«ArMI-2019» doirasida o‘tkazilgan «Harbiy-tibbiy estafeta» xalqaro tanlovi yakunlandi. Unda O‘zbekiston jamoasi g‘olib bo‘ldi.
Samara viloyatida zaharlangan O‘zbekiston fuqarolaridan biri hayotdan ko‘z yumdi, shifoxonada qolayotgan 48 kishining ahvoli og‘ir.
«Poytaxt bulg‘amoqda» maqolasi shahar aholisi o‘rtasida shov-shuvlarni keltirib chiqardi. Nikita Makarenko kim hali ham Bo‘zsuvni ifloslantirayotganini aniqlash uchun Bo‘zsuv tozalash inshootida bo‘ldi.
Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida «Lasetti"ning «KamAZ"ning orqasiga urilishi natijasida ikki kishi vafot etdi, yana ikki nafari shifoxonaga yotqizildi.
Xalq deputatlari Oqdaryo tuman kengashi deputati To‘lqin Homidov tumandagi 29-maktab yoniga o‘rnatilgan radar YHX xodimlari tomonidan olib ketilganiga norozilik bildirdi.
Xalq ta’limi vazirligi Samarqand va Namangan viloyatlarida umumta’lim maktablari o‘qituvchilarini majburiy mehnatga jalb etilganligi haqidagi xabarlarni o‘rganmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi.
Yevroittifoq «Jasliq» koloniyasining yopilishini olqishlab, penitensiar tizimda ham islohotlar bo‘lishini kutayotganini ma’lum qildi.
15 avgustdan Toshkent jamoat transportida yo‘l haqi 1400 so‘mga qadar oshiriladi.
Moskva viloyatida o‘tkazilayotgan Xalqaro armiya o‘yinlarining «Tank biatloni» yo‘nalishi bo‘yicha yarim final bahslari O‘zbekiston terma jamoasi eng yaxshi natijani qayd etib, finalga yo‘l oldi.
Hokimiyatlarga tadbirkorlik sub’ektlarini majburiy mehnat, homiylik va jamoat tadbirlariga jalb qilish taqiqlandi.
Komil Allamjonov OAV, blogerlar va ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlar moderatorlari nafaqat o‘z ma’lumotlari, balki ular ostidagi soxta akkauntlar yoki trollar qoldirgan fikrlar uchun ham javobgar ekanini ma’lum qildi.
Qozog‘istonda sud 2018 yil yanvarida «Samara — Chimkent» trassasidagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘lgan avtobus egasini uch yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi.
Toshkentda nogironligi bo‘lgan shaxslarga mo‘ljallab qurilayotgan uylar amalda ular uchun jismonan noqulay bo‘lib chiqmoqda. Dilmurod Yusupov ushbu muammoga e’tibor qaratdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev Yangiyo‘l tumanida qurilgan namunaviy uylar bo‘yicha e’tirozlar o‘z tasdig‘ini topganini ma’lum qildi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Olmaliq shahrida o‘tkazilgan yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha tender savdolarida qonun talablari buzilganini aniqladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Qo‘shrabotda shifokorning sababsiz haqoratlanib, kaltaklangani yuzasidan bayonot berdi.
Juma shahrida «Nexia» haydovchisiga tan jarohati yetkazib, uning mashinasini olib qochgan shaxslar qo‘lga olindi.
Xotin-qizlar qo‘mitasi va Xalq ta’limi vazirligi Andijon shahridagi maktablarda ishlovchi 25 — 35 yoshdagi, turmushga chiqmagan va turmushidan ajragan ayollarning alohida ro‘yxati yuritilishi yuzasidan qo‘shma bayonot berdi.
Birinchi marotaba Kuch tuzilmalar hamkorligida «Zarafshon» avtomobil va temiryo‘l ko‘prigida tungi va kunduzgi maxsus o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting