Xalq ta’limi vazirligi tekshiruvidan so‘ng poytaxtdagi maktabning o‘g‘il va qiz bolalar kiyinish xonalariga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari olib tashlandi.
Alisher Abdullayev «O‘zeltexsanoat» uyushmasining raisi, Mansur Hoshimov raisning birinchi o‘rinbosari va yana ikki kishi rais o‘rinbosari etib tayinlandi.
Prezidentining farmoyishiga asosan Ravshanjon Nasimov Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Pokiston havo hududi yopilgani sababli «O‘zbekiston havo yo‘llari» xarajatlari ikki barobarga oshdi. Bu chiptalar narxining o‘sishiga olib kelishi mumkin.
«Shovot» chegara bojxona postida 8 dona ayollar kumush taqinchoqlarini ko‘ylagi yoqasining ichiga tikib olgan fuqaro to‘xtatildi.
Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida ochiladigan harbiy jurnalistika yo‘nalishining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Faxriddin Solihov Transport vazirligi huzuridagi Yo‘l qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasining boshlig‘i etib tayinlandi.
Qo‘qon avtotransport kasb-hunar kolleji 3-bosqich o‘quvchisi U.D. o‘zaro janjal sabab, maktabning 11-sinf o‘quvchisi R.I.ga pichoq bilan jarohat yetkazdi.
Energetika vazirligi va «Buyuk Kelajak» XNNT xorijiy tajribani qo‘llash hisobiga energetika sohasini rivojlantirish maqsadida hamkorlik qiladi.
Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risidagi qonun prezident tomonidan imzolandi.
«Gazeta.uz» muxbiri «Toshshahartransxizmat» raisi Mohir Valiyev va uning o‘rinbosari Abdulaziz Abduqodirov qanday qilib ishga avtobusda borib-kelganini kuzatdi.
«O‘zbekneftegaz» aholidan shikoyatlarni qabul qilish maqsadida telegram-botni ishga tushirdi.
Hukumat farmoyishiga asosan butun Respublika bo‘ylab «Yashil xiyobon"lar tashkil etiladi.
«O‘zbekiston havo yo‘llari» Wi-Fi o‘rnatilgan birinchi Airbus A320neo samolyotiga ega bo‘ldi. Ikkinchi A320neo samolyoti aprel boshida keltiriladi.
Qashqadaryodagi G‘ilon va Ko‘l qishloqlarida etnoturizm, Tatar, Zarmast va Vari qishloqlarida ekstremal turizm faoliyati tashkil etiladi.
Bosh prokuratura G‘azalkentdagi ayol kishini pichoqlab o‘ldirganlikda ayblanayotgan shaxs qo‘lga olinganini ma’lum qildi.
Barcha tuman va shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari uchun 200 ta General Electric UZI uskunasi sotib olindi.
Bosh vazir va Toshkent hokimi shaharning bosh rejasini ishlab chiqish uchun aerofototasvirga olish ishlarini o‘tkazayotgan vertolyotda poytaxt uzra parvoz qildi.
Sirojiddin Eshmatov Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasiga rahbar bo‘ldi.
Toshkent hokimligi «Yashil tashabbus» aksiyasi doirasida ko‘chatlar tarqatib, shaharliklarni poytaxtni ko‘kalamzorlashtirishga chorlamoqda. 25 martga qadar 400 ming tup daraxt o‘tqazish rejalashtirilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting