Chilonzor tumanida ikki qarindosh erkaklar o‘rtasida janjal chiqib, biri ikkinchisini pichoqlab, o‘ldirib qo‘ydi. Sud ayblanuvchiga nisbatan 11 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.
«O‘zgidromet» prognozlariga ko‘ra, dam olish kunlari ob-havo quyoshli va iliq bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzi havo harorati +5…+12 darajani, kechalari −3…+2 darajani tashkil etadi. Respublika bo‘ylab ayrim joylarga tuman tushishi mumkin.
Farg‘onada Turkiyaning 10 mln dollar investitsiyasi hisobiga «Aqlli yo‘l» tizimi joriy etiladi. Viloyat hokimligining qayd etishicha, tizim yo‘l-transport hodisalarining, jarohat olish va o‘lim holatlarini 90 foizgacha kamaytirish imkonini beradi. U inson omilisiz, quyosh energiyasi yordamida ishlashi aytilmoqda.
O‘zbekistonda uchta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha tender g‘oliblari aniqlandi. Xususan, Buxoroda Masdar kompaniyasi, Namanganda GD Power — Powerchina konsorsiumi va Xorazmda Voltalia kompaniyasi umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan stansiyalarni qurib, elektr energiyasini yetkazib bera boshlaydi.
Prezident topshirig‘idan so‘ng Toshkentga 20 ta MAN va 100 ta Isuzu avtobuslari keltirilib, haydovchilar qabuli haqida e’lon berildi. IIV avtoparkidan yana 30 ta Isuzu topshirildi. Biroq Isuzu`lar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirilmagani sababli 2018 yildan ularni sotib olish taqiqlangandi.
Elektr va tabiiy gaz bo‘yicha o‘g‘riliklar haqida gapirgan prezident, 15% darajasida qolgan asosiy stavka, avtobus haydovchilarning oyligi 2 barobarga oshishi, yana ortayotgan kovid statistikasi, viloyatlarga qo‘shimcha poyezd qatnovlari, yuk mashinalaridan to‘y korteji va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Prezident farmoniga ko‘ra, yanvar oyidan boshlab fuqarolarning pensiya tayinlashda hisobga olingan o‘rtacha oylik ish haqi 3,2 mln so‘mdan yuqori bo‘lsa, ularga amaldagiga nisbatan qariyb 390 ming so‘m ko‘proq pul to‘lanadi. Pensiyasi oshadigan fuqarolarga dekabr oyida SMS xabar yuboriladi.
ASUS egasi xohlagan ketma-ketlikda — noutbukdan planshetga, planshetdan monoblokka, monoblokdan elektron kitobga va yana oldingi holatiga aylana oladigan Zenbook 17 Fold OLED haqida gapirib berdi.
O‘zbekistonda OAV, saytlar va blogerlarga «bir jinslilar o‘rtasidagi g‘ayritabiiy aloqalarni targ‘ib qilish»ni taqiqlash rejalashtirilmoqda. Ushbu ibora sohadagi 8 ta qonunni birlashtirish taklif etilayotgan Axborot kodeksi loyihasidan o‘rin olgan.
Prezident so‘nggi yillarda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar uchun bosh vazir birinchi o‘rinbosari Achilbay Ramatovga va elektr energiya sohasidagi korxona rahbarlariga hayfsan berdi. Shuningdek, o‘z vazifasini bajara olmagan tuman hokimi o‘rinbosarlari, mahalla raislari va sektor rahbarlari tanqid qilindi.
Prezident videoselektor yig‘ilishida elektr va tabiiy gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanishlar, o‘g‘irliklar davom etayotganini tanqid qildi. Xususan, Namanganda 110 tonna, Qoraqalpog‘istonda 22 tonna aholiga berilishi kerak bo‘lgan ko‘mir sotib yuborilgan.
Qish boshlanishi bilan butun O‘zbekiston elektr va gaz ta’minotida muammolarga duch keldi. “Gazeta.uz” O‘zgidromet tomonidan taqdim etilgan 49 yillik (1972−2021) qish oylariga oid meteorologik ma’lumotlarni tahlil qildi. Ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, o‘tgan yillarda qish ancha sovuq bo‘lgan.
Prezident topshirig‘iga asosan «Toshshahartransxizmat» avtobus haydovchilari 2022 yilning dekabr oyidan boshlab kamida 5−6 mln so‘m miqdorida oylik maoshi olishini ma’lum qildi.
«O‘zbekiston 24» telekanalida prokuratura xodimi hujjatlarsiz mashina boshqarib kelgani haqida lavha berildi. BP haydovchi tizimda xizmat qilmacligi va guvohnoma qalbaki ekanini aniqladi. Ma’lumot uzatgan Toshkent shahar YHXB matbuot xizmatini bir yoqlama va noxolis axborot taqdim qilganlikda ayblamoqda.
Asialuxe Travel kompaniyasi bayramni ekzotik Sharm-el-Sheyx va Antaliya kurortlarida, ertaklardagidek qorli Laplandiya va hayratlanarli Maldiv orollarida kutib olishni taklif etadi.
AKT vaziri Sherzod Shermatov O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 31 mlndan oshganini ma’lum qildi. Ulardan 29,5 mln nafari mobil internet orqali tarmoqqa ulanadi. Vazir, shuningdek, xalqaro internet-kanalga ulanish tezligi so‘nggi ikki yilda 2,6 baravarga oshib, 3200 Gbit/s ga yetganini qayd etdi.
Buxoro viloyatidan o‘tgan M-37 xalqaro avtomagistralida YHXB xodimlari yuk mashinalaridan iborat to‘y kortejini to‘xtatdi. Mashinalar jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Chilonzor tumani Novza jome masjidi qarshisida 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida haydovchilardan biri jarohat oldi.
Yangi yil bayrami munosabati bilan yo‘lovchilar tashishni tashkil qilish maqsadida 26 dekabrdan 8 yanvargacha Toshkent — Samarqand — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha 14 ta «Afrosiyob» elektropoyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Chorshanba kuni O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni yana ortib, 134 nafarni tashkil etdi. Kunlik kasallanganlarning eng ko‘pi doimgidek Toshkent shahrida qayd etilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting