Jamiyat

Koronavirusning kunlik holati 1400 ga yaqinlashdi
22 yanvar 2022, 10:54

Koronavirusning kunlik holati 1400 ga yaqinlashdi

O‘zbekistonda juma kuni koronavirusning kunlik holati 1390 taga yetdi, ketma-ket to‘rtinchi kun antirekord qayd etilmoqda. Qolaversa, SSV pnevmoniya holati bo‘yicha yana xabar bera boshladi — u bir kunda 289 kishida aniqlandi.

Kinematografiya agentligi rahbarining Sevimli TV bilan afillanganligi tekshiriladi
21 yanvar 2022, 22:28

Kinematografiya agentligi rahbarining Sevimli TV bilan afillanganligi tekshiriladi

Antikorrupsiya agentligi Kinematografiya agentligi rahbari Firdavs Abduxoliqov va Sevimli telekanali rahbariyati afillanganligini tekshiradi. Hozirda manfaatlar to‘qnashuvi va filmlarni yaratish uchun subsidiyalar ajratishda ehtimoliy qonunbuzilish holatlari bo‘yicha surishtiruvlar olib borilmoqda.

21 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
21 yanvar 2022, 22:00

21 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Karantin cheklovlari qat’iylashtirilgan bog‘chalar, «Sabriya» seriali atrofidagi muhokamalar, uy qamog‘iga hukm qilingan Miraziz Bozorov, qog‘oz pul o‘rniga 1000 so‘mlik tanga, Suriyaga jihodga ketmoqchi bo‘lgan talaba va ikki maktab o‘quvchisi, pora bilan qo‘lga tushgan farg‘onalik prokuror va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 21 yanvardagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Sud Miraziz Bozorovga uy qamog‘i jazosini tayinladi
21 yanvar 2022, 21:11

Sud Miraziz Bozorovga uy qamog‘i jazosini tayinladi

Sud toshkentlik bloger Miraziz Bozorovni g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda tuhmat qilganlikda aybli deb topib, unga 3 yil muddatda ozodlikdan cheklash jazosini tayinladi.

Sevimli telekanali bosh direktori va bosh muharriri «Sabriya» seriali tanqididan so‘ng ishdan bo‘shatildi
21 yanvar 2022, 17:28

Sevimli telekanali bosh direktori va bosh muharriri «Sabriya» seriali tanqididan so‘ng ishdan bo‘shatildi

«Sabriya» teleseriali tanqididan so‘ng Sevimli telekanali bosh direktori va bosh muharriri lavozimini tark etdi, telekanal kuzatuv kengashiga esa vaqtinchalik Kinematografiya agentligi rahbari Firdavs Abduxoliqov rahbarlik qiladigan bo‘ldi. Ushbu o‘zgarishlar AOKA tekshiruvidan keyin sodir bo‘ldi.

Rustam Sherov «O‘zbekneftgaz» raisiga o‘rinbosar bo‘ldi
21 yanvar 2022, 17:27

Rustam Sherov «O‘zbekneftgaz» raisiga o‘rinbosar bo‘ldi

Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi direktori Rustam Sherov «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. U tayinlov kuni lavozimdan ozod etilgan Alisher Mustafoyevning o‘rnini egalladi.

Xorazmda $45 ming evaziga kredit olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21 yanvar 2022, 16:16

Xorazmda $45 ming evaziga kredit olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Bog‘ot tumanida ikki fuqaro tadbirkordan 10 mlrd so‘m kredit olib berish evaziga 45 ming dollar so‘ragani aytilmoqda. Ushbu pullardan 15 ming dollarini olgan vaqtida esa huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qo‘lga olingan. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan ikki o‘quvchi va bir talabaga sud hukmi o‘qildi
21 yanvar 2022, 15:11

Toshkentda Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan ikki o‘quvchi va bir talabaga sud hukmi o‘qildi

Poytaxtda 20 yoshli bir talaba va 18 yoshli ikki maktab o‘quvchisi diniy ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushib, Suriyaga ketmoqchi bo‘lganida qo‘lga olingan. Ushbu jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqildi. Yigitlardan biri 5 yarim yilga, ikki nafari esa 6 yilga qamoq jazosiga hukm qilindi.

Sud Miraziz Bozorov ishini OAVda yoritishni taqiqladi
21 yanvar 2022, 14:12

Sud Miraziz Bozorov ishini OAVda yoritishni taqiqladi

Toshkentda bloger Miraziz Bozorovga nisbatan jinoyat ishini sudda ko‘rib chiqish boshlandi. Jurnalistlar avvalroq PZR-test ma’lumotnomasi talab etilishi haqida xabar berilmaganligi uchun sud binosiga kira olmadi. Bundan tashqari, sud majlisi ochiq deb e’lon qilinishiga qaramasdan, sud jarayonini suratga olish va OAVda yoritish taqiqlandi.

Farg‘ona viloyati prokuraturasi katta prokurori hibsga olindi
21 yanvar 2022, 13:04

Farg‘ona viloyati prokuraturasi katta prokurori hibsga olindi

Farg‘ona viloyati prokuraturasi bo‘lim katta prokurori fuqaroga tegishli bo‘lgan go‘sht do‘konining orqasida joylashgan 1,5 sotix yer maydonini rasmiylashtirib berish evaziga 1000 dollar pora olgan vaqtida qo‘lga tushgani aytilmoqda. Gumondor protsessual tartibda ushlangan.

Dam olish kunlari yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda
21 yanvar 2022, 12:16

Dam olish kunlari yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonga Kaspiy dengizidan siklon kirib kelishi natijasida dam olish kunlari havo harorati sovuq va bulutli bo‘ladi. Respublika bo‘yicha qor va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Joylarda tuman tushishi mumkin, tog‘li hududlarda esa qor ko‘chishi xavfi bor.

OTMga kirish imtihonlarida chet tili majburiy fanlar blokiga kiritiladi
21 yanvar 2022, 11:27

OTMga kirish imtihonlarida chet tili majburiy fanlar blokiga kiritiladi

2024 yildan OTMlarga kirish imtihonlarida majburiy fanlar majmuasiga chet tili fani ham kiritiladi. 2022−2023 o‘quv yilidan 6 ta OTMlarda chet tillaridan ijodiy imtihonlar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, 1 fevraldan S1 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega rus tili fani o‘qituvchilariga 2 yil davomida 50 foizlik ustama to‘lanadi.

Toshkentda «tez yordam» chaqiruvlari bemorlarning ahvoliga qarab saralanadi
21 yanvar 2022, 11:01

Toshkentda «tez yordam» chaqiruvlari bemorlarning ahvoliga qarab saralanadi

Toshkent tez tibbiy yordam xizmatining call-markazida chaqiruvlarini bemorning ahvoliga qarab saralash tizimi yo‘lga qo‘yildi. Endi «tez yordam» og‘ir ahvoldagi bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatadi, ahvoli yengil bemorlarga esa oilaviy poliklinikalarning mobil brigadalari yuboriladi.

Bog‘chalar yopilmaydi, lekin karantin talablari kuchaytiriladi
21 yanvar 2022, 10:41

Bog‘chalar yopilmaydi, lekin karantin talablari kuchaytiriladi

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida karantin talablari kuchaytiriladi. Koronavirus holatlari aniqlangan bog‘cha guruhlari SanEpidxizmat xulosasiga ko‘ra vaqtinchalik karantinga yopiladi. Davlat MTTlarida bayram tadbirlari o‘tkazilishi vaqtinchalik cheklanadi.

COVID-19: Bir sutkada 1321 kishida kasallik aniqlandi
21 yanvar 2022, 10:30

COVID-19: Bir sutkada 1321 kishida kasallik aniqlandi

Ketma-ket uchinchi kun antirekord qayd etildi — payshanba kuni 1321 kishida koronavirusga topshirilgan test musbat natijani ko‘rsatdi. 3 nafar bemor esa virus asoratlaridan vafot etdi.

IIBB Toshkentda avtomobilga o‘q uzilganiga izoh berdi
21 yanvar 2022, 10:22

IIBB Toshkentda avtomobilga o‘q uzilganiga izoh berdi

Poytaxt IIBB Toshkentda avtomobilga qarata o‘q uzgan shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini ma’lum qildi.

Barcha OTM, kollej va litseylar masofaviy ta’limga o‘tkazildi
20 yanvar 2022, 22:06 1

Barcha OTM, kollej va litseylar masofaviy ta’limga o‘tkazildi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 24 yanvardan barcha oliy davlat, nodavlat, xususiy hamda xorijiy filiallar va professional ta’lim muassasalari, akademik litseylarda masofaviy ta’lim jarayonlari boshlanishini ma’lum qildi. Chiptalar chegirmalar saqlanib qolgan holda boshqa muddatlarga almashtirib beriladi.

20 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
20 yanvar 2022, 22:00

20 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

OTMlarga imtihonsiz qabul qilinadigan «Zakovat» intellektual o‘yini g‘olib va sovrindorlari, vaksina olmagani uchun ishdan chetlatilgan 41 ming xodim, ketma-ket antirekordni urayotgan koronavirus, «Sabriya» serialiga munosabat bildirgan «Sevimli» TV rahbari Amira Rashidova va Firdavs Abduxoliqov, 5 yoshdan oshganlarga emlanish uchun ruhsat berilgani, har bir mahallada joriy etiladigan yoshlar yetakchisi lavozimi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 20 yanvardagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Maktablar onlayn formatda ish boshlaydi
20 yanvar 2022, 21:50

Maktablar onlayn formatda ish boshlaydi

Xalq ta’limi vazirligi va Ta’lim inspeksiyasi koronavirusning omikron shtammi tufayli davlat va xususiy maktablarda o‘qishlar 24 yanvardan boshlab bir oy davomida onlayn formatda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. Darslar Milliy teleradiokompaniyasining telekanallari hamda «Onlayn maktab» telegram kanali orqali berib boriladi.

2021-yilda 2804 nafar mansabdor jinoiy javobgarlikka tortilgan
20 yanvar 2022, 18:42

2021-yilda 2804 nafar mansabdor jinoiy javobgarlikka tortilgan

Bosh prokuratura 2021-yilda 2804 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilganini, ularning jinoyati oqibatida esa davlatga 913,7 mlrd so‘mlik moddiy zarar yetganini ma’lum qildi. Mansabdorlarning 1741 nafari rastrata, 269 nafari firibgarlik, 165 nafari pora olish va berish, 41 nafari mansab soxtakorligi kabi jinoyatni sodir etgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting