Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov Xorazm viloyatida 10 nafar ichki ishlar xodimini lavozimidan chetlashtirdi.
Asaka tuman IIB bloger Otabek Nuritdinovning kaltaklanishi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda. U masjid yaqinidagi spirtli ichimliklar do‘koni fotosuratlarini e’lon qilganidan so‘ng hujumga uchradi.
Farg‘ona viloyatida Nexia, Tico va Gentra to‘qnashuvi natijasida uch kishi vafot etdi, olti kishi shifoxonaga yotqizildi. Samarqand viloyatidagi YTHda esa ikki kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi jarohatlandi.
Madaniyat vaziri o‘rinbosari, san’atshunoslik fanlari doktori Kamola Oqilova madaniy meros ob’ektlariga zarar yetishi va ularning yo‘q bo‘lishiga sabab bo‘layotgan omillarni ma’lum qildi. Uning aytishicha, eng katta zarar mahalliy hokimiyatning qurilish ishlaridagi siyosatidan kelib chiqmoqda.
Xitoyning Uxan shahridan evakuatsiya qilingan 84 kishi ikki haftalik karantindan so‘ng uylariga kuzatildi. Ularda koronavirus alomatlari aniqlanmadi.
Toshkentda «Tavhid va jihod katibasi» xalqaro terroristik tashkiloti tarafdordari va a’zolari aniqlanib, 21 kishi qo‘lga olindi.
Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudida ilk bolalarga do‘stona muhitli tergov xonasi tashkil etildi. U sudlarda jinoyat ishlarini ko‘rib chiqish vaqtida bolalarga ruhiy shikast yetkazish ehtimolini imkon qadar kamaytirishga yordam beradi.
Yil boshidan beri O‘zbekistonning doimiy aholisi qariyb 100 ming kishiga ko‘payib, 34 millionga yetdi.
Xitoydan O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan 294 fuqaro «Bo‘ston» sanatoriyasida ikki haftalik karantindan so‘ng uylariga kuzatildi. Qolgan fuqarolarning karantin muddati chorshanba va payshanba kunlari yakuniga yetadi.
Bosh vazir Abdulla Aripov prezident nomidan Human bandlik agentligi faoliyatidan jabrlanganlar bilan uchrashib, 1086 nafar fuqaroga tadbirkor yetkazgan zarar Mehnat vazirligining byudjetdan tashqari jamg‘armasi hisobidan qoplab berilishini ma’lum qildi. Xususiy bandlik agentliklari yopiladi. Uchrashuv tafsilotlari — «Gazeta.uz» reportajida.
Toshkent IIBB Chilonzor tumanida ko‘p qavatli uy liftida qiz bolaga hujum qilgan erkakni qidirmoqda.
Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida VAZ va KIA Rio to‘qnashuvi natijasida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi.
Yaqin kunlarda respublikaning katta qismida yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda. Payshanba kunidan esa havo ilishni boshlaydi.
Mobil qurilmalarni IMEI bo‘yicha pulli ro‘yxatga olishni bekor qilish va jarayonni soddalashtirish to‘g‘risidagi petitsiya «Mening fikrim» portalida e’lon qilindi. Uch kun ichida murojaat 9000 dan ortiq ovoz to‘pladi.
Sirdaryo viloyatidagi uyda sodir bo‘lgan yong‘inda olti kishi, jumladan, uch bola vafot etdi.
Qo‘qonda qasddan odam o‘ldirishga suiiqasd to‘g‘risidagi jinoyat ishi doirasida 55 kishi ushlandi. Qo‘lga olish vaqtida bir qancha ekzotik qurol turlari olib qo‘yildi.
Chet eldagi O‘zbekiston fuqarolar uchun konsullik ro‘yxatidan elektron tarzda o‘tish imkoni yaratildi.
Toshkent IIBB xodimlari tomonidan ikki kun davomida o‘tkazilgan tekshiruvlarda fuqarolardan 224 ta pichoq, shuningdek, to‘qmoqlar, metall sim va tayoqlar, pnevmatik to‘pponcha olib qo‘yildi.
Yangi tashkil etilgan tumanga soliq, prokuror va IIB rahbari tayinlandi. Shuningdek, tumanga yangi hokim ham saylangan.
Fevral oyining dastlabki 10 kunida O‘zbekistonda 126 ta YTH qayd etilgan bo‘lib, ularda 41 kishi halok bo‘ldi, 136 kishi jarohatlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting