O‘zbekistonning uch hokimiyat tarmog‘idagi rahbarlarning o‘rtacha yoshi 53 yoshni tashkil etadi. Eng ko‘p rahbarlar ta’lim olgan OTM Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hisoblanadi. Yuqori lavozimdagi rahbarlar qayerda ta’lim olgan va ularning mutaxassisligi nima? Ular hozirgi lavozimiga qadar qaysi joylarda ishlagan? «Gazeta.uz» qonunchilik, ijro va sud hokimiyati rahbarlari haqidagi asosiy ma’lumotlarni to‘pladi.
20 yildan ortiq vaqt davomida aql janglari maydoni bo‘lib kelayotgan «Zakovat» ko‘plab bilimdonlarni xalqqa tanitdi. «Gazeta.uz» «Zakovat» yulduzlari bilan suhbat uyushtirib, ular klubga qanday kirib kelganligi, asosiy raqib sifatida kimni ko‘rishlari, nega o‘yinni tark etmasliklari va yangi avlodni qanday qilib jalb qilish mumkinligi haqidagi fikrlarini o‘rgandi. Materialning birinchi qismida bilimdonlar Furqat Qurbonov va Bobur Yoqubov bilan suhbatlarni taqdim etamiz.
Qarshi shahrida changli bo‘ron hodisasi kuzatilmoqda. Avvalroq, O‘zgidromet respublikaning ayrim viloyatlari hamda cho‘l hududlarida chang ko‘tarilishi haqida ogohlantirgandi. SSV changli havo kuzatilganda fuqarolar nimalarga e’tibor berishi kerakligi borasida o‘z tavsiyalarini e’lon qildi.
Tursunali Kuziyev Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bungacha u agentlik direktori vazifasini bajaruvchisi edi.
Turkiyaning Istanbul shahrida O‘zbekiston yoshlari forumi bo‘lib o‘tdi. Unda Turkiyaning turli shaharlaridagi universitetlarda tahsil olayotgan 500 nafarga yaqin o‘zbekistonlik talabalar, tadqiqotchilar va faol yoshlar o‘z taklif va loyihalari bilan ishtirok etdi. Forum doirasida O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi rahbari Alisher Sa’dullayev bilan jonli muloqot ham o‘tkazildi. «Gazeta.uz» forumdan reportaj tayyorladi.
So‘nggi yillarda Chordara suv omboridan Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimiga chuchuk suv quyilayotgani yo‘q. Suv sathining pasayishi va tarkibining sho‘rlanishi natijasida qirg‘oqlari ayrim joylarda 15−50 m ga chekinib, 15−20 sm gacha tuz qatlami hosil bo‘ldi, suvning sho‘rlanish darajasi keskin oshdi. Senatorlar va Ekologiya qo‘mitasi rahbari o‘rinbosarlari Orol dengizining kuni boshiga tushishi mumkin bo‘lgan ekotizim muammolari haqida gapirdi.
Respublika ta’lim markazi mutaxassislari yangi milliy o‘quv dasturi uchun darsliklar tayyorlash jarayoni qanday ketayotgani haqida so‘zlab berishdi. Cambridge`ning AKT bo‘yicha darsliklari mahalliylashtirildi, Fransiya va Germaniyaning fransuz va nemis tillari darsliklarini mahalliylashtirish reja qilingan. Milliy mualliflarning yangi darsliklarida tanqidiy va ijodiy fikrlashni rivojlantirishga e’tibor qaratilmoqda, biroq, mualliflar maktabi hali shakllanmagan.
Yangi yil munosabati bilan 5 kun dam oladigan o‘zbekistonliklar, ijtimoiy tarmoqlar haqida fikr bildirgan Jahongir Ortiqxo‘jayev va Ruslanbek Davletov, 4 ta avtomobilga ariza qabul qilishni fevralgacha to‘xtatgan UzAuto Motors, ko‘chalarini suv bosgan Namangan, hokimga savol bermaslik haqida ogohlantirilgan jizzaxlik deputatlar, PayPal tizimi joriy etilishiga umid bildirgan Sherzod Shermatov va boshqa xabarlar — «Gazeta.uz» ning 20 dekabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
O‘zbekistonning eng baland sanalgan bosh Yangi yil archasi «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida o‘rnatildi. Ushbu bog‘ga tashrif buyuruvchilar uchun 20 dekabrdan 10 yanvargacha «Do‘stlik metrosi — Yangi O‘zbekiston bog‘i» yo‘nalishida maxsus bepul avtobuslar ishga tushirildi.
Uzbekistan Airways kompaniyasi talabalarga 28 dekabrdan 10 yanvargacha ichki aviaqatnovlar uchun 50% chegirma taqdim etadi.
Prezident farmoni bilan 2022 yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi. Unga ko‘ra, ish haftasidan qat’iy nazar barcha xodimlar Yangi yil bayrami munosabati bilan 5 kun dam oladi.
«PENOPLEKS» kompaniyasi O‘zbekistonda issiqlik izolyatsiya materiallarini ishlab chiqarish maydonining quvvatini oshirmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda 20 dekabr kuni Namangan ko‘chalari, xususan «Lola» bozori va NamDU oldini suv bosgani aks etgan videolar tarqaldi.
Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning fikricha, O‘zbekistonda TikTok faoliyatini tarmoqda «keraksiz kontentni» ko‘rganlarning o‘zi cheklagan. Adliya vaziri Ruslanbek Davletov esa axborot almashinuvi erkinligi tarafdori ekanligini ma’lum qildi. «Hozirgi asrda axborotni hech qachon cheklab, siz uni ustiga o‘tirib, jilovlay olmaysiz» — dedi u.
AKT vaziri Sherzod Shermatov «Toshkent yoshlar forumi — 2021» doirasida O‘zbekistonda PayPal elektron to‘lov tizimining faoliyat yuritmasligi masalasida berilgan savolga javob berar ekan, bu borada o‘zgarishlar bo‘lishiga umid bildirdi.
Moliya vazirligi «Malika» bozori 125 mlrd so‘mga sotilgani haqida xabarlarni rad etdi. Tarqatilgan ma’lumotlarda sotilgan va sotilishi rejalashtirilgan obyektlar bitta jadvalda ketib qolgani, ammo «Malika» savdo majmuasi hali sotilmagani ma’lum qilindi.
Xalq ta’limi vazirligi maktablarda yangi yil bayramini nishonlashni cheklash to‘g‘risidagi o‘zining avvalgi xabarini rad etib chiqdi. Vazirlikning yangi bayonotiga muvofiq, maktab o‘quvchilarining ota-onalaridan pul yig‘ishning oldini olish maqsadida restoran va kafelarda yangi yil bayramini o‘tkazish tavsiya etilmaydi.
21 dekabr kuni bir qator hududlarda shamol 17−22 m/s gacha, ayrim joylarda esa 25−28 m/c gacha kuchayishi mumkin. 21−22 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Hafta davomida mamlakat bo‘ylab ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Cho‘l hududlarda esa chang bo‘roni kuzatilishi mumkin.
Poytaxtning Mirobod tumanida 4940 yevro miqdoridagi 2470 dona 2 yevrolik tanga bank orqali almashtirilgani, bank xodimlari esa ularni tekshirmasdan qabul qilib olgani aniqlandi. Qashqadaryoda esa 2 bosh qo‘y evaziga berilgan pullarning 20 donasi soxta 100 minglik kupyura ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Jizzaxlik deputatlar viloyat hokimi Ergash Soliyevning murojaatnomasida savol bermasligi, qolaversa, telefon bilan kiritilmasligi haqida ogohlantirilgani aytilmoqda. Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev ushbu tashabbus kengash kotibiyati mudiri tashabbusi ekanligini ma’lum qildi. Jizzax viloyati hokimiyati munosabat bildirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting