Umedjon Barnoyev Buxoro tumani hokimiga birinchi o‘rinbosar etib tayinlandi. U koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgan bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyevning ukasi.
Qashqadaryo viloyatida pandemiya davrida vafot etgan 27 nafar tibbiyot xodimi shaxsi ma’lum qilindi. Hokimiyat olamdan o‘tgan tibbiyot xodimlari oila a’zolariga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatmoqda. 2020 yilda vafot etgan shifokorlar xotirasiga bag‘ishlangan «Fidokorlar» telegram kanalidagi ro‘yxatda 485 nafardan ortiq shaxs nomlari ko‘rsatilgan.
Qoraqalpog‘istonning Nukus shahriga hokim vazifasini bajaruvchi lavozimiga Utemurat Panayev, Qorao‘zak tumani hokimi etib Uzaqbergen Utambetov va Chimboy tumani hokimi lavozimiga Aybek Tajetdinov tayinlandi.
Bosh prokuror Dang‘ara tumani davlat soliq inspektori 22 ta soxta firma ochib, 268 mlrd so‘mni naqdlashtirganini qayd etdi. Ma’lum bo‘lishicha, 31 nafar soliq xodimi mansab vakolatlarini suiiste’mol qilgan va jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Bosh prokuror «Ark Buloq» bojxona postining sobiq rahbari hibsga olinganini e’lon qildi. Ma’lum qilinishicha, mansabdorning uyida tintuv o‘tkazilganda, 311 ming dollar naqd pul topilgan. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlardan foydalanib, u «Tashkent City» da ikkita uy va noturar joy, Captiva sotib olib, uy qurgan.
Xalq banki va Mikrokreditbank boshqaruvining sobiq raisi bir qator korrupsiya jinoyatlarida, shu jumladan AQSHda yashirinayotgan shaxs bilan til biriktirishda ayblanmoqda. Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevning so‘zlariga ko‘ra, ikki yil ichida turli banklarning 166 mansabdor shaxslari javobgarlikka tortilgan.
Har kimning ta’biga mos keladigan foydali va mazali nonushtalar retseptlarini Zira.uz tayyorlab qo‘ygan ro‘yxatdan topishingiz mumkin.
Oxirgi 10 yil ichida aholining televizorlar bilan ta’minganligi deyarli 1,2 baravarga, yengil avtomobillar bilan ta’minlanganligi 2 baravardan ko‘proqqa oshgan. Yanvar-sentyabr oylarida 100 ta uy xo‘jaligiga 161 ta televizor, 48 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelgan.
Hukumat qaroriga binoan, tezligi soatiga 40 va undan yuqori bo‘lgan elektromobillar davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Ushbu ro‘yxatga elektromototsikllar va elektroskuterlar ham kiritilgan.
Toshkent shahrida «Nexia-3» va «Spark» mashinalarining to‘qnashuvi natijasida voyaga yetmagan 16 yoshli mashina haydovchisi voqea joyida vafot etdi.
So‘nggi yillarda birinchi marta Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistondagi demografik vaziyat to‘g‘risidagi hisobotga o‘lim holatlari statistikasini kiritmadi. Qo‘mita Adliya vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumot bermaganligi haqida ma’lum qildi. Avvalroq «Gazeta.uz» koronavirus pandemiyasi sababli vafot etganlar soni iyul oyida mamlakatda 26,4 foizga, Toshkentda esa 2,6 martaga oshganini yozgan edi.
«Onlayn maktab» doirasidagi yuqori sinf o‘quvchilari uchun ingliz tili darslarini o‘tishga AQSHlik mutaxassis jalb etildi. XTVning «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, xorijdan yana boshqa o‘qituvchilar ham jalb etilishi kutilmoqda.
Noyabr oyining birinchi haftasidagi iliq harorat hafta so‘ngida havoning salqinlashishi bilan yakunlanadi. Yakshanba kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda va harorat pasayishni boshlaydi. Keyingi haftaning boshida kunduzi havo harorati 10−15 daraja bo‘ladi.
Epimarkazi Qirg‘iziston bo‘lgan zilzila O‘zbekiston shaharlarida ham sezildi. Zilzila kuchi Farg‘onada 5 ballni, Toshkentda 2 ballni tashkil etdi.
Avtomobil raqamlarining 1−3-toifalari istalgan harf kombinatsiyalari bilan auksionga qo‘yilishi mumkin. Bunday raqamlarning boshlang‘ich narxi Toshkent shahrida 300 dan 900 BHMgacha, boshqa hududlarda 200 dan 500 BHMgacha bo‘ladi. 6 oy ichida sotilmagan «chiroyli» raqamlar arzon narxda auksionga qo‘yiladi.
Toshkent viloyatida bir guruh fuqarolar «Milliy gvardiya» harbiy kiyimini kiyib, qurollangan holda yo‘lda ketayotgan shaxsga zo‘rlik ishlatgan. Bosqinchilik qilgan shaxslar voqea joyida qo‘lga olinib, ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
O‘g‘lining to‘yida 53 kishi qatnashgan Buxoro viloyat Sanitariya-epidemiologiya xizmati rahbari 4,4 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi.
Qashqadaryoda o‘rmon yong‘ini yuz berdi. Salkam 600 ta Zarafshon archasi yonib ketgan.
Covid-19 ga qarshi vaksina nafaqat Xitoy, balki vaksina ishlab chiqilayotgan boshqa davlatlardan ham keltirilishi rejalashtirilmoqda. Innovatsion rivojlanish vaziri aholiga har qanday vaksinani olib kelish uchun bir necha vaksinalarning sinovini parallel ravishda o‘tkazish zarurligini ta’kidladi.
Toshkentda kamerunlik fuqaroni to‘rt kun davomida tutqunlikda saqlab, unga turli tan jarohatlari yetkazgan jinoiy guruhga 5 yillik qamoq jazosi belgilandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting