Toshkentda harakatdagi avtomobil eshigiga osilib va avtomashina salonidan chiqib operatorlik qilgan fuqarolarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Shavkat Mirziyoyevning qashqadaryolik saylovchilar bilan uchrashuvi, bayram kunlari yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dushanbani ham dam olish kuni deb e’lon qilish taklif etilishi, aholidan ortiqcha hujjat talab qilgan 9 ta vazirlik va idora rahbar xodimlari javobgarlikka tortilishi — “Gazeta.uz"ning 11 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Inson huquqlari bo‘yicha vakil Feruza Eshmatova 9 oy ichida qamoqxonalarga 120 ta monitoring tashriflari amalga oshirilganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, monitoring davomida qamoqxonalarda «qiynoq holatlari deyarli uchramagan». «Shu paytgacha ularning hech qaysisidan „meni bu qiynayapti“, „urdi“ yoki qanaqadir „ruhiy tazyiq, bosim, qiynoqlar o‘tkazayapti“ degan murojaat bo‘lmadi», — deydi ombudsman.
Deputatlar bayram munosabati bilan dam olish ishlanmaydigan kunga to‘g‘ri kelsa, dam olish kunini bayramdan keyingi kunga ko‘chirishni taklif qilishdi. Mehnat kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartishlarga ko‘ra, qonunchilikda belgilangan bayram kunlari agar yakshanba kuniga to‘g‘ri kelsa, unda dushanba kuni dam olish kuniga qo‘shib beriladi.
Sud aprel oyida 400 dollar olayotganda ushlangan Guliston tumani hokimining sobiq o‘rinbosarini firibgarlikka suiqasdda aybdor deb topdi. U 73,5 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi.
O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev qashqadaryoliklar haligacha paxtani qo‘l mehnati bilan terishiga e’tibor qaratdi. Nomzod o‘z dasturida keyingi besh yilda 40% qishloq xo‘jaligi texnikalarini yangilab, mexanizatsiya darajasini 90%ga yetkazish rejalashtirilganini ta’kidladi. Shuningdek, u qishloq xo‘jaligi texnikasi xaridi uchun subsidiyalar ko‘lamini ham ko‘paytirishni taklif qildi.
Yangihayot tumanida joylashgan uylarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in oqibatida uyning taxminan 20−25 kv.m maydonda shift va ichki qismi yonib zararlangan. Yong‘in oqibatida 6 fuqaro qutqarib qolindi, 1 kishi halok bo‘ldi.
Rossiyada ishlash huquqini beruvchi patentni olishda talab etiladigan tibbiy ko‘rik Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan Rossiyaning 40 nafar tibbiyot xodimi Toshkentga keldi.
Hafta davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo asosan quyoshli bo‘ladi. Havo harorati kunduz kunlari +20…+23 daraja iliq atrofida, janubda +25 daraja iliqqacha bo‘ladi.
«Navoiyazot» koxonasi baliqlarning ommaviy zaharlanishiga sabab bo‘lgan sanoat chiqindilarining Zarafshon daryosiga tashlangani yuzasidan munosabat bildirdi. Ta’kidlanishicha, «so‘nggi davrda oqava suvlarning sifati o‘zgarishlarsiz» bo‘lgan. «Tashlanma suvlardan laboratoriya taxlillari olinib keyinchalik Zarafshon daryosiga yuboriladi», — deyiladi xabarda.
Shahar sport bilan shug‘ullanish va do‘stlar bilan vaqtichog‘lik qilish uchun eng yaxshi joy. Aholining faolligi joylarni o‘zgartiradi va ularga hayot bag‘ishlaydi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin toshkentliklar qanday qilib ko‘cha-ko‘yda dam olib, mashg‘ulot o‘tkazayotganini kuzatdi.
Yakkasaroy tumanida Lacetti avtomashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi yoritish chirog‘i ustuniga urilgan. To‘qnashuv oqibatida avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan. Hodisa natijasida haydovchi va bir nafar yo‘lovchi vafot etgan.
“Samarqand” xalqaro aeroporti yangi aerodrom majmuasini ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rish munosabati bilan bir oyga yopildi. Barcha qatnovlar Navoiy, Buxoro, Qarshiga yo‘naltiriladi, bu yerdan yo‘lovchilar uchun Samarqandga yer usti transferi tashkil etiladi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi «Navoiyazot» korxonasi qudug‘idan sanoat chiqindilarining Zarafshon daryosiga tashlanganligini aniqladi. Xavfli moddalarning ruxsat etilgan konsentratsiyasi bir necha bor oshib ketishi baliqlarning ommaviy zaharlanishiga olib keldi.
Qaymoqli, sabzavotli, tovuqli va kartoshkali, izmircha yoki an’anaviy — Zira.uz mazali va sersuv kotletlar retseptlarini taqdim etadi.
Shavkat Mirziyoyevning surxondaryolik saylovchilar bilan uchrashuvi, 12 oktabrdan Toshkentda isitish mavsumi boshlanishi, Abdulaziz Kamilovning “Yangi O‘zbekiston” gazetasiga bergan intervyusi — “Gazeta.uz"ning 8 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Alisher Usmonovning USM xoldingi bosh direktori Ivan Streshinskiy «Kommersant» nashriga bergan intervyusida «MegaFon»ning O‘zbekiston bozoriga kirish sabablari haqida so‘zlab berdi. «U o‘sha yerda tug‘ildi va yordam berishni xohlaydi», — dedi u.
Gulnora Karimovaning advokati sentabr oyi o‘rtalarida mijozi bilan uchrashuvda uning qo‘lida ko‘karishlarni ko‘rganini xabar qilgan edi. Ombudsman Feruza Eshmatova koloniyada ko‘rishganida birinchi prezidentning qizi bilan hammasi yaxshi bo‘lganini va qaytadan monitoring o‘tkazilishini aytdi. U shuningdek, qamoqxonalarda qisqa muddatli uchrashuvlar qayta tiklanganini ham ma’lum qildi.
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahridagi uylarning birida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida bir kishi jarohat olib, shifoxonaga yuborildi. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 9 oy ichida 77 mlrd 877 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan. Bu 40 mingta xonadonning qariyib 1 yillik iste’moli degani. Vazirlik 4 kun o‘tkazilgan reydning o‘zida 67 ta holatda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilganini aniqlagan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting