«O‘zbekkonsert» Jahongir Otajonov, Shahlo Ahmedova, Abdulla Qurbonov va Xalima Ibragimovaning litsenziyalarini qayta tikladi. Tashkilot bayonotida prezidentning san’atkorlarga e’tibori va g‘amxo‘rligini tilga oldi.
Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasida Toshkent davlat stomatologiya instituti bilan birgalikda qo‘shma fakultet ochilmoqda. Ta’lim kredit — modul tizimi asosida amalga oshiriladi.
IIV Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida «Xizb ut-Taxrir» tashkiloti a’zolarining jinoiy faoliyatiga chek quyilgani haqida xabar qildi.
Toshkentda uch kun ichida nazoratsiz qoldirilgan ikki bola uy derazasidan qulab tushib halok bo‘ldi.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 2020 yil uchun Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari universitetlari reytingiga kirdi.
Bojxonachilar Toshkent aeroportida 213 gr quyma oltinlarni og‘zida mamlakatdan olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan erkakni qo‘lga oldi.
Yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonga olib kirilayotgan 323 tonna, 10,25 mln dona va 1317 metr kub o‘simlik mahsulotlarida zararli organizmlar aniqlangani sababli chegaradan qaytarib yuborildi.
O‘zini tanishtirmasdan turib yo‘lovchilarni qo‘pol tarzda so‘roqqa tutgan Transport vazirligi inspektoriga chora ko‘rildi.
IIV JIEBB Navoiy viloyatidagi koloniyada mahbuslar qiynoqqa solingani haqidagi xabarlarni rad etib, ochlik e’lon qilinishi bilan bog‘liq masala hal bo‘lganini ma’lum qildi.
Bojxonadan orangutan turiga mansub maymun bolasini olib chiqishga uringan shaxslarni qo‘lga olindi.
Asossiz to‘langan pensiya faqat pensioner aybdor bo‘lgan taqdirda undan undirib olinadi.
«O‘zbekkonsert» Jahongir Otajonovning litsenziyasini to‘xtatdi. AOKA rahbari Komil Allamjonov uning qo‘shiqlarini litsenziyasiz ham eshitish mumkinligini ta’kidladi. Xonandani qator jamoatchilik vakillari ham qo‘llab-quvvatlab chiqdi.
«Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining Ohangaron tumanidan o‘tgan qismida Mercedes-Benz rusumli yuk mashinasi yonib ketdi.
Avto oltmish oy kompaniyasiga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Uning rahbarlari pul va mol-mulkni jalb qilish bo‘yicha noqonuniy faoliyatda gumon qilinmoqda. Kompaniya faoliyati to‘xtatilmaydi.
3 mln dollar miqdorida investitsiya kiritgan chet el fuqarosiga 10 yil muddatga O‘zbekistonda yashash guvohnomasi beriladi.
Senatorlar O‘zbekiston sudyalarining maxsus kiyimlari namunalarini ma’qulladi. Konstitutsion sud sudyalari olcha rangdagi, qolganlar — to‘q ko‘k rangdagi mantiyalarni kiyishadi.
XTV O‘zbekiston maktablarida rus tilini o‘rgatish darajasini yaxshilash borasida Rossiya bilan hamkorlik qilmoqchi.
Seshanba kunidan quruq va mo‘’tadil iliq ob-havo kuzatiladi. Kunduzgi harorat +25 darajagacha ko‘tariladi.
«O‘ztransgaz» Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan e’lon qilingan 188,2 mlrd so‘m asossiz daromad olgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
Toshkentning bosh rejasini 2020 yilda jamoatchilikka taqdim etish rejalashtirilmoqda, deb xabar qildi poytaxt hokimining birinchi o‘rinbosari Davron Xidoyatov.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting