Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Qoraqalpog‘istonda olim va tadqiqotchilar bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev rahbarlarning kalondimog‘ bo‘lib ketgani va xalqdan uzilganini tan oldi. Viloyat rahbari Yakkabog‘ tumanidagi hodisaga munosabat bildirdi.
Rishton tumanidagi obodonlashtirish va qurilish ishlariga Farg‘ona viloyatining barcha shahar va tumanlaridan 13562 nafar hasharchi jalb qilindi. Mehnat vazirligi buning noqonuniy ekanini ma’lum qildi.
Sobiq bosh prokuror Otabek Murodovga qarshi jinoyat ishi DXXning sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev ishi doirasida ko‘rib chiqilmoqda.
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari Toshkentning «Qo‘yliq» bozori yaqinidagi ko‘prikdan o‘zini tashlab yubormoqchi bo‘lgan ayolni qutqarib qoldi.
Qurol to‘g‘risidagi qonun imzolandi. Hujjat olti oydan so‘ng kuchga kiradi.
Paxtani ko‘proq sug‘orib yuborgani uchun fermerlarni jaziramada avtobusga qamab qo‘ygan Kasbi tuman IIB boshlig‘i ishdan bo‘shatildi.
Shavkat Mirziyoyev Samarqand va eshkak eshish kanalida tashkil etiladigan yangi turistik markaz o‘rtasida yengil osma metro qurish bo‘yicha topshiriq berdi.
Navoiy viloyatida 161 fuqaroning plastik kartalaridagi 27,4 mln so‘mni o‘zlashtirgan bank xodimiga nisbatan jazo choralari tayinlandi.
Toshkent viloyatidagi beshta markaz xorijga chiqish pasportlarini rasmiylashtirish uchun maxsus texnik qurilmalar bilan ta’minlandi.
Hafta oxirida havo haroratining qisqa muddatga bir oz tushishi kutilmoqda. Dam olish kunlari shimolda +35, qolgan hududlarda +39 darajagacha issiq bo‘ladi.
Yakkabog‘ tumani hokimi o‘rinbosari Mansur Tuymayevning hayotiga suiqasd qilganligida ayblanuvchi tadbirkor Baxriddin Isamov Toshkentda sud-psixiatriya ekspertizasidan o‘tmoqda.
Yakkabog‘da do‘konini buzmoqchi bo‘lgani uchun tadbirkor tomonidan o‘t qo‘yilgan hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, tuman hokimi va prokurori ishdan bo‘shatildi.
Bosh vazir Abdulla Aripov «Ashxobod» mahallasidagi uylari buzilgan aholi va shahar hokimligi o‘rtasidagi muammoni o‘rganish uchun Urganchga yetib bordi.
Adliya vaziri barcha mahalliy hokimliklarni fuqarolarning uy-joy bilan bog‘liq qonuniy huquqlarini poymol etishlariga chek qo‘yishlarini talab qildi.
200 ga yaqin kishi kechasi buzilgan uylari uchun tovon puli to‘lanmaganidan norozi bo‘lib Urganch-Xonqa yo‘lini to‘sib qo‘ydi. Xorazm viloyati hokimi 10 avgustga qadar 100 foiz pullarini to‘lashga va’da berdi.
Yakkabog‘da bola va qizaloq buzilayotgan uyni tark etishdan bosh tortdi. Ulardan biri IIO xodimlari kuch bilan tashqariga chiqarayotganda «Dada, dada!» deb baqirdi.
Qurolli Kuchlar akademiyasida bo‘lib o‘tgan harbiy ta’lim hamkorligiga bag‘ishlangan xalqaro anjumanda o‘n besh mamlakatdan harbiy attashelar ishtirok etdi.
Avgustdan «Tulpar — Talgo» poyezdida Toshkent-Olma Ota-Toshkent reyslariga chiptalar arzonlashadi.
KOICA Farg‘onada Kasb-hunarga o‘qitish markazi qurilishini boshladi. Unda elektr va elektronika, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, axborot texnologiyalari, kosmetologiya va tikuvchilik o‘rgatiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting