Qozog‘iston fuqarosidan telefon olish maqsadida 1200 AQSH dollar jo‘natgan qo‘qonlik ayol firibgarlikka duch keldi.
Nukus garnizonida Mudofaa vazirligi qo‘shinlari tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitserlari bilan uslubiy yig‘inda ko‘rgazmali amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Namangan viloyatning chekka mahalla va ovullari aholisining mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida «Bibliobus» xizmati yo‘lga qo‘yiladi.
Termiz tumanida o‘zini yoqib yuborgan erkak ovqatlanish shoxobchasi buzilgani bu ishga qo‘l urganini ma’lum qildi. Hokimiyat unga yer ajratishga qaror qildi.
Yangiyo‘l tumanida yashovchi R.T. uyi omborxonasida berkitib saqlayotgan 13 kg. 16 gr. marixuana giyohvandlik moddasi topildi.
Samarqand shahrida xususiy tadbirkor hamda turizmni rivojlantirish departamenti hamkorligida turistik yo‘l ko‘rsatkichlari o‘rnatildi.
O‘zbekiston gender tengligi darajasi bo‘yicha 100 baldan 70,6 ball to‘plab, MDHda eng oxirgilardan bo‘ldi.
Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi avvalroq tanlov yakunlari bo‘yicha eng yaxshi deb topilgan poytaxt brendini tasdiqladi.
Senat yuk yoki yo‘lovchilarni tashish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar haydovchilarining har ikki yilda bir marta malaka oshirishini ko‘zda tutuvchi qonunni ma’qulladi.
«Sariosiyo» chegara bojxona postida «Baklosan» nomli 3500 dona psixotrop tabletkasini noqonuniy ravishda olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatildi.
Mast erkak Qo‘yliq bozori oldidagi ko‘prikka osilib qoldi. Fuqarolar va ichki ishlar organlari xodimlari uni qutqardi.
Qozog‘istonda MDHga a’zo mamlakatlarning oliy harbiy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkaziladigan harbiy-sport o‘yinlarida O‘zbekiston vakillari ham qatnashadi.
Prezident maktablariga qabul Kembrij universitetining Imtihon kengashi tomonidan o‘tkaziladi. Ushbu ta’lim muassasalari rahbarlari va o‘qituvchilari xalqaro me’yorlarga muvofiq malaka oshiradi.
«Toshshahartransxizmat» AJ tarkibidagi avtobus saroylariga 30 ta katta sig‘imdagi «MAN» rusumli avtobuslar olib kelindi.
Surxondaryo viloyati Termiz tumanida istiqomat qiluvchi shaxs tuman hokimiyati oldida o‘ziga o‘t qo‘ydi.
Buvayda tumanida «qizil simob» moddasini 70 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, 10 000 AQSH dollarini olayotgan shaxs qo‘lga olindi.
Shavkat Mirziyoyev To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Axsikent arxeologik yodgorlik majmuasini borib ko‘rdi.
Namangan viloyatiga tashrif chog‘ida prezident korteji To‘raqo‘rg‘on tumani dehqon bozori yonida to‘xtadi va Shavkat Mirziyoyev odamlar bilan samimiy muloqot qildi.
Janubiy Koreyadagi shifoxonada og‘ir ahvolda qolayotgan O‘zbekiston fuqarosi bilan bog‘liq vaziyat mehnat vaziri nazorati ostida, deya ma’lum qildi vazirlik.
Hukumat qarori bilan Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting