Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 17−18-avgust kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.
Toshkentning oqava suvlari tozalanmasdan Bo‘zsuv kanaliga oqizilmoqda. Ifloslangan suv esa yillar davomida poytaxtdan quyida yashayotgan odamlarning hayotini zaharlab kelmoqda. Nikita Makarenko va Shuhrat Latipov ekologik inqiroz joyiga borib, vaziyatni o‘rgandi.
Uy-joyni sotish uchun ishonchnoma qoldirib, chet elga ketgan mulkdorning yashab turgan uy-joydan foydalanish huquqi sud orqali bekor qilindi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdan ortda qolayotgan tuman va shaharlarda yer birinchi navbatda jamoat va davlat ehtiyojlari uchun ajratiladi.
Chorshanbadan O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati sezilarli pasayadi. Juma kuniga qadar kunduzgi harorat +30 daraja atrofida bo‘ladi.
Avtotransport vositalari Toshkent havosini har yili 395 tonna zaharli gazlar bilan ifloslantirmoqda. Atmosferaga chiqarilayotgan gazlarning 90 foizi ular hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risidagi qonun loyihasida uy-joy mulkdorlari shirkatlari ustidan davlat nazoratini o‘rnatish taklif qilinmoqda. Nazoratni Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining maxsus inspeksiyasi olib borishi mumkin.
Rossiyada o‘tkazilgan «REMBAT» — «Eng ilg‘or ta’mirlash va evakuatsiya bataloni» musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi.
Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi.
Toshkentning Beshqayrag‘och ko‘chasida ogohlantiruvchi yo‘l chizig‘ining yangi turi eksperimental ko‘rinishda qo‘llaniladi.
«Forish» tog‘ poligonida V «Xalqaro armiya o‘yinlari — 2019» doirasida bo‘lib o‘tayotgan «Harbiy-tibbiy estafeta» tanlovida tibbiy xizmat kapitan Bobojon Elmurodov rekord o‘rnatdi.
Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida «Xalqaro matematika maktabi"ni tashkil etish to‘g‘rsidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Gastro Bazaar gastronomik festivali 11 avgustga qadar davom etadi.
Toshkent viloyatidagi «Bo‘ston» sanatoriyasi hududida yarim asrlik qarag‘aylar kesib tashlandi. Daraxt tanalari ortilgan yuk mashinasi Toshkentda qo‘lga olindi.
Yangiyo‘lda uylarning buzilishi «ma’lum sabablarga ko‘ra to‘xtatildi, deyiladi shahar hokimining fuqarolarga yo‘llagan xatida. Uy-joylar faqatgina mulkdorlar bilan kelishilgan holda buzilishi mumkin.
Ko‘chmas mulklarni buzish sud qarori bilan amalga oshirilishi, hokimlarning bu boradagi vakolatini esa bekor qilish zarur, deb hisoblaydi deputat Rasul Kusherbayev.
Xorijga ishlash uchun yuborishini aytib, ikki kishidan pul olib, va’dasini bajarmagan ayolga zararni qoplash va uch yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Bojxonachilar tomonidan 1 mlrd 100 mln so‘mlik smartfonlarning noqonuniy olib kirilishi fosh qilindi.
Mudofaa vazirligining rasmiy veb-sayti orqali Qurolli Kuchlar davlat muzeyining eksponatlari bilan tanishish mumkin.
O‘zbekiston suv stressidan aziyat chekayotgan davlat ro‘yxatida 25-o‘rinni egalladi. Mamlakatdagi suv taqchilligi yuqori baholandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting