Toshkent shahar hokimining shahardagi markaziy va mahallalar hududidagi ichki ko‘chalarni ta’mirlash ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori e’lon qilindi.
«Olot» chegara bojxona posti orqali xorijiy davlatdan 2 million so‘mlik 414 litr dizel yoqilg‘isi olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaro to‘xtatildi.
Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan Toshkent hayvonot bog‘i hududi kengaytirilib, Safari parki ochiladi.
«Pop» chegara bojxona posti orqali 225 dona «NOKIA» rusumli uyali qo‘l telefonini O‘zbekistonga olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatildi.
Rossiyada tahsil olayotgan 25 000 ga yaqin o‘zbek talabalarning diplomi nostrifikatsiyasiz tan olinishi tizimi joriy etilishi mumkin.
Moskvadagi janjalda ikki O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi.
Toshkent shahrida oziq-ovqat mahsulotlari, tibbiyot, kosmetika va parfyumeriya vositalarining noqonuniy ravishda olib kirilayotganda to‘xtatildi.
Kogon shahrida yashovchi A.R. mast holda tanishi X.M.ning uyida o‘zaro janjal sabab Ye.B. (ismli ayol)ga jarohat yetkazishi natijasida jabrlanuvchi halok bo‘ldi.
Toshkentda Microsoft kompaniyasi hamda Inha universiteti tashkilotchiligida DigiGirlz High Tech Camp Uzbekistan dasturi o‘tkaziladi.
Samarqandda 75 ta turar joy, 84 ta noturar joy binolari shaharsozlik normalariga rioya etilmasdan qurilganligi aniqlandi.
Ikki piyodaning umriga zomin bo‘lib, voqea joyidan qochib ketgan haydovchiga 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Mirobod tumani hokimi Shuhrat Po‘latov ikki qavatli «Polkushka» uylarining avariya holatidaligi va ularni buzish to‘g‘risidagi qarorning to‘g‘ri ekanini ma’lum qildi. U «Baynalmilal» mahallasidagi vaziyatga ham oydinlik kiritdi.
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish, ulardan foydalanish va ularni qayta tiklash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
Toshkentning Amir Temur ko‘chasida buzilish xavfi ostidagi 45-uyning tarixiy qiymati maxsus komissiya tomonidan aniqlanadi.
Moliya vazirligida ikkita boshqarmaga yangi rahbar tayinlandi.
Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi yirik kiyim-kechak brendlarining O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlariga qarshi boykotini bekor qilish uchun «yo‘l xaritasi» taqdim etadi.
Firibgarlik yo‘li bilan pul-moddiy boyliklarni qo‘lga kiritgan ayol zararning 72 foizini qoplagani va voyaga yetmagani farzandi borligi sababli jazodan ozod bo‘ldi.
Hafta o‘rtasida yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda, kechasi havo harorati -7 darajaga tushadi.
2002 — 2015 yillar orasida 38 millionso‘mlik aliment pulini to‘lamay yurgan kitoblik O‘ktam Elmirzayevdan zarur mablag‘ undirildi.
O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Axloqiy-ruhiy ta’minot konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qo‘shma qaror imzolandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting