8 sentyabrda O‘zbekiston shimoliga antitsiklon kirib kelib, Volga bo‘yi hududlaridan salqin havoni olib keladi. 9−10 sentyabrda salqin havo massasi O‘zbekistonning barcha hududlarini qamrab oladi. Havo harorati +23…+28 darajagacha pasayishi kutilmoqda.
Boyovut tumani hokimligi tuman hokimining o‘rinbosari Saodat Mirzayeva 51 yoshida vafot etdi. U mazkur lavozimda 2020 yil 26 iyundan beri ishlab kelayotgan edi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 sentyabr kuni O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi qurultoyida ishtirok etadi. Shuningdek, davlat rahbari Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlari bilan uchrashishi ham mo‘ljallanmoqda.
Hukumat qarori bilan poytaxtdagi istirohat bog‘lariga tunu kun faoliyat yuritishiga ruxsat berildi. 2023 yilgacha poytaxtning ko‘kalamzorlashtirilishi darajasini 30 foizga yetkazish belgilanmoqda. 2022 yildan sinov tariqasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish vazifalari autsorsing asosida tadbirkorlarga beriladi.
O‘zbekistondagi lagerda bo‘lib turgan afg‘on uchuvchilari va boshqalar vatanga qaytishdan xavfsiramoqda, deb yozmoqda Reuters. «Bizni qaytarishsa, 100 foiz aminmanki, bizni o‘ldirishadi», — deya ma’lum qildi uchuvchilardan biri. Reuters lager tasvirlarini ham e’lon qilib, afg‘onlar O‘zbekistonga uchib kelgan samolyot va vertolyotlar modellari haqida xabar berdi.
1-kursga qabul qilingan talabalar uchun 6 sentyabrdan dastlabki tanishtiruv haftaligi, 13 sentyabrdan e’tiboran o‘quv rejaga muvofiq dars mashg‘ulotlari boshlanadi.
Xalqaro armiya o‘yinlarida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi 4 ta oltin, 9 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida Xitoyni ortda qoldirib, 2-o‘rinni egalladi. Musoboqalar davomida O‘zbekiston harbiylari 10 ta rekord natijani qayd etdilar.
Islom Karimov nomidagi «Toshkent» xalqaro aeroportida xalqaro yo‘nalishlar yo‘lovchilari uchun qo‘shimcha maydonga ega bo‘lgan yangi uchib ketish zali ochildi. Mazkur zalda zamonaviy uskunalar, «yashil» va «qizil» yo‘laklar o‘rnatilgan. Shuningdek, 6 ta pasport va chegara nazorati punkti, ochiq Wi-Fi tarmog‘i, Duty Free do‘konlari, kafe, ona va bola xonasi mavjud.
“Agrobank” Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi tomonidan eng ko‘p kichik va o‘rta biznes loyihalarini moliyalashtirgan banki sifatida e’tirof etildi.
O‘zbekiston maktablarida yangi o‘quv yili to‘liq an’anaviy shaklda boshlanadi. Vaqtincha yopilgan maktablar uchun teledarslar yo‘lga qo‘yiladi. O‘quvchining o‘zi yoki oila a’zolari koronavirusga chalingan bo‘lsa yoki maktab o‘qituvchilari orasida infeksiya aniqlangan bo‘lsagina, masofaviy (onlayn) tarzda o‘quv jarayonlari olib boriladi.
O‘zbekiston maktablarida qizlarga istisno tariqasida oq va ochiq ranglardagi milliy ro‘molda va do‘ppida bo‘lishga ruxsat berildi. XTV rahbari bu ko‘pchilik ota-onalarning murojaatlari asosida qabul qilinganini va asosiy maqsad — barcha bolalarga ta’lim berish ekanligini ta’kidladi. «Biz dunyoviy bilimlarni barchaga berishimiz shart. Shu narsaga sharoit yaratib berishimiz kerak», — dedi u.
Kecha kun davomida respublikada 648 kishida koronavirus qayd etildi. 7 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, payshanba kuni 71 kishida pnevmoniya aniqlanib, 4 nafar bemor vafot etdi.
JIDU prorektori Gulnoza Ismoilova European International Womenʻs Leadership Awards sovrindori bo‘ldi. Mazkur mukofot bilan O‘zbekiston vakili ilk bora taqdirlandi.
Sendvich, lavash xamirida pishiriqlar, grenka va qatlamachalar — Zira.uz bolalar uchun maktabga mazali va to‘yimli yegulik retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Davlat test markazi OTMga kirish imtihonlari natijalarini (mandatni) e’lon qildi. Qayd etilishicha, javobni hududlar kesimida belgilangan vaqtda tekshirib ko‘rish talab etiladi. Onlayn tarzda 5 xil usulda test natijalarini bilish mumkin.
Pop tumanida Nexia yo‘lni kesib o‘tayotgan ayolni urib yubordi. Piyoda olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Xalqaro munosabatlar yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalarida amaliyot o‘taydi. Hukumat qarori bilan amaliyot muddati, saralab olish bosqichlari va tartibi belgilab berildi.
O‘zbekistonda bo‘lish muddati tugagan chet elliklar 10 sentyabrgacha muddatni uzaytirishi yoki mamlakatni tark etishi lozim. Hukumat o‘tgan yilning sentyabrida joriy etilgan vaqtinchalik tartibni bekor qildi.
Prezidentlikka nomzod Maqsuda Vorisova OTMga kirish imtihonlari natijalarini (mandat) e’lon qilish kechikayotganligi uchun Davlat test markazini tanqid qildi. U DTM faoliyatini butunlay qaytadan ko‘rib chiqish kerakligini ta’kidladi. Markaz ketma-ket uchinchi yil mandat e’lon qilish muddatini buzmoqda.
Germaniya O‘zbekistonga 20,6 mln yevrolik koronavirusga qarshi yuqori samarali dori vositasini yubordi. U COVID-19`ga qarshilikni ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan sun’iy «antitanachalar kokteyli» hisoblanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting