Jamiyat

Toshkentda xolasining o‘g‘lini o‘ldirgan erkak 11 yilga ozodlikdan mahrum etildi
16 dekabr 2022, 11:52

Toshkentda xolasining o‘g‘lini o‘ldirgan erkak 11 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Chilonzor tumanida ikki qarindosh erkaklar o‘rtasida janjal chiqib, biri ikkinchisini pichoqlab, o‘ldirib qo‘ydi. Sud ayblanuvchiga nisbatan 11 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.

O‘zbekistonda dam olish kunlari iliq ob-havo kuzatiladi
16 dekabr 2022, 11:51

O‘zbekistonda dam olish kunlari iliq ob-havo kuzatiladi

«O‘zgidromet» prognozlariga ko‘ra, dam olish kunlari ob-havo quyoshli va iliq bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzi havo harorati +5…+12 darajani, kechalari −3…+2 darajani tashkil etadi. Respublika bo‘ylab ayrim joylarga tuman tushishi mumkin.

Farg‘onada Turkiya investitsiyasi hisobiga «Aqlli yo‘l» tizimi joriy etiladi
16 dekabr 2022, 09:36

Farg‘onada Turkiya investitsiyasi hisobiga «Aqlli yo‘l» tizimi joriy etiladi

Farg‘onada Turkiyaning 10 mln dollar investitsiyasi hisobiga «Aqlli yo‘l» tizimi joriy etiladi. Viloyat hokimligining qayd etishicha, tizim yo‘l-transport hodisalarining, jarohat olish va o‘lim holatlarini 90 foizgacha kamaytirish imkonini beradi. U inson omilisiz, quyosh energiyasi yordamida ishlashi aytilmoqda.

O‘zbekistonda uchta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha tender g‘oliblari aniqlandi
16 dekabr 2022, 09:23

O‘zbekistonda uchta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha tender g‘oliblari aniqlandi

O‘zbekistonda uchta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha tender g‘oliblari aniqlandi. Xususan, Buxoroda Masdar kompaniyasi, Namanganda GD Power — Powerchina konsorsiumi va Xorazmda Voltalia kompaniyasi umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan stansiyalarni qurib, elektr energiyasini yetkazib bera boshlaydi.

Toshkentga yangi avtobuslar, jumladan 2018 yilda xaridi taqiqlangan Isuzu`lar olib kelindi
16 dekabr 2022, 09:04

Toshkentga yangi avtobuslar, jumladan 2018 yilda xaridi taqiqlangan Isuzu`lar olib kelindi

Prezident topshirig‘idan so‘ng Toshkentga 20 ta MAN va 100 ta Isuzu avtobuslari keltirilib, haydovchilar qabuli haqida e’lon berildi. IIV avtoparkidan yana 30 ta Isuzu topshirildi. Biroq Isuzu`lar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirilmagani sababli 2018 yildan ularni sotib olish taqiqlangandi.

15 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
15 dekabr 2022, 22:00

15 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Elektr va tabiiy gaz bo‘yicha o‘g‘riliklar haqida gapirgan prezident, 15% darajasida qolgan asosiy stavka, avtobus haydovchilarning oyligi 2 barobarga oshishi, yana ortayotgan kovid statistikasi, viloyatlarga qo‘shimcha poyezd qatnovlari, yuk mashinalaridan to‘y korteji va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

1-yanvardan pensiya hisoblashda inobatga olinadigan o‘rtacha ish haqi miqdori oshiriladi
15 dekabr 2022, 21:15

1-yanvardan pensiya hisoblashda inobatga olinadigan o‘rtacha ish haqi miqdori oshiriladi

Prezident farmoniga ko‘ra, yanvar oyidan boshlab fuqarolarning pensiya tayinlashda hisobga olingan o‘rtacha oylik ish haqi 3,2 mln so‘mdan yuqori bo‘lsa, ularga amaldagiga nisbatan qariyb 390 ming so‘m ko‘proq pul to‘lanadi. Pensiyasi oshadigan fuqarolarga dekabr oyida SMS xabar yuboriladi.

ASUS Zenbook 17 Fold OLED: moslashuvchan displeyga ega noutbuk nimasi bilan o‘ziga tortadi?
15 dekabr 2022, 21:00

ASUS Zenbook 17 Fold OLED: moslashuvchan displeyga ega noutbuk nimasi bilan o‘ziga tortadi?

ASUS egasi xohlagan ketma-ketlikda — noutbukdan planshetga, planshetdan monoblokka, monoblokdan elektron kitobga va yana oldingi holatiga aylana oladigan Zenbook 17 Fold OLED haqida gapirib berdi.

O‘zbekistonda «bir jinslilar o‘rtasidagi g‘ayritabiiy aloqalarni» targ‘ib qilishni taqiqlash rejalashtirilmoqda
15 dekabr 2022, 19:20

O‘zbekistonda «bir jinslilar o‘rtasidagi g‘ayritabiiy aloqalarni» targ‘ib qilishni taqiqlash rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda OAV, saytlar va blogerlarga «bir jinslilar o‘rtasidagi g‘ayritabiiy aloqalarni targ‘ib qilish»ni taqiqlash rejalashtirilmoqda. Ushbu ibora sohadagi 8 ta qonunni birlashtirish taklif etilayotgan Axborot kodeksi loyihasidan o‘rin olgan.

Shavkat Mirziyoyev Achilbay Ramatovga va elektr energiya sohasidagi qator rahbarlarga hayfsan berdi
15 dekabr 2022, 18:30

Shavkat Mirziyoyev Achilbay Ramatovga va elektr energiya sohasidagi qator rahbarlarga hayfsan berdi

Prezident so‘nggi yillarda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar uchun bosh vazir birinchi o‘rinbosari Achilbay Ramatovga va elektr energiya sohasidagi korxona rahbarlariga hayfsan berdi. Shuningdek, o‘z vazifasini bajara olmagan tuman hokimi o‘rinbosarlari, mahalla raislari va sektor rahbarlari tanqid qilindi.

«Ular qishga tayyorgarlikni barbod qildi». Shavkat Mirziyoyev qator rahbarlarni tanqid qildi
15 dekabr 2022, 17:56

«Ular qishga tayyorgarlikni barbod qildi». Shavkat Mirziyoyev qator rahbarlarni tanqid qildi

Prezident videoselektor yig‘ilishida elektr va tabiiy gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanishlar, o‘g‘irliklar davom etayotganini tanqid qildi. Xususan, Namanganda 110 tonna, Qoraqalpog‘istonda 22 tonna aholiga berilishi kerak bo‘lgan ko‘mir sotib yuborilgan.

Infografika: O‘zbekistonda yarim asr davomida qishki harorat qanchalik o‘zgardi?
15 dekabr 2022, 15:12

Infografika: O‘zbekistonda yarim asr davomida qishki harorat qanchalik o‘zgardi?

Qish boshlanishi bilan butun O‘zbekiston elektr va gaz ta’minotida muammolarga duch keldi. “Gazeta.uz” O‘zgidromet tomonidan taqdim etilgan 49 yillik (1972−2021) qish oylariga oid meteorologik ma’lumotlarni tahlil qildi. Ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, o‘tgan yillarda qish ancha sovuq bo‘lgan.

Avtobus haydovchilarning oylik maoshi 2 barobarga oshadi — Toshshahartransxizmat
15 dekabr 2022, 15:06

Avtobus haydovchilarning oylik maoshi 2 barobarga oshadi — Toshshahartransxizmat

Prezident topshirig‘iga asosan «Toshshahartransxizmat» avtobus haydovchilari 2022 yilning dekabr oyidan boshlab kamida 5−6 mln so‘m miqdorida oylik maoshi olishini ma’lum qildi.

Bosh prokuratura Toshkent shahar IIBBni noxolis axborot tarqatganlikda aybladi
15 dekabr 2022, 15:01

Bosh prokuratura Toshkent shahar IIBBni noxolis axborot tarqatganlikda aybladi

«O‘zbekiston 24» telekanalida prokuratura xodimi hujjatlarsiz mashina boshqarib kelgani haqida lavha berildi. BP haydovchi tizimda xizmat qilmacligi va guvohnoma qalbaki ekanini aniqladi. Ma’lumot uzatgan Toshkent shahar YHXB matbuot xizmatini bir yoqlama va noxolis axborot taqdim qilganlikda ayblamoqda.

Asialuxe Travel Yangi yilni nishonlash uchun qayerga jo‘nab ketish mumkinligi haqida aytib berdi
15 dekabr 2022, 15:00

Asialuxe Travel Yangi yilni nishonlash uchun qayerga jo‘nab ketish mumkinligi haqida aytib berdi

Asialuxe Travel kompaniyasi bayramni ekzotik Sharm-el-Sheyx va Antaliya kurortlarida, ertaklardagidek qorli Laplandiya va hayratlanarli Maldiv orollarida kutib olishni taklif etadi.

O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 31 milliondan oshdi
15 dekabr 2022, 12:12

O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 31 milliondan oshdi

AKT vaziri Sherzod Shermatov O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 31 mlndan oshganini ma’lum qildi. Ulardan 29,5 mln nafari mobil internet orqali tarmoqqa ulanadi. Vazir, shuningdek, xalqaro internet-kanalga ulanish tezligi so‘nggi ikki yilda 2,6 baravarga oshib, 3200 Gbit/s ga yetganini qayd etdi.

Buxoroda yuk mashinalaridan tashkil topgan to‘y korteji to‘xtatildi
15 dekabr 2022, 11:36

Buxoroda yuk mashinalaridan tashkil topgan to‘y korteji to‘xtatildi

Buxoro viloyatidan o‘tgan M-37 xalqaro avtomagistralida YHXB xodimlari yuk mashinalaridan iborat to‘y kortejini to‘xtatdi. Mashinalar jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Toshkentda uchta mashina to‘qnashdi
15 dekabr 2022, 10:43

Toshkentda uchta mashina to‘qnashdi

Chilonzor tumani Novza jome masjidi qarshisida 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida haydovchilardan biri jarohat oldi.

Toshkent — Samarqand — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
15 dekabr 2022, 10:42

Toshkent — Samarqand — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Yangi yil bayrami munosabati bilan yo‘lovchilar tashishni tashkil qilish maqsadida 26 dekabrdan 8 yanvargacha Toshkent — Samarqand — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha 14 ta «Afrosiyob» elektropoyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

14-dekabr kuni 134 kishida kovid aniqlandi
15 dekabr 2022, 10:21

14-dekabr kuni 134 kishida kovid aniqlandi

Chorshanba kuni O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni yana ortib, 134 nafarni tashkil etdi. Kunlik kasallanganlarning eng ko‘pi doimgidek Toshkent shahrida qayd etilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting