Deputat Rasul Kusherbayev Ombudsmanning 2019 yilgi hisobotida 139 nafar mahbusdan qiynoqlar bilan bog‘liq shikoyat kelganini, lekin ular tasdiqlanmaganini qayd etdi. Bunga «Qamoqxonalardagi tibbiy xizmat IIVga bo‘ysunishi» sabab bo‘layotgani ta’kidlandi. U qamoqxonalardagi tibbiy xizmatni Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufiga o‘tkazish bo‘yicha ombudsmanning o‘tgan yilgi taklifi ochiq qolganini ta’kidladi.
«Qoraqalpoqagrokimyohimoya»ning Beruniy tumani filiali mansabdorlari 872,4 mln so‘mlik mineral o‘g‘itlarni talon-toroj qilgani aniqlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar boshqarmalari odamlar bilan bog‘lanib, muloqot qila oladigan dasturiy ta’minot yaratish kerakligini ta’kidladi. «Hozir hamma telefonda, ijtimoiy tarmoqlarda. Odamlarni ichki ishlar bo‘limiga chaqiradigan yoki qog‘ozdagi murojaatini kutib o‘tiradigan zamon o‘tib bo‘ldi», — dedi prezident.
“So‘x voqealari” bo‘yicha navbatdagi sud majlisida besh nafar jabrlanuvchi va bir nafar guvohning ko‘rsatuvi tinglandi. “Sudlanuvchilarning hammasini taniyman. Lekin voqea joyida ularning hech birini ko‘rmaganman”, — dedi guvoh. Jabrlanuvchilarning ikki nafari esa ayblanuvchilarni voqea joyida bo‘lmaganini, ulardan shikoyati yo‘qligini aytdi.
O‘zbekiston bo‘ylab dam olish kunlari iliq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati bahoriy ko‘rsatkichlarga qadar ko‘tariladi.
Samarqand viloyatida 5 nafar fuqaro uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotini iste’mol qilib zaharlandi. Ulardan 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro vafot etdi. Qolgan shaxslar jonlantirish bo‘limida davolanmoqda.
Kam foizli avtokredit taqdim etuvchi korxona rahbari 100 dan ortiq fuqaroning 713 mln so‘mini o‘zlashtirgani aniqlandi. Unga nisbatan firibgarlik bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Samarqandda maktab qozonxonasida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisada o‘t yoquvchi halok bo‘lgan. Obodonlashtirish boshqarmasi xodimi esa quvurda ishlayotganda ustiga chiqindi va suv kelib qolishi oqibatida suv ostida qolib vafot etgan. Har ikki holatda ham marhumlarning yaqinlariga bir martalik nafaqa va oylik tovon pullari to‘lab berilmagan. Viloyatda mehnat xavfsizligi borasida qator qoidabuzarliklar aniqlangan.
Abduqodir Toshqulov OTMlar talabalar turar joylarida qizlar va o‘g‘il bolalarning bir qavatda joylashtirilganligini tanqid qildi. U bino bitta bo‘lgan taqdirda, ikkita kirish va chiqish joyi qilish mumkinligini ta’kidladi.
O‘zbekistonlik paralamiyachilar yengil atlektika bo‘yicha Dubaydagi musobaqaning ikkinchi kunida yana ikkita oltin medalni qo‘lga kiritdi. Endi jamoada sakkizta medal bor.
Navoiy viloyatida «Cobalt» qarama qarshi yo‘lga chiqib ketib ketib, «Tico» bilan to‘qnashuv sodir etdi. YTH oqibatida mashinalar yongan va «Tico» dagi ikki nafar fuqaro vafot etgan.
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori etib Akbar Rizayev tayinlandi. U bunga qadar AOKAda bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
O‘zbekiston dunyodagi eng kuchli armiyalarning Global Firepower 2021 reytingida 136 ta davlat orasida 51-o‘rinni egalladi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Qo‘qon davlat pedagogika institutidagi muammolarga to‘xtalib, institutning «chastnыy lavochka»dan farqi yo‘qligini aytdi. Hisobida 100 mlrd so‘m bo‘lishiga qaramasdan, eshik-romlar «kolxoz» idorasinikidan battar ekani, talabalar parta-stullarda o‘tirib bo‘lmasligidan shikoyat qilayotganini aytdi. Rektor xayfsan oldi, bir prorektor ishdan bo‘shatildi. Qolgan prorektorlarga esa bir oy muddat berildi.
2022 yil 1 yanvardan boshlab uyali aloqa xizmatlariga solinadigan aksiz solig‘i stavkasi 10% etib belgilanadi. 2023 yil 1 yanvardan boshlab esa mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz solig‘i bekor qilinadi.
Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig‘i Saidjamol Sultonov Bektemir tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Respublika maxsus komissiyasi yig‘ilishida O‘zbekistonda «Sputnik V» vaksinasini birlamchi bosqichda sertifikatlashtirish hamda ro‘yxatdan o‘tkazish ma’qulladi.
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi 65 yoshdan oshgan qariyalar, surunkali kasalliklari bor shaxslar, maktab o‘quvchilari, tibbiyot va huquqni muhofaza qilish organi xodimlari birinchi navbatda emlanishi ma’lum qilindi.
Maxsus komissiya tomonidan O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi aviaqatnovlarga joriy etilgan cheklovlar bekor qilindi.
Samarqandning asosiy sayyohlik hududlarida 2022 yilda SHHT sammitiga tayyorgarlik ko‘rish uchun 300 mingga yaqin manzarali daraxt va butalarni ekish rejalashtirilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting