Jamiyat

Qariyb 50 ming kishi 1 apreldan O‘zbekiston fuqaroligini oladi
11 fevral 2020, 18:25

Qariyb 50 ming kishi 1 apreldan O‘zbekiston fuqaroligini oladi

1 apreldan boshlab 1995 yilgacha O‘zbekistonga kelgan va shundan buyon doimiy istiqomat qilayotgan shaxslarga mamlakat fuqaroligi avtomatik tarzda beriladi.

1- apreldan Toshkentda doimiy propiskasiz uy sotib olish mumkin bo‘ladi
11 fevral 2020, 16:51

1- apreldan Toshkentda doimiy propiskasiz uy sotib olish mumkin bo‘ladi

1- apreldan Toshkent va poytaxt viloyatida ko‘chmas mulk sotib olishda doimiy propiska talab etilmaydi va davlat bojining alohida stavkasi bekor qilinadi.

Saida Mirziyoyeva: «Ilhom» teatrini hech kimga xafa qildirib qo‘ymaymiz!”
11 fevral 2020, 16:33

Saida Mirziyoyeva: «Ilhom» teatrini hech kimga xafa qildirib qo‘ymaymiz!"

Saida Mirziyoyeva «Ilhom» teatri atrofidagi gap-so‘zlarga o‘z munosabatini bildirdi. Teatrni hech kimga xafa qildirib qo‘ymaymiz, dedi u.

Qo‘qon IIO FMBga boshliq tayinlandi
11 fevral 2020, 16:18

Qo‘qon IIO FMBga boshliq tayinlandi

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan Muhiddin Jo‘rayev Qo‘qon IIO FMB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

O‘MI: Umra vizasini har kimga bermaslik iltimosi bildirilgan
11 fevral 2020, 15:35

O‘MI: Umra vizasini har kimga bermaslik iltimosi bildirilgan

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari O‘zbekistonga nega Saudiya Arabistoni turizm vizasi taqdim etilmasiligini tushuntirdi. Musulmonlar idorasi vakili esa Umra vizasini mustaqil olish masalasiga oydinlik kiritdi.

Shuhrat Uzoqov harbiy prokuror lavozimiga tayinlandi
11 fevral 2020, 12:20

Shuhrat Uzoqov harbiy prokuror lavozimiga tayinlandi

Uzoqov Shuhrat Sharapovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi harbiy prokurori lavozimiga tayinlandi.

Pensiya tayinlashda arxiv ma’lumotnomasi talabi bekor qilinmoqda
11 fevral 2020, 12:12

Pensiya tayinlashda arxiv ma’lumotnomasi talabi bekor qilinmoqda

Pensiya tayinlashda fuqarolarga davlat arxivlaridan ma’lumotnoma olib kelish talabi bekor qilinishi mumkin. Pensiyalarni tayinlashda ish xaqi va ish staji to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomalarini olish bo‘yicha yagona axborot tizimi yaratilmoqda.

Xitoydan qaytgan 771 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvga olingan
11 fevral 2020, 12:06

Xitoydan qaytgan 771 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvga olingan

10 fevral holatiga O‘zbekistonda koronavirus kasalligi qayd etilmadi. Xitoydan qaytgan 3447 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Bugungi kunda 771 nafar fuqaro 14 kunlik tibbiy kuzatuvga olindi.

Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi
11 fevral 2020, 09:42

Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi

Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish instituti negizida Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etildi.

«O‘zarxiv»: hujjatlarini raqamlashtirish uchun 60 yildan ziyod vaqt kerak
10 fevral 2020, 20:10

«O‘zarxiv»: hujjatlarini raqamlashtirish uchun 60 yildan ziyod vaqt kerak

Barcha arxiv hujjatlarini mavjud resurslar bilan raqamlashtirish uchun 60 yil talab etiladi. Ayni paytda «O‘zarxiv» tasarrufida bo‘lgan hujjatlarning 2−3 foizi raqamlashtirilgan. Agentlik kelgusi rejadagi strategiyasini ma’lum qildi.

Toshkent hokimiyati Shayxontohur tuman ma’muriyatining Shodlik Palace rekonstruksiyasiga aloqadorligini o‘rganmoqda
10 fevral 2020, 19:35

Toshkent hokimiyati Shayxontohur tuman ma’muriyatining Shodlik Palace rekonstruksiyasiga aloqadorligini o‘rganmoqda

Poytaxt hokimiyati Shayxontohur tumani ma’muriyatining «Ilhom» teatridan binoni bo‘shatish so‘ralishiga sabab bo‘lgan Shodlik Palace mehmonxonasini rekonstruksiya qilish tashabbusiga aloqadorligini o‘rganmoqda.

Davlat organlarida mehnat qonunchiligiga rioya etilishi tekshiriladi
10 fevral 2020, 18:59

Davlat organlarida mehnat qonunchiligiga rioya etilishi tekshiriladi

Davlat mehnat inspeksiyasi davlat organlarida mehnat qonunchiligiga rioya etilishini tekshiruvdan o‘tkazadi. Jumladan, xodimlarning kechki vaqtlarda ushlab qolinishi va dam olish kunlarida ham ishga jalb qilinishi o‘rganiladi.

«Ilhom» teatridan binoni bo‘shatish so‘ralmoqda
10 fevral 2020, 16:27

«Ilhom» teatridan binoni bo‘shatish so‘ralmoqda

Shodlik Palace mehmonxonasi Ofelos Plaza kompaniyasi nomidan «Ilhom» teatridan aprel oxiriga qadar binoni bo‘shatishni so‘ramoqda. Teatr buni fojiali holat deb baholab, hukumat, tomoshabinlar, jurnalistlar, diplomatlar va xalqaro hamjamiyatni teatrni qutqarish va saqlab qolishga chaqirdi.

Toshkentdan oqib o‘tgan kanalda yangi tug‘ilgan chaqaloq jasadi topildi
10 fevral 2020, 16:18

Toshkentdan oqib o‘tgan kanalda yangi tug‘ilgan chaqaloq jasadi topildi

10 fevral kuni ertalab Toshkentning Chilonzor tumanidagi Bunyodkor ko‘chasi bo‘ylab oqib o‘tgan kanalda yangi tug‘ilgan chaqaloq jasadi topildi.

Navoiydagi avariyada ikki kishi, jumladan bir chaqaloq halok bo‘ldi
10 fevral 2020, 14:05

Navoiydagi avariyada ikki kishi, jumladan bir chaqaloq halok bo‘ldi

Navoiy viloyatida Lacetti qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketdi va Nexia bilan to‘qnashdi. Natijada Nexia haydovchisi voqea joyida, mashina bo‘lgan bir yoshlik chaqaloq esa shifoxonaning jonlantirish bo‘limida olamdan o‘tdi.

Bu hafta yog‘ingarchiliklar bo‘lishi kutilmoqda
10 fevral 2020, 13:45

Bu hafta yog‘ingarchiliklar bo‘lishi kutilmoqda

Hafta davomida yomg‘irli va salqin ob-havo hukmronlik qilishi kutilmoqda. 11−13 fevral kunlari kunduzgi harorat +5…+10 darajaga pasayib, kechalari qirov tushishi mumkin.

Toshkent-Omsk yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
9 fevral 2020, 11:29

Toshkent-Omsk yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

15 fevraldan Toshkent-Omsk yo‘nalishi bo‘yicha avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Chipta narxi 450 ming so‘mni tashkil etadi.

Davlat tomonidan advokat tayinlash tartibi o‘zgaradi
8 fevral 2020, 11:50

Davlat tomonidan advokat tayinlash tartibi o‘zgaradi

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov davlat tomonidan himoyachi tayinlash tartibi o‘zgarishini ma’lum qildi. Uning aytishicha, amaldagi tartib samarali natija bermayapti.

Captiva turtib yuborgan avtobus ag‘darilib ketdi
8 fevral 2020, 11:25

Captiva turtib yuborgan avtobus ag‘darilib ketdi

Toshkentning Sergeli tumanida 117- yo‘nalishda qatnovchi Isuzu avtobusi ag‘darilib ketdi — uni ikkinchi darajali yo‘ldan chiqib kelgan Captiva turtib yubordi.

Toshkent IIBBda 16 nafar ayol rahbar lavozimlariga tayinlandi
7 fevral 2020, 21:04

Toshkent IIBBda 16 nafar ayol rahbar lavozimlariga tayinlandi

Toshkent IIBBda 16 nafar ayol rahbar lavozimlariga tayinlandi. Ular orasida tergov va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limlari boshliqlari, IIB boshliqlari o‘rinbosarlari bor.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting