Sirdaryo viloyati Yangiyer shahri hokimi Ilyor Xo‘jayev kasallik tufayli 45 yoshida vafot etdi. U ushbu lavozimda 2016 yildan beri ishlayotgan edi.
Shanba kuni poytaxtdagi 12 tumanda Qurbon hayiti namozi o‘qiladigan masjidlarga boruvchi maxsus avtobuslar harakatlanadi. Avtobuslar 03:00 dan 06:00 ga qadar tashkil etiladi. Shuningdek, soat 00:00dan soat 07:00ga qadar ayrim ko‘chalarda transport harakati to‘xtatiladi. Ro‘yxat.
SES Qurbon hayiti namozi o‘qiladigan masjidlarning sanitarik holatini va karantin qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish uchun mutaxassislar biriktirilishini ma’lum qildi. Masjidlar atrofida tashkil etiladigan oziq-ovqatlarning noqonuniy savdosi nazoratga olinadi.
Farg‘ona xalqaro aeroporti bojxona posti boshlig‘i qo‘lga olindi. U xorijdan olib kelingan tovarlarni noqonuniy tarzda bojxona nazoratidan o‘tkazish bilan shug‘ullanganlikda gumonlanmoqda.
Qurbon hayiti kunlari yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, harorat foni qulay bo‘ladi: 9 iyul kunduzi +30…+35 daraja, 10−12 iyulda +32…+37 daraja atrofida.
Bosh prokuratura Qoraqalpog‘istondagi voqealar yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish bo‘yicha 14 kishi hibsga olinganini ma’lum qildi. Advokat va jurnalist Dauletmurat Tajimuratovga ayblov e’lon qilindi, jurnalist Lolagul Qallixanova gumonlanuvchi sifatida jalb qilindi.
Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Sindzo Abega Nara shahridagi nutqi chog‘ida suiqasd qilindi. U ko‘krak qafasiga otilgan o‘qlardan keyin og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Buni qilganlikda gumonlanayotgan shaharning 41 yoshli fuqarosi politsiya tomonidan hibsga olindi.
O‘zini o‘zi band qilgan taksistlar, mashinani boshqarishga onlayn ishonchnoma, YUNESKO qo‘mitasiga a’zo bo‘lgan O‘zbekiston, Hayitda 04:00dan ishlaydigan metro, 7 kunga yopiladigan 7-metro bekati, Nukusdagi namoyishchilarni tarqatish vositalari va boshqalar — «Gazeta.uz»ning 5 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Nukus voqealarida jabrlanganlar orasida o‘qotar quroldan yaralanganlar ham bor. Kuch tuzilmalari jangovar o‘q-dorilardan foydalanilganini rad etmoqda. «Gazeta.uz» muxbiri Shoshilinch yordam markazida yaradorlar bilan suhbatlashdi. Harbiylar ham qanday yaralangani haqida so‘zlab berdi.
6 oy ichida respublikada «Tez yordam» xizmatiga 6,2 mln dan ziyod chaqiriq kelib tushgan. Ularning eng ko‘pi Farg‘ona, Andijon viloyatlari va Toshkentdan. O‘tgan yilning shu davrida «103»ga murojaat qilganlar hozirgidan 433,9 mingtaga kam bo‘lgan.
“TBRG Open” xalqaro loyihasining O‘zbekistondan qatnashuvchi vakil nomini e’lon qildi. Los-Andjelesda Jeyson Deruloning mentorligidan o‘tishning imkoniyatiga yosh ijrochi, o‘zbekistonlik san’atkor Shokhrullo Abdullayev ega bo‘ldi.
1 sentabrdan boshlab avtotransportni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalar my.gov.uz orqali onlayn rasmiylashtiriladi va uni notariusdan tasdiqlash talab etilmaydi. Bir oylik ishonchnoma uchun to‘lov 90 ming so‘m, uch yillik uchun esa 900 ming so‘mni tashkil qiladi.
1 sentabrdan 2025 yilga qadar taksi haydovchilari o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar sifatida qaraladi va ularning faoliyati litsenziya asosida amalga oshiriladi. Avtomobilning ekspluatatsiya davriga qo‘yilgan talab esa bekor qilinadi.
Prezident qarori bilan ikki yilda bir marta yuridik shaxslar haydovchilarining majburiy malakasini oshirish talabi bekor qilindi. Qolaversa, endi fuqaro o‘z mashinasini taksichilik uchun yuridik shaxsga ijaraga berganda notarial tasdiqlashi shart bo‘lmaydi.
Hukumat qarori bilan hakamlarga malaka toifalari Davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP orqali taqdim etilishi belgilandi. Hakam arizaga ish joyi bergan taqdimnomani ilova qilishi lozim, xizmat narxi 300 ming so‘mni tashkil etadi.
Xalqaro moliyaviy nashr The Financial Times «O‘zbekistonning xususiylashtirish dasturi — mamlakatdagi eng yirik o‘g‘it ishlab chiqaruvchi korxona» nomli maqolani chop etdi.
O‘zbekiston birinchi marta YUNESKOning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitasiga a’zo bo‘ldi. O‘zbekiston nomzodini qo‘llab-quvvatlab, 105 mamlakat ovoz berdi.
Nukusdagi namoyishlarni tarqatish uchun maxsus vositalar qo‘llanilganidan bir necha kun o‘tib O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi ushbu vositalar qanday ishlashini ko‘rsatuvchi videoni e’lon qildi. «Gazeta.uz» ushbu vositalar suratlari va ulardan foydalanish oqibatlarini e’lon qilmoqda.
Buxorodagi Ismoil Somoniy maqbarasi, Chor-Bakr va Bahouddin Naqshband majmualari, Mag‘oki Attor masjidi, Poyi kalon ansambli, qadimgi Poykent shahri qoldiqlari va Toshsaroy madrasasi — Islom olamining madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi.
Andijonda «FRESH FOOD 2020» oilaviy korxonasiga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida 37 kishi zaharlangan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Oilaviy korxonaga tegishli uchta shoxobcha faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. SSV vaziyatni o‘z nazoratiga oldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting