiqish kerakligini aytgan prezident, 561 mlrd so‘mga xususiylashtiriladigan UzAuto Trailer va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

«Ma’rifat o‘rnini radikallashuv va jaholat egallashiga yo‘l qo‘ymaymiz» — prezident
20 dekabr 2022, 17:30

«Ma’rifat o‘rnini radikallashuv va jaholat egallashiga yo‘l qo‘ymaymiz» — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev jamiyatda hech qanday radikallashuvga, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga, ma’rifat o‘rnini jaholat egallashiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidladi.

Yangi yil bayram tadbirlari 25-dekabrdan 10-yanvargacha davom etadi
20 dekabr 2022, 16:54

Yangi yil bayram tadbirlari 25-dekabrdan 10-yanvargacha davom etadi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yangi yil bayram tadbirlari 25-dekabrdan 10-yanvargacha qadar madaniyat va istirohat bog‘larida hamda markaziy maydonlarda o‘tkaziladi. Shuningdek, 10 ming nafarga yaqin bolaga “Prezident sovg‘asi” taqdim etish rejalashtirilmoqda.

Qashqadaryodagi YTHda ikki kishi vafot etdi
20 dekabr 2022, 16:05

Qashqadaryodagi YTHda ikki kishi vafot etdi

Qashqadaryoda Spark yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Yengil avtomobilning haydovchisi va yo‘lovchisi vafot etdi.

Prezident jamoat transporti masalasiga to‘xtaldi (tramvay tilga olinmadi)
20 dekabr 2022, 13:16

Prezident jamoat transporti masalasiga to‘xtaldi (tramvay tilga olinmadi)

«Jamoat transportidagi vaziyat mutlaqo o‘zgaradi», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Qolaversa, poytaxt uchun 1000 ta avtobus xarid qilinadi, 7 ta yer usti metro bekati ochiladi, 2023 yilda hududlar yana 1000 ta avtobusga ega bo‘ladi. Boshqa transport turlari haqida esa so‘z yuritilmadi.

Tintuv, telefon suhbatini tinglash va mulkni xatlash uchun sanksiyalar sudga o‘tkaziladi. Bu haqda 5 yil oldin ham gapirilgandi
20 dekabr 2022, 13:10

Tintuv, telefon suhbatini tinglash va mulkni xatlash uchun sanksiyalar sudga o‘tkaziladi. Bu haqda 5 yil oldin ham gapirilgandi

Prezident tintuv o‘tkazish, telefon so‘zlashuvini eshitish va mulkni xatlashga sanksiyani prokurordan sudga o‘tkazilishini ma’lum qildi. Shuningdek, u odil sudlovni ta’minlashda himoyachiga berilgan huquqlar ham qayta ko‘rib chiqilib, yetmaydigan vakolatlar berilishini aytdi.

Samarqand va Andijonda 4 kg giyohvand moddalarini saqlaganlikda gumonlangan shaxslar ushlandi
20 dekabr 2022, 12:43

Samarqand va Andijonda 4 kg giyohvand moddalarini saqlaganlikda gumonlangan shaxslar ushlandi

Huquq-tartibot organlari xodimlari Samarqandda 1,4 kg opiy va 1,7 kg gashish, Andijonda esa salkam 1 kg gashish giyohvand moddasini saqlaganlikda gumonlangan shaxslarni qo‘lga oldi. Ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Tanzila Narbayeva to‘rtta vazirlikka ayollar masalasi bo‘yicha qat’iy talablar qo‘ydi
20 dekabr 2022, 12:31

Tanzila Narbayeva to‘rtta vazirlikka ayollar masalasi bo‘yicha qat’iy talablar qo‘ydi

Senat raisi Tanzila Narbayeva to‘rtta vazirlik, Xotin-qizlar qo‘mitasi va Mahalla agentligiga ayollar masalasi bo‘yicha qat’iy talablar qo‘ydi. U mas’ul rahbarlardan zo‘ravonlik qurboni bo‘lganlar, muhojir ayollar va jazoni o‘tab qaytgan ayollarga ko‘mak berish bo‘yicha alohida dasturlar ishlab chiqishni so‘radi.

«Konstitutsiyani shoshilmasdan ishlab chiqishimiz kerak». Prezident — konstitutsiyaviy islohotlar haqida
20 dekabr 2022, 12:24

«Konstitutsiyani shoshilmasdan ishlab chiqishimiz kerak». Prezident — konstitutsiyaviy islohotlar haqida

Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida «Yangi O‘zbekistonga mos bo‘lgan Konstitutsiyani har tomonlama o‘ylab, shoshilmasdan ishlab chiqish kerak»ligini ta’kidladi.

Prezident Samarqand va Namangan shaharlarini respublika bo‘ysunuviga o‘tkazishni taklif qildi
20 dekabr 2022, 12:12

Prezident Samarqand va Namangan shaharlarini respublika bo‘ysunuviga o‘tkazishni taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev 20 dekabr kuni parlament va xalqqa yo‘llagan murojaatnomasida Samarqand va Namangan shaharlari alohida ma’muriy-hududiy birliklar sifatida respublika bo‘ysunuviga o‘tkazilishini taklif qildi. Ularni rivojlantirish dasturi Vazirlar Mahkamasida tasdiqlanishi belgilandi.

Vazirlik va idoralar soni 61 tadan 28 tagacha kamaytiriladi — prezident
20 dekabr 2022, 11:51

Vazirlik va idoralar soni 61 tadan 28 tagacha kamaytiriladi — prezident

Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida hukumat ish uslubi ham tubdan o‘zgarishini aytdi. Prezident ma’lum qilinishicha, vazirlik va idoralar soni hozirgi 61 tadan 28 tagacha kamaytiriladi, davlat xizmatchilari soni bosqichma-bosqich 25−30 foizga qisqaradi.

O‘zbekiston YAIM hajmi ilk bor 80 mlrd dollardan oshdi — Shavkat Mirziyoyev
20 dekabr 2022, 11:30

O‘zbekiston YAIM hajmi ilk bor 80 mlrd dollardan oshdi — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida yalpi ichki mahsulot hajmi ilk bor 80 mlrd dollardan oshganini ma’lum qildi. «Bu kabi raqamlar, bunday natijalar ilgari bizda bo‘lmagan edi. Bu ham xalqimizning birdamligi, xalqimizning mehnatsevarligi natijasida erishildi», — dedi prezident.

Surxondaryoda Nexia`lar ishtirokidagi YTHda ikki kishi vafot etdi
20 dekabr 2022, 11:02

Surxondaryoda Nexia`lar ishtirokidagi YTHda ikki kishi vafot etdi

Surxondaryo viloyatida Nexia va Nexia-3 o‘zaro to‘qnashib ketdi. Oqibatda ikki nafar fuqaro vafot etdi. Hodisa svetofor ishlamayotgan chorrahada yuz berdi.

Onkologiya markazi ham savdodan olib tashlandi
20 dekabr 2022, 10:23

Onkologiya markazi ham savdodan olib tashlandi

Onkologiya markazining poytaxt va Toshkent viloyati filiallari sotuvdan olib tashlangandi. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’lum qilishicha, markazning o‘zi ham savdodan olib tashlangan.

O‘zbekiston prezidentining parlamentga murojaati soat 11:00 da boshlanadi
20 dekabr 2022, 09:56

O‘zbekiston prezidentining parlamentga murojaati soat 11:00 da boshlanadi

O‘zbekiston prezidentining parlamentga murojaati soat 11:00 dan boshlab davlat va xususiy telekanallar, radio va internet orqali jonli efirda namoyish etiladi (kanallar ro‘yxati).

Zo‘ravonlikka uchragan 28,7 foiz ayol ajrashishga qat’iy qaror qilgan — tadqiqot
20 dekabr 2022, 07:23

Zo‘ravonlikka uchragan 28,7 foiz ayol ajrashishga qat’iy qaror qilgan — tadqiqot

“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti yarim yil davomida O‘zbekistonning 5 ta hududida sotsiologik tadqiqot o‘tkazdi. Unda zo‘ravonlikka uchragan 18−34 yosh oralig‘idagi 420 nafar respondent qatnashdi. Ayollarning 39,4 foizi erga gap qaytarishni zo‘ravonlik holatiga sabab qilib ko‘rsatgan.

19 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
19 dekabr 2022, 22:00

19 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

2023 yilda davlat qarzi $32,6 mlrd bo‘lishi prognozi, O‘zbekistonga keladigan Qozog‘iston prezidenti, Markaziy Osiyoning Rossiyaga bo‘lgan qaramligini yumshatishga yordam berishini aytgan YeI, yangi Ekopartiya rahbari, hafta o‘rtasida qor, oqlangan qatag‘on qurbonlari va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

173 nafar qatag‘on qurbonlari nomlari oqlandi (ro‘yxat)
19 dekabr 2022, 21:15

173 nafar qatag‘on qurbonlari nomlari oqlandi (ro‘yxat)

Oliy sud 4 ta jinoyat ishi bo‘yicha surgun qilingan, otilgan va mol-mulki musodara qilingan 173 nafar qatag‘on qurbonlari nomini oqladi. Ularning aksariyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida yashagan. Bir nafari esa Eron fuqarosi bo‘lib, u SSRI hududidan deportatsiya qilingan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting