Toshkent shahrida 3 nafar fuqaro tadbirkorni aldov yo‘li bilan uyiga olib kelib, do‘pposlab, ma’lum bir vaqt ushlab turishgan. Tadbirkorni qo‘yib yuborish uchun uning yaqinlaridan 29 ming dollar pul olishiga qaramay, yana pul talab kilingan. Rad javobini olgan jinoyatchi tadbirkorni o‘ldirib, murdasini bo‘laklab ko‘mgan. Tadbirkorning qotili 25 yilga, uning jinoiy sheriklari esa 15 va 13 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Xitoy vaksinasining O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan klinik sinovlarining dastlabki natijalariga ko‘ra, emlanganlar orasida 1-darajali nojo‘ya ta’sirlar 0,3% ni tashkil qildi. Vaksinadan favqulodda foydalanish uchun ruxsat berilsa, vaksina yaratilishida hamkor tomon sifatida O‘zbekistonga vaksina imtiyozli narxlarda yetkazib beriladi.
Bosh prokuratura va DXX Namanganda fuqarolarni Rossiyaga soxta hujjatlar bilan jo‘natishga uringan shaxslarni qo‘lga oldi. Ular karantin davrida Federatsiyaga kirish taqiqlanganidan foydalanib, ikki kishini davolanish uchun hujjatlarni soxtalashtirib, yubormoqchi bo‘lgan.
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov O‘zbekistonda yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari va namoyishlarni tashkil etish SSSR Oliy Kengashi Prezidiumi farmoni bilan tartibga solinishi haqidagi ma’lumotlarni rad etdi. Shunga qaramasdan u bu borada qonunbuzarlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik mavjud bo‘lsa-da, mitinglarni tashkil etish tartibi belgilanmaganini tan oldi.
Ekologiya davlat qo‘mitasi ishdan bo‘shagan sobiq matbuot kotibi Bunyod Abdullayev bo‘yicha rasmiy munosabat bildirib, uning «vajlari haqiqatga mos kelmasligini» aytmoqda. Qo‘mita Abdullayevga bosim o‘tkazilgani hujjatli asosga ega emasligini ta’kidlagan. Bayonotda sobiq matbuot kotibining yig‘ilishdan chiqib ketganligi «qonun buzilishi» deb hisoblanishi qayd etilgan.
Sanitariya-epidemiologiya xizmati O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash jarayoni mart oyining birinchi yarmida boshlanishini ma’lum qildi. Birinchi bo‘lib xavf guruhiga kiruvchi aholi emlanadi. Sanitariya xizmati vaksina ishlab chiqaruvchi 12 ta korxona bilan muzokara olib borayotganligini ham aytgan.
Poytaxtda haydovchilik guvoxnomasiga ega bo‘lmagan fuqaro mashinada boshqaruvni yo‘qotib, 2 ta «Cobalt» ga urilgan. To‘qnashuv natijasida bir nafar piyoda jarohat oldi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining sessiyasida Gulnara Bazarbayeva Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining raisi etib saylandi.
O‘zbekistonda kuzatilayotgan anomal ob-havo ish haftasi ohirigacha davom etadi. O‘rtacha havo harorati meteorologik kuzatuv davri uchun shu kunlarning mutlaq qiymatlaridan ko‘p bo‘ladi. Ish haftasining oxiriga kelib, ob-havo sharoiti keskin o‘zgaradi.
Imom Buxoriy majmuasini rekonstruksiya qilish bo‘yicha yangi loyihasiga ko‘ra, maqbara yaqinida 8 ming o‘rinli masjid bunyod etilishi rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga, majmua atrofida to‘rtta ulkan minora, ichki hamda tashqi ayvonlar barpo etiladi.
Prezident topshirig‘iga ko‘ra, yangi qurilayotgan uy-joy komplekslari orasida har 1000 ta kvartirali kompleks uchun 1500 o‘rinli davlat maktabi quriladi.
«Snos» lar bo‘yicha eng ko‘p noqonuniy qarorlar, jumladan, yer yegasining roziligi olinmasligi holatlari Andijon viloyatida qabul qilingan. Shuningdek, mahalliy hokimlikning hisobidagi jamg‘armada qoldiq mablag‘lar mavjud bo‘lsa-da, Toshkent shahrida 76,4 mlrd so‘m qarzdorlik qoplanmagan.
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ko‘p qavatli uylarning hovlisida binolar qurish bo‘yicha barcha qarorlarni bekor qilishni va buzilgan bolalar maydonchalarini tiklashni buyurdi. Quruvchilarga boshqa hududlar taklif etilishi ko‘zda tutilmoqda.
Qonunchilik palatasining ikki partiyasi tomonidan Jinoyat kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda «Axborotlashtirish to‘g‘risida"gi qonunga Ommaviy tartibsizlikka da’vat qilganlik uchun javobgarlik belgilashga oid normalar kiritish birinchi o‘qishda qabul qilindi.
«Bu balogirlarning burnini suqmagan joyi, tashkiloti, ishi yo‘q. Yuvilmagan qoshiqqa o‘xshab, yo‘q yerdan keladiyu shovqin-suron qilib tashlashadi. Haligi, «Suyunchi»dagi Anzirat xola bor-ku, o‘sha xola hayotda ham bo‘lganida, balogirlarning oldida ip esholmay qolgan bo‘lardi» — Tegmanozik (hajviyadan).
2020 yilda davlat va jamoat ehtiyojlari uchun buzilgan mulklar bo‘yicha yetkazilgan zararlarning 202 mlrd so‘mi yoki 45 foizi mulk egalariga qoplab berilgan.
Buxoro shahar hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgan O‘tkir Jumayev Buxoro shahri hokimi etib tasdiqlandi.
Namangan shahrida avtobus haydovchisi bekat oldida yo‘lovchilarni olib, avtobusni eshigini yopmay, harakatni davom ettirgan. Eshiklarni yopgan vaqtida, orqa eshikda turgan yo‘lovchi, eshikka qisilib qolib, yerga yiqilgan va voqea joyida vafot etgan.
Zira.uz porsiyalarga bo‘lingan noodatiy va juda mazali desertlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
12-fevral kuni epitsentri Tojikistonda joylashgan zilzila O‘zbekistonning bir qator hududlarida ham sezildi. Jumladan, epitsentrdan 499 km uzoqlikdagi Toshkentda 2−3 ballik silkinish qayd etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting