Jamiyat

Samarqandga uchayotgan samolyot Qozog‘istonda shoshilinch qo‘nishni amalga oshirdi
3 fevral 2022, 15:59

Samarqandga uchayotgan samolyot Qozog‘istonda shoshilinch qo‘nishni amalga oshirdi

Sankt-Peterburgdan Samarqandga qarab uchayotgan «Aeroflot» aviakompaniyasiga tegishli samolyot Qozog‘istonda shoshilinch qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bunga reys o‘lovchilaridan biri — O‘zbekiston fuqarosiga shoshilinch tibbiy yordam talab etilgani sabab bo‘lgan.

Foto: Haydovchilik guvohnomasini olish uchun Yagona imtihon markazi ishga tushdi
3 fevral 2022, 15:32 1

Foto: Haydovchilik guvohnomasini olish uchun Yagona imtihon markazi ishga tushdi

Haydovchilik guvohnomasi uchun imtihon topshirishga mo‘ljallangan Yagona imtihon markazi o‘z faoliyatini boshladi. Markazga kelgan nomzod nazariy savollarga to‘g‘ri javob berishi va so‘ngra imtihonning amaliy qismidan o‘tishi kerak bo‘ladi. Shundagina u YHXBB yoki davlat xizmatlari markazlaridan haydovchilik guvohnomasi berilishiga asos bo‘ladigan maxsus sertifikatni qo‘lga kiritadi (foto).

Umra-2022: Ilk ziyoratchilar O‘zbekistonga qaytib keldi
3 fevral 2022, 14:47

Umra-2022: Ilk ziyoratchilar O‘zbekistonga qaytib keldi

1- fevral kuni “Umra — 2022” mavsumining ilk ziyoratchilari Saudiya Arabistonidan O‘zbekistonga qaytib keldi. Ular “Baqi” qabristoni, “Qubo” va “Qiblatayn” masjidlari va Uxud tog‘ida, shuningdek, Madina shahrida Masjidul Nabaviyda, Payg‘ambarning Ravzai mutohharalarida ziyoratda bo‘lgan.

Oliy ta’lim vaziri Qashqadaryoda 3 ming talaba Telegram orqali o‘qitilayotganini tanqid qildi
3 fevral 2022, 13:00

Oliy ta’lim vaziri Qashqadaryoda 3 ming talaba Telegram orqali o‘qitilayotganini tanqid qildi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov masofaviy ta’lim uchun ko‘plab maxsus platformalar bo‘lishiga qaramasdan, Qashqadaryo OTMlaridagi talabalar Telegram orqali o‘qitilayotganini tanqid qildi. Masofaviy ta’limni tashkil qilishdagi kamchiliklar uchun Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti rahbarlariga hayfsan e’lon qilindi.

Arzon kvartira haqida e’lon berib, fuqaroning pulini o‘zlashtirganlikda gumonlanuvchi shaxs qo‘lga olindi
3 fevral 2022, 12:35

Arzon kvartira haqida e’lon berib, fuqaroning pulini o‘zlashtirganlikda gumonlanuvchi shaxs qo‘lga olindi

IIV Kiberxavfsizlik markazi xodimlari ijtimoiy tarmoqlar va olx.uz saytida kvartirani ijaraga beraman deb, fuqaroning pulini o‘zlashtirganlikda gumonlanayotgan shaxsni qo‘lga oldi. U kvartira uchun avans tariqasida berilgan 500 ming so‘mni o‘zlashtirganligi aytilmoqda.

«IMEI kerak emas» degan gaplar ortida noqonuniy bozordan «dolya» olib turganlarning lobbisi turibdi — Sherzod Shermatov
3 fevral 2022, 12:04 1

«IMEI kerak emas» degan gaplar ortida noqonuniy bozordan «dolya» olib turganlarning lobbisi turibdi — Sherzod Shermatov

AKT vaziri Sherzod Shermatov UzIMEI yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish uchun kerakligini ta’kidladi. «IMEI kerak emas, IMEI`ni yo‘q qilinglar, degan gaplar tagida noqonuniy bozordan „dolya“ olib, foyda qilib turganlarning lobbisi turibdi», — dedi vazir Kun.uz nashriga bergan intervyusida. Shermatov UzIMEI pulli ekanligiga to‘xtalib, uning soliq ekanligini qayd etgan.

1 martdan «Yashil yillik» umummilliy tadbiri boshlanadi
3 fevral 2022, 11:27

1 martdan «Yashil yillik» umummilliy tadbiri boshlanadi

Prezident 1 martdan «Yashil yillik» umummilliy tadbiri boshlanishini ma’lum qildi. Joriy yil bahor mavsumida «Yashil makon» loyihasi doirasida 125 mln dona daraxt ko‘chatlarini ekish rejalashtirilmoqda. Aholiga kamida 10 mln dona mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari bepul tarqatiladi. «Agar O‘zbekistonda ekologiyani yaxshilayman desa, har yili har bir xonadon ikkitadan daraxt eksin. Har bir tashkilot beshtadan daraxt eksin, qaysi tashkilot bo‘lishidan qat’i nazar», — dedi prezident.

Buxoroda qurilish korxonasidan pulini ololmagan erkak o‘zini yoqib yubordi
3 fevral 2022, 11:23

Buxoroda qurilish korxonasidan pulini ololmagan erkak o‘zini yoqib yubordi

Peshko‘lik fuqaro uy olish maqsadida mart oyida qurilish korxonasi quruvchisiga 150 mln so‘m pul bergan. Quruvchi uyni rasmiylashtirib bermagani uchun fuqaro pulini qaytarishni so‘ragan. Pulini ololmagan erkak o‘zini-o‘zi yoqib yuborgan, natijada tanasining yarmi kuygan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Finlyandiya O‘zgidromet salohiyatini oshirish uchun 2 mln yevro grant ajratadi
3 fevral 2022, 11:15

Finlyandiya O‘zgidromet salohiyatini oshirish uchun 2 mln yevro grant ajratadi

Finlyandiya hukumati O‘zgidromet salohiyatini modernizatsiya qilishga yo‘naltirilgan loyihaga 2 mln yevro grant ajratishni ma’qulladi. 3 yillik loyiha tabiiy ofatlarni prognoz qilish va iqlim o‘zgarishiga moslashishni rag‘batlantirishni nazarda tutadi.

Samarqandda fermer 1 gektar yerni 20 ming dollarga sotishga uringani aytilmoqda
3 fevral 2022, 10:58

Samarqandda fermer 1 gektar yerni 20 ming dollarga sotishga uringani aytilmoqda

Samarqand tumanida fermer o‘ziga qarashli xo‘jalikning sug‘oriladigan yeridan 1 gektarini fuqaroga issiqxona qurish uchun sotish va hujjatlarni tayyorlab berishni kelishib olgani aytilmoqda. Buning evaziga u 20 ming dollar olgan vaqtida ushlangan. Unga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

Koronavirusning kunlik holati 1000 tadan kamaydi
3 fevral 2022, 10:17

Koronavirusning kunlik holati 1000 tadan kamaydi

Koronavirus yuqtirib olganlarning kunlik soni 22 yanvar maksimal (1478 ta) darajaga yetgandan beri ilk bor — 1000 tadan kamayib, 926 tani tashkil qildi. Eng yuqori ko‘rsatkich qayd etilgan hudud Toshkentligicha qolmoqda — 431 ta. Kovid asoratlari oqibatida 4 nafar bemor vafot etdi. Qolaversa, 188 kishida pnevmoniya aniqlandi.

Turizm va sport vaziriga ikki o‘rinbosar tayinlandi
3 fevral 2022, 09:59

Turizm va sport vaziriga ikki o‘rinbosar tayinlandi

Shaxrillo Maxmudov va Abdullo Aslonov turizm va sport vazirining o‘rinbosarlari etib tayinlandi. Hozirga qadar vazir o‘rinbosarlari bo‘lgan O‘tkir Saidov va Avazjon Karimov esa lavozimdan ozod etildi.

Manba: UzAuto Motors blekaut va olib sotarlar tufayli shartnoma berishni qayta tiklay olmaydi
2 fevral 2022, 23:18

Manba: UzAuto Motors blekaut va olib sotarlar tufayli shartnoma berishni qayta tiklay olmaydi

UzAuto Motors kompaniyasi blekaut oqibatida komponentlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar ishida yuz bergan uzilishlar, shuningdek, olib sotarlar sonining ko‘payib ketgani bois Nexia, Spark, Cobalt va Lacetti avtomobillari uchun arizalar qabul qilishni qayta tiklay olmadi. Dekabrda to‘xtatilgan shartnomalarni qabul qilish jarayoni 1 fevraldan qayta tiklanishi rejalashtirilgan edi.

11 ta davlatdan keluvchi yo‘lovchilarni karantinga joylashtirish tartibi bekor qilindi
2 fevral 2022, 22:17

11 ta davlatdan keluvchi yo‘lovchilarni karantinga joylashtirish tartibi bekor qilindi

O‘zbekistonga Yevropaning 8 ta davlatidan, qolaversa, Avstraliya, Isroil va Misrdan kirib keluvchi yo‘lovchilar uchun 10 kunlik majburiy karantin tartibi bekor qilindi. Bundan tashqari, Afrika davlatlari va Gonkong bilan xalqaro aviaqatnovlar tiklanadi.

2 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
2 fevral 2022, 22:00

2 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Ohangaronda 30 gektarda quriladigan chiqindi poligoni,ekologiya muammolari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan Shavkat Mirziyoyev, prezidentga maslahatchi bo‘lgan Muzaffar Komilov, arxeologiya yodgorligini tadbirkorga sotib yuborgan Parkent tumani hokimligi, $1,6 mlnni noqonuniy olib chiqishga uringan qizg‘izistonliklar, bekor qilingan 11 mlrd so‘mlik keshbek va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 2 fevraldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Kovid karantini muddati 14 kundan 7 kungacha qisqartirildi
2 fevral 2022, 21:51

Kovid karantini muddati 14 kundan 7 kungacha qisqartirildi

Respublika maxsus komissiyasi xorij tajribasidan kelib chiqib, koronavirus yuqtirib olgan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslarning karantin o‘tash muddatini 14 kundan 7 kungacha qisqartirdi.

«Turkiston» metrosi ustidagi ko‘cha prezidentga taqdim etilganidan olti oy o‘tib cho‘kdi
2 fevral 2022, 21:36

«Turkiston» metrosi ustidagi ko‘cha prezidentga taqdim etilganidan olti oy o‘tib cho‘kdi

Toshkentdagi «Turkiston» metro bekati ustidagi ko‘chaning bir qismi foydalanishga topshirilganidan olti oy o‘tib cho‘kdi. Ko‘cha prezident tomonidan 2020 yil Mustaqillik bayrami arafasida ochilgan edi. Pudratchi Transyo`lqurilish-Jizzax (tendersiz tanlangan) ko‘cha «O‘zbekiston temir yo‘llari»ga qarashli «Ko‘prikqurilish» tresti korxonasi aybi bilan cho‘kkanini ma’lum qildi. Loyihada Toshkent hokimi bilan bog‘liq loyiha tashkiloti ham ishtirok etgan. «Gazeta.uz» vaziyatni o‘rgandi.

«Hech bir o‘quvchi va talaba chiptasiz qolmaydi» — SSV
2 fevral 2022, 21:23

«Hech bir o‘quvchi va talaba chiptasiz qolmaydi» — SSV

Transport vazirligi, Oliy ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi hamda hokimliklar avia va poyezd chiptalari xaridini tartibli ravishda tashkil etadi va doimiy ishlaydigan Shtablar faoliyatini yo‘lga qo‘yadi. 50 foizlik chegirmalar esa saqlab qolinadi. «Hech bir o‘quvchi va talaba chiptasiz qolmaydi», — deyiladi SSV xabarida.

7 fevraldan OTM, kollej, litsey va maktablarda ta’lim an’anaviy shaklga o‘tkaziladi
2 fevral 2022, 21:10

7 fevraldan OTM, kollej, litsey va maktablarda ta’lim an’anaviy shaklga o‘tkaziladi

7 fevraldan boshlab umumta’lim maktablari, professional, kasb-hunar ta’lim va oliy ta’lim muassasalari, akademik litseylar hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘quv jarayoni an’anaviy shaklga o‘tkaziladi.

Ohangaronda 30 gektar maydonda maishiy chiqindi poligoni tashkil etiladi
2 fevral 2022, 18:19

Ohangaronda 30 gektar maydonda maishiy chiqindi poligoni tashkil etiladi

Prezident videoselektorda Ohangaron tumanining 30 gektar maydonida 17 mln dollarlik maishiy chiqindi poligoni qurilishini ma’lum qildi. Qolaversa, u resursini o‘tab bo‘lgan 24 ta chiqindi poligonini ko‘mishni buyurdi. Bundan tashqari, poligonlar tashkil etish va ularni yopishni tartibga soluvchi qonun loyihasini ishlab chiqish zarurligi aytildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting