Germaniya O‘zbekistonga koronavirusga PSR tekshiruvini o‘tkazish uchun mobil laboratoriya yetkazib berdi. Laboratoriya quvvati bir kunda 1500 ta tahlil o‘tkazishga mo‘ljallangan. Ushbu laboratoriyada koronavirusga bepul test topshirish mumkin.
Rustam Azimovning OAVda chiqish qilishi, O‘zbekiston Huquq ustuvorligi indeksida 14 pog‘onaga ko‘tarilishi, Safia asoschisining prezidentga murojaat qilishi — “Gazeta.uz"ning 15 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Hukumat qaroriga muvofiq haydovchining YPX inspektoriga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlari yonida bo‘lmasa ular maxsus planshet qurilmasi yordamida identifikatsiya ID-kartasi orqali tekshiriladi. Shuningdek, 2022 yil 1 fevralgacha sug‘urta shartnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar yagona axborot tizimiga to‘liq kiritiladi.
World Justice Project tashkiloti 2021 yilgi Huquq ustuvorligi indeksi natijalarini e’lon qildi. Tadqiqotlar COVID-19 pandemiyasi sabab 74,2 foiz mamlakatda huquq ustuvorligi ko‘rsatkichlari pasayganini ko‘rsatmoqda. O‘zbekistonga berilgan baholar esa 4,1 foizga oshdi, natijada 139 ta davlat orasida 85 o‘rinni egalladi.
2022 yildan Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tarkibidan chiqariladi va mustaqil faoliyat yuritadi. Bemorlarga Toshkentga temir yo‘l va aviatransport kelish harajatlari qoplab beriladi. Buning uchun ularga imtiyozli yo‘llanma yoki vaucherlar beriladi.
Yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistondagi bog‘chalarda 6,6 mlrd so‘mlik kamomad va noqonuniy o‘zlashtirish holatlari aniqlangan. Shundan 2,4 mlrd so‘m mablag‘ tashkilotlarda aslida ishlamaydigan xodimlar nomiga yozilgan ish haqi bo‘lib chiqqan.
Dam olish kunlari respublika bo‘yicha kuchsiz shamollar bilan bulutsiz ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati kunduzi +22…+25 daraja atrofida bo‘ladi.
Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritishga oid qonun prezident tomonidan imzolandi. Unga muvofiq, endi tadbirkorlar aylanmadan olinadigan soliqni bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkin. Qolaversa, OTMlar qatorida kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlarda ta’lim olish uchun yo‘naltirilgan daromadlar soliqqa tortilmaydi.
Chernogoriya hukumati investitsiya kiritganligi uchun mamlakat fuqaroligini bergan xorijliklar orasida Samarqandda tug‘ilgan ayol ham borligi ma’lum bo‘ldi. «Oltin pasportlar» 250 mingdan 450 ming yevrogacha Chernogoriyadagi loyihaga sarmoya kiritgan va hukumat jamg‘armasiga 100 ming yevro to‘lagan investorlarga beriladi.
Buxoro viloyati Kogon tumani hududidan o‘tuvchi yo‘lda “Gaz-24” avtomashinasiga o‘rnatilgan gaz balloni yorilishi natijasida ikki nafar yo‘lovchi vafot etdi.
O‘zbekistonda diniy va siyosiy sabablarga ko‘ra sudlangan 2000 nafardan ziyod mahbus bor. AQShning Diniy erkinliklar bo‘yicha xalqaro komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu sobiq ittifoq respublikalaridagi barcha diniy mahbuslar yig‘indisidan ko‘ra ko‘proq va dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biridir. Komissiya O‘zbekiston yutuqlarini qayd etdi, lekin ushbu soha jiddiy islohotga muhtoj deb hisoblaydi.
Yangihayot tumani sudida uch kunlik chaqalog‘ini sotishga uringan ayolga 5 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.
Alisher Qodirovning migrantlardan ham soliq undirish haqida taklifi, Tashkent City bog‘iga kirish bepul bo‘lishi, Abdulaziz Kamilovning O‘zbekistonda AQSh harbiy bazalarini joylashtirish muhokama qilinmayotganini ma’lum qilishi — “Gazeta.uz"ning 14 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
O‘zbekistonning 10 minga yaqin maktablarida o‘tkazilgan ikki kunlik reydlarda 2832 nafar o‘quvchi darslarni sababsiz qoldirgani ma’lum bo‘ldi. XTV xabariga ko‘ra, ularning 507 nafari internet klublarda vaqt o‘tkazayotgani, 338 nafari esa bozorda savdo-sotiq, aravakashlik bilan shug‘ullanayotgani aniqlangan.
Rossiyada qolib ketgan fuqarolarni qaytarish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan “Voljskiy-Toshkent” yo‘nalishida 4 ta maxsus reys yo‘lga qo‘yiladi. Poyezdlar 22, 25, 29 oktabr hamda 1 noyabr kunlari “Voljskiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatini amalga oshiradi.
«Milliy tiklanish» partiyasidan prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov saylovchilar bilan muloqotda migrantlardan ham soliq undirish taklifini bildirdi. «Gazeta.uz» Twitter va Telegram foydalanuvchilarining hamda migrantlarning ushbu holat yuzasidan bildirgan ayrim fikr-mulohazalarini taqdim etadi.
Samarqand viloyatidagi qishloqlardan birida hayvonlar orasida Sibir yarasi (kuydirgi) kasalligi tarqalgani haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmadi. Davlat veterinariya qo‘mitasi laboratoriya tekshiruvlari natijalariga tayanib bu haqda ma’lum qildi.
Buxoroda xodimni ishga saqlab qolish uchun 300 ming so‘m talab qilgan maktabgacha ta’lim tashkilotining mudirasi qo‘lga olindi.
Quvasoy shahrida er-xotin 32,5 mln so‘m qarzdorlikni undirishga kelgan MIB xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, chaqalog‘ining ustiga benzin sepib, yoqib yuborish bilan qo‘rqitdi. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish va haqorat qilish moddalari bilan ish ochildi.
Qizil kitobga kiritilgan lochinlarni 280 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs va xaridor qo‘lga tushdi. Davlat bojxona qo‘mitasining ma’lum qilishicha, «qushlarning 6 nafari Qizil kitobga Itolg‘i nomi bilan kiritilgan bo‘lib, ular tobora yo‘qolib borayotgan tur hisobanadi». Lochinlar vaqtincha Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting