Jamiyat

7 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
7 fevral 2022, 22:05

7 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Yagona imtihon markazi «Avtotest» singari monopoliya emasliginini aytgan Ruslanbek Davletov, 1 martga qadar to‘lov muddati uzaytirilgan kontraktlar, «Qizilqumsement» ni bozor narxidan arzonroqqa sotgan hukumat, TikTok`ni bloklash samara bermasligini aytgan adliya vaziri, tadbirkorlarni ogohlantirgan Toshkent hokimi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 7 fevraldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

«Hokimlar hududlarning begi emas, xalqning yollanma ishchisi» — Ruslanbek Davletov
7 fevral 2022, 19:41

«Hokimlar hududlarning begi emas, xalqning yollanma ishchisi» — Ruslanbek Davletov

Adliya vaziri dushanba kungi matbuot anjumanida rahbarlar o‘zini hududi yoki sohasini begi emasligi, balki ular xalqning yollanma ishchisi ekanligini ta’kidladi. «U yollanma ishchi, biz ham yollanma ishchimiz», — dedi Ruslanbek Davletov. Qolaversa, davlat organlari va tashkilotlarida ish vaqti to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagani davlat xizmatining jozibadorligiga ta’sir qilayotganini tanqid qildi. «Shuning uchun ham aqlli odamlar kelmayapti davlat xizmatiga», — dedi u.

«Qaysi hududda tadbirkor kirib kelsa, davlat o‘z funksiyasini tugatadi». Adliya vaziri Yagona imtihon markazi haqida
7 fevral 2022, 19:05

«Qaysi hududda tadbirkor kirib kelsa, davlat o‘z funksiyasini tugatadi». Adliya vaziri Yagona imtihon markazi haqida

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Toshkentdagi haydovchilik guvohnomasini beruvchi Yagona imtihon markazi «Avtotest» singari monopoliya emasligini, qolaversa, litsenziyani qurilish bitganidan keyin olish ham mumkinligini aytdi. «Agarda qaysi hududda shu talablarga mos ravishda xususiy sektordan tadbirkor kirib kelsa, davlat o‘zining shu funksiyasini tugatadi», — dedi u.

Talabalar uchun kontrakt to‘lovlari muddati 1-martga qadar uzaytirildi
7 fevral 2022, 15:41

Talabalar uchun kontrakt to‘lovlari muddati 1-martga qadar uzaytirildi

OTM talabalari va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarining 1-semestr o‘qishi uchun kontrakt miqdorini to‘lashning so‘nggi muddati 2022-yilning 1-marti etib belgilandi.

Qo‘llanma: ATTO transport kartasi balansini to‘ldirish
7 fevral 2022, 15:18

Qo‘llanma: ATTO transport kartasi balansini to‘ldirish

ATTO transport kartasini to‘ldirish uchun navbatda turib qolmasligingizni ta’minlash uchun «Gazeta.uz» info-kiosklar va mobil ilovalar orqali transport kartasi balansini qanday to‘ldirish mumkinligi haqida qo‘llanmani taqdim etadi.

Hafta boshidagi yog‘ingarchilik payshanbadan iliq ob-havoga o‘zgaradi
7 fevral 2022, 14:45

Hafta boshidagi yog‘ingarchilik payshanbadan iliq ob-havoga o‘zgaradi

Hafta boshida O‘zbekistonga Kavkaz hududlaridan salqin va nam havo kirib kelishi evaziga ayrim joylarda yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda. Payshanbadan esa Eron hududlaridan juda iliq havo kirib keladi va kunlar isiy boshlaydi. Hafta davomida kechasi va ertalab tuman tushadi.

Axborotni bloklash texnik jihatdan juda qiyin masala. Bu samara bermaydi — adliya vaziri TikTok haqida
7 fevral 2022, 13:16

Axborotni bloklash texnik jihatdan juda qiyin masala. Bu samara bermaydi — adliya vaziri TikTok haqida

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov TikTok`ni bloklash haqidagi takliflarga munosabat bildirib, axborotning erkin tarqalishi tarafdori ekanini, TikTok`ni bloklash texnik jihatdan juda qiyin masala ekanini aytdi. «TikTok`dan boshqa joyda yomon kontent yo‘qmi, internetga kirsangiz, boshqa bo‘lmag‘ur saytlar yo‘qmi?», — degan vazir.

Buxoro aeroportida qo‘lga olingan rossiyalik bloger ozod etildi
7 fevral 2022, 12:36

Buxoro aeroportida qo‘lga olingan rossiyalik bloger ozod etildi

O‘zbekistondan Novosibirskka uchib ketayotganida bagajida dron aniqlangani uchun qo‘lga olingan rossiyalik trevel-bloger Maksim Limar uy qamog‘idan ozod etildi. Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, u ayni vaqtda vatanga qaytib ketishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi, Oqqo‘rg‘on hokimi o‘zgardi
7 fevral 2022, 12:19

Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi, Oqqo‘rg‘on hokimi o‘zgardi

Oltiariq tumani hokimi Xolmirza Niyozov Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘ldi. Shuningdek, Quyi Chirchiq tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Alisher Karimjonov Oqqo‘rg‘on tumaniga hokim etib tayinlandi.

Poytaxda mashina siqib ketgan avtobus ustunga borib urildi
7 fevral 2022, 12:11

Poytaxda mashina siqib ketgan avtobus ustunga borib urildi

Toshkentda 59-raqamli avtobus yengil avtomobil siqib ketishi natijasida yo‘l chetiga chiqib ketgan va ustunga borib urilgan. YTH oqibatida 2 kishi yengil jarohat olgan.

Kunlik koronavirus holatlari soni 900 nafardan kamaydi
7 fevral 2022, 11:10

Kunlik koronavirus holatlari soni 900 nafardan kamaydi

Dam olish kunlarida O‘zbekistonda bir sutka davomida 900 nafardan kam kishida koronavirus aniqlandi. Pnevmoniya bilan kasallanganlar soni ham avvalgi kunlarga nisbatan birmuncha kamaygan.

Qashqadaryoda hokim o‘rinbosari $50 ming pora olayotganida ushlandi
7 fevral 2022, 11:03

Qashqadaryoda hokim o‘rinbosari $50 ming pora olayotganida ushlandi

Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimining mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari fuqaroga 1000 gektar yerni ajratishga va’da berib, buning evaziga 80 ming dollar so‘raganligi aytildi. Hokim o‘rinbosari kelishilgan mablag‘dan 50 ming dollarni olgan vaqtda ushlangan va unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Buxoroda futbol o‘ynagan aholi o‘rtasida janjal yuzaga keldi
7 fevral 2022, 10:32

Buxoroda futbol o‘ynagan aholi o‘rtasida janjal yuzaga keldi

Buxoroning «Moxon» qishlog‘idagi stadionda futbol o‘ynagan «Tobagar» va «Chandir» qishloqlari fuqarolari o‘zaro mushtlashib ketgan. Bunga nima sabab bo‘lgani aytilmagan. Hozirda tezkor surishtiruv va tergovga qadar tekshiruv ketmoqda.

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi bosh inspektori YTHda vafot etdi
7 fevral 2022, 10:09

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi bosh inspektori YTHda vafot etdi

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi bosh inspektori o‘ziga tegishli avtomobilda avariyaga uchradi. U ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, vafot etgan.

Agar TikTok yomon bo‘lsa, keling, uni yaxshi qilaylik — Xayrulla Nuriddinov
6 fevral 2022, 17:00

Agar TikTok yomon bo‘lsa, keling, uni yaxshi qilaylik — Xayrulla Nuriddinov

Jurnalist Xayrulla Nuriddinovning ta’kidlashicha, ijtimoiy tarmoqlardagi yoshlarning «bemaza qiliq"lariga TikTok aybdor emas. U o‘zining «Menimcha» ko‘rsatuvida «TikTok`ni yomonotliq bo‘layotganiga sabab, o‘sha yoshlarning ota-onasida, yoshlarga tarbiya yetishmayotganligida» ekanini aytdi. Shuningdek, u TikTok bir maydonligini, uning foydali tomonlari ham borligini aytib o‘tdi.

Qarshi tuman hokimi Maqsuda Mustafoyeva o‘z lavozimidan ozod qilindi
6 fevral 2022, 13:23

Qarshi tuman hokimi Maqsuda Mustafoyeva o‘z lavozimidan ozod qilindi

Qarshi tuman hokimi Maqsuda Mustafoyeva «o‘z arizasiga ko‘ra» vazifasidan bo‘shatilgan. U Qashqadaryo viloyatidagi yagona ayol hokim edi. Viloyat hokimligining xabar berishicha, yaqin kunlarda yangi hokim saylash masalasi ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekiston hududiga qurol-yarog‘ va o‘q dorilarni olib kirmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
6 fevral 2022, 12:00

O‘zbekiston hududiga qurol-yarog‘ va o‘q dorilarni olib kirmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan jami 2 ta pnevmatik qurol, 2 dona to‘pponcha uchun gaz ballon va 553 ta pnevmatik o‘qlar mamlakat hududiga olib kirilayotgani aniqlangan. Farg‘ona viloyatda esa xorijdan uchib kelgan fuqaroda 2 dona 12 kalibrli ov quroli borligi ma’lum bo‘lgan. Hozirda ushbu holatlar yuzasidan surishtiruv o‘tkazilmoqda.

O‘zbekistonda koronavirusga kunlik chalinishlar soni 900 tadan kamaydi
6 fevral 2022, 10:55

O‘zbekistonda koronavirusga kunlik chalinishlar soni 900 tadan kamaydi

Shanba kuni O‘zbekistonda 887 nafar kishida koronavirusga chalinish holatlari kuzatildi. Shuningdek, 5 fevral kuni 148 nafar kishida pnevmoniya aniqlangan bo‘lsa, koronavirus oqibatida 3 nafar bemor vafot etdi.

Jamoalardan pul oladigan emas, ularga pul beradigan tashkilotga aylanishimiz kerak — O‘zPFL rahbari
5 fevral 2022, 21:03

Jamoalardan pul oladigan emas, ularga pul beradigan tashkilotga aylanishimiz kerak — O‘zPFL rahbari

O‘zbekiston professional futbol ligasi 2021 yilda 15,7 mlrd so‘m ishlab topgan, musobaqalar o‘tkazish uchun esa 16 mlrd so‘m sarflagan, bu O‘zPFLning OAV oldidagi ilk ochiq moliyaviy hisobotida ma’lum qilindi. «Avval, jamoalardan pul olmaydigan tashkilotga aylanib olishimiz, undan keyin jamoalarga pul beradigan tashkilotga aylanishimiz kerak», — dedi O‘zPFL rahbari Diyor Imomxo‘jayev. Qolaversa, O‘zbekiston futbol hakamlari markazi ochilishi ham qayd etildi.

Xorazm Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi xodimi pora bilan qo‘lga tushgani aytilmoqda
5 fevral 2022, 19:39

Xorazm Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi xodimi pora bilan qo‘lga tushgani aytilmoqda

Juma kuni Qurilish vazirligi Xorazm viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi inspektori pora bilan ushlanganini rad etib, u ishdan avvalroq bo‘shaganini ma’lum qildi. Shanba kuni esa Bosh prokuratura huzuridagi departament vazirlik izohini inkor qilib, ushbu xodim 1000 dollar pora bilan ushlanganini qayd etdi. Shuningdek, gumondor inspeksiyada ishlashini tasdiqlovchi ma’lumotlar e’lon qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting