Jamiyat

20% arzonroq: Uzbekistan Airways yangi aviatashuvlar modeli Uzbekistan Express`ni yo‘lga qo‘ymoqda
27 avgust 2021, 17:13

20% arzonroq: Uzbekistan Airways yangi aviatashuvlar modeli Uzbekistan Express`ni yo‘lga qo‘ymoqda

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Uzbekistan Express gibrid modelga asoslangan avitashuvlarga o‘tmoqda. Ushbu modeldagi aviaqatnovlar Airbus A320 samolyotlarida «to‘liq ekonom» sharoitida bo‘ladi. Tariflar 20%ga arzonlashadi. Ushbu model asosidagi aviaqatnovlar Rossiya va Qozog‘iston shaharlariga uchadi.

Mahkumlarning qisqa muddatli uchrashuvlariga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilindi
27 avgust 2021, 15:45

Mahkumlarning qisqa muddatli uchrashuvlariga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilindi

Mahkumlar va tergov hibsxonalarida saqlanayotganlarning qarindoshlari bilan qisqa muddatli uchrashuvlariga koronavirus tarqalishi sababli cheklovlar qo‘yilgan edi. Epidemik holat barqarorlashayotganini inobatga olib, qo‘yilgan vaqtinchalik taqiqlar bekor qilindi.

Ekologiya sohasida javobgarlikni kuchaytirish nuqtai nazaridan qonunlar qayta ko‘rib chiqiladi — Tanzila Narbayeva
27 avgust 2021, 15:19

Ekologiya sohasida javobgarlikni kuchaytirish nuqtai nazaridan qonunlar qayta ko‘rib chiqiladi — Tanzila Narbayeva

Tanzila Narbayeva ekologiya sohasida amaldagi qonunlar javobgarlikni kuchaytirish nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqilishini ta’kidladi. Senat raisi ushbu sohada barcha mas’uliyatni kuchaytirib, natijaga ishlashi kerakligini ta’kidladi.

DXX xodimlari kuni 26 sentyabrda nishonlanadi
27 avgust 2021, 14:41

DXX xodimlari kuni 26 sentyabrda nishonlanadi

Senat Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kunini 26 sentyabrga belgilash to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Oldinroq DXX kasbiy bayrami 5 aprel kuni nishonlanar edi.

Dam olish kunlari havo issiq bo‘ladi
27 avgust 2021, 14:25

Dam olish kunlari havo issiq bo‘ladi

Dam olish kunlari havo issiq va kam bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzi havo harorati +37 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Mustaqillik bayrami ochiq maydonlarda o‘tkaziladi
27 avgust 2021, 10:58

Mustaqillik bayrami ochiq maydonlarda o‘tkaziladi

O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami ochiq maydonlarda o‘tkaziladi. Bayramni tashkil etishga qo‘yilgan talablar ma’lum qilindi.

Marhum Botir Zokirov orden bilan taqdirlandi
27 avgust 2021, 00:15

Marhum Botir Zokirov orden bilan taqdirlandi

Prezident farmoni bilan taniqli xonanda va aktyor Botir Zokirov vafotidan so‘ng «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlandi.

Toshkent metro bekatlarida barcha aloqa kompaniyalaridan foydalanish mumkin bo‘ladi
26 avgust 2021, 18:42

Toshkent metro bekatlarida barcha aloqa kompaniyalaridan foydalanish mumkin bo‘ladi

Toshkent metropolitenida barcha aloqa kompaniyalaridan foydalanishni joriy qilish va bepul Wi-Fi yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.

KFC noqonuniy yetkazib berish xizmatlari bilan kurashmoqda
26 avgust 2021, 17:00

KFC noqonuniy yetkazib berish xizmatlari bilan kurashmoqda

KFC taomlarini faqatgina Toshkent shahridagi rasmiy yetkazib berish xizmatlari orqali buyurtma berish lozimligi haqida ogohlantirdi.

YTH to‘g‘risida xabarnoma rasmiylashtirgan haydovchilar ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi
26 avgust 2021, 15:11

YTH to‘g‘risida xabarnoma rasmiylashtirgan haydovchilar ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi

Qonun hujjatlariga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, haydovchilar yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risida xabarnoma rasmiylashtirgan taqdirda ular ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasiga ham o‘zgartish kiritildi.

Hayvonlarni qiynaganlar 12,2 mln so‘m jarimaga tortilishi yoki 6 oygacha muddatga qamalishi belgilandi
26 avgust 2021, 13:24

Hayvonlarni qiynaganlar 12,2 mln so‘m jarimaga tortilishi yoki 6 oygacha muddatga qamalishi belgilandi

Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlarga 12,2 mln so‘m jarimadan 6 oygacha ozodlikdan mahrum qilishgacha jazo choralari qo‘llanilishi mumkin. Prezident Jinoyat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni ko‘zda tutgan qonunni imzoladi.

«Men zamministrning ikkinchi xotiniman». Toshkentda qoidabuzar ayol va uning ukasi YPX xodimlariga qarshilik ko‘rsatdi
26 avgust 2021, 11:39

«Men zamministrning ikkinchi xotiniman». Toshkentda qoidabuzar ayol va uning ukasi YPX xodimlariga qarshilik ko‘rsatdi

Toshkentdagi tungi reyd davomida qoidabuzar ayol va uning ukasi YPX xodimlariga bo‘ysunmasdan, ularga faol qarshilik ko‘rsatgan va ko‘pollik qilgan. Ayol o‘zini vazir o‘rinbosarining ikkinchi xotini ekanligini aytib, hujjatlarini taqdim etmagan. Uning ukasidan hujjatlar talab qilinganida, u «Toshkent fuqarosiman» deya, hujjatlari yo‘qligini aytadi. Ushbu fuqarolarga tegishli chora ko‘rilib, avtoulov vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Toshkent metrosida yangi jadval joriy etilmoqda (yangilandi)
26 avgust 2021, 11:23

Toshkent metrosida yangi jadval joriy etilmoqda (yangilandi)

Poytaxt metrosining barcha liniyalari 30 avgustdan boshlab soat 05:00 dan 00:00 gacha ishlaydi. Shuningdek, metro yo‘nalishlarida kunning ayrim vaqtlarida poyezdlar qatnovi bo‘yicha yangi jadval joriy etiladi.

Surxondaryoda qariyb 100 kg giyohvandlik vositalari kontrabandasi aniqlandi
26 avgust 2021, 10:57

Surxondaryoda qariyb 100 kg giyohvandlik vositalari kontrabandasi aniqlandi

Bojxona qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatidagi chegara posti orqali 96,9 kg giyohvandlik vositalarini kontrabanda qilishga urinish holati aniqlandi. Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Fermerlarni qanday muammolar qiynamoqda — Adliya vazirligi monitoringi
26 avgust 2021, 09:10

Fermerlarni qanday muammolar qiynamoqda — Adliya vazirligi monitoringi

Fermer va sotib oluvchi tashkilotlar, klasterlar va yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi shartnomalarda yo‘l qo‘yilayotgan xatolar, fermer xo‘jaliklarining 180 mlrd so‘mdan ko‘proq qarzga botgani va boshqalar — Adliya vazirligi «Fermerga madad» aksiyasi doirasida fermerlar manfaatlariga eng ko‘p zarar yetkazayotgan holatlarni o‘rganmoqda. Vazirlik ushbu sohadagi muammolarni bartaraf etish uchun bir qancha choralarni taklif qilmoqda.

25 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
25 avgust 2021, 20:49

25 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Yangi qabul qilingan qonun va qarorlar, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi yangi elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilishi, reabilitatsiya qilinmay qolib ketgan qatag‘on qurbonlari oqlanishi — “Gazeta.uz"ning 25 avgustdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Turkiyalik professor Toshkent arxitektura institutiga rektor bo‘ldi
25 avgust 2021, 18:43

Turkiyalik professor Toshkent arxitektura institutiga rektor bo‘ldi

Hukumat qarori bilan Erjan Kaxya Toshkent arxitektura-qurilish institutiga rektor etib tayinlandi.

Uy-joylarni sotib olish uchun boshlang‘ich badal kvartira qiymatining kamida 15 foizi etib belgilandi
25 avgust 2021, 17:55

Uy-joylarni sotib olish uchun boshlang‘ich badal kvartira qiymatining kamida 15 foizi etib belgilandi

Hukumat qaroriga muvofiq, uy-joy olish yoki yakka tartibdagi uy-joylar uchun subsidiyalarni to‘lash muddati 2021 yil 1 dekabrgacha uzaytirildi. Uy-joylarni sotib olish uchun boshlang‘ich badal kvartira qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdor etib belgilandi.

Barcha OTMlarda yangi o‘quv yili an’anaviy (offlayn) shaklda boshlanadi
25 avgust 2021, 16:43

Barcha OTMlarda yangi o‘quv yili an’anaviy (offlayn) shaklda boshlanadi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi OTMlarda yangi o‘quv yili bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari uchun an’anaviy shaklda boshlanishini ma’lum qildi.

Toshkentda yashil hududlar ulushi 26,4 foizni tashkil etmoqda — Jahongir Ortiqxo‘jayev
25 avgust 2021, 15:19

Toshkentda yashil hududlar ulushi 26,4 foizni tashkil etmoqda — Jahongir Ortiqxo‘jayev

Toshkentda yashil hududlar ulushi 26,4 foizni tashkil etib, poytaxtda yashovchi har bir odamga 36 kv. metrdan yashil maydon to‘g‘ri kelmoqda, deya ma’lum qildi Jahongir Ortiqxo‘jayev (2018 yilda 60 kv. m ekani aytilgan edi). Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkichni London darajasiga olib chiqish uchun qariyb 1,5 mln tup «sifatli daraxtlar» ekilishi kerak.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting