O‘zbekiston prezidentining kuyovi Tesla avtomobilida tezlikni oshirgani uchun 1,8 mln so‘m miqdorida jarima to‘ladi.
Toshkent IIBB tuman migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari dam olish kunlarisiz ishlashmoqda.
Namangan, Nukus Xiva va Toshkent shaharlarida o‘z faoliyatini boshlaydigan prezident maktablariga o‘quvchilarni saralash jarayoni davom etmoqda.
Havo haroratining keskin isib ketgani sababli Toshkent viloyatida zarur dori-darmon va kerakli jihozlar bilan ta’minlangan shifokorlar tez yordam mashinasi bilan navbatchilik qilmoqda.
O‘zbekiston prezidenti «Turizm to‘g‘risida"ni qonunning yangi tahririni imzoladi. Unda, jumladan, «yo‘riqchi-yo‘l boshlovchi», «mustaqil turizm» tushunchalariga izoh berilgan.
Jahon banki xodimiga pora taklif qilgan Fides Solutions kompaniyasi va fuqaro Ravshan Rizametov oliy ta’limni modernizatsiya qilish bo‘yicha loyihada qatnashishdan shartli chetlashtirildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘tkazilgan tekshiruv natijasida Shayxontohur tumanidagi 40-oilaviy poliklinikada emlangan chaqaloqning o‘limiga emlash sabab bo‘lmaganini ma’lum qildi.
Hukumat qarori bilan umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida psixologik xizmat tashkil etiladi.
Joriy yilning yakuniga Samarqandda yana 30 ta zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalari qurilish rejalashtirilgan. Shuningdek M-37 avtomagistral yo‘li bo‘yida ham quriladi.
Yangiyo‘l tumanida «Opel Omega» mashinasining «DAF» yuk mashinasiga urilishi oqibatida yengil avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisi halok bo‘ldi.
Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Taxiatosh IESning ikkita energobloki va turboagregati elektr uzatish liniyalaridagi muammo sababli o‘chirildi. Hodisa natijasida Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonning bir qancha tumanida elektr ta’minoti to‘xtatildi.
IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi Yevropa va O‘zbekiston qamoqxonalarining asosiy farqini ma’lum qildi.
Umra safariga ketgan fuqarolarni Saudiyada mehmonxonaga joylashtirish uchun pul kerakligini aytib, aldov yo‘li bilan undan 61 000 AQSH dollarini olgan ayol ushlandi.
Prezident qarori bilan davlat organlari xodimlarining formali kiyim-bosh kiyib yurishi tartibini maqbullashtiriladi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida fuqarolar fikrini o‘rganish natijasida elektron raqamli imzoni majburiy tartibda qo‘llashga doir talab bekor qilindi.
Samara viloyatidagi korxonada o‘zbekistonlik ishchilar zaharlandi, 68 kishi shifoxonaga yotqizildi.
«O‘zdavkarantin» inspeksiyasi xodimlari kartoshka kuyasiga qarshi kurash ishlarini boshlab yubordi.
2019 yilda yetkazilgan 286,8 milliard so‘mdan ziyod moddiy zararning o‘rnini qoplagan 1 693 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlandi.
Oliy ta’lim vaziri va rektorlar O‘zbekiston fuqarolariga murojaat bilan chiqib, korrupsiyaga qarshi kurashishga va’da berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting