Toshkent metropoliteni Yangi yil kechasi tungi soat birga qadar ishlaydi.
Xo‘jayli tumanidagi YTHda to‘rt kishi, jumladan Qoraqalpog‘iston uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari halok bo‘ldi.
31 dekabr kuni quruq, iliq havo bo‘lishi, Yangi yilning birinchi kuni esa ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Sinoptiklar so‘nggi 50 yildagi eng sovuq va eng iliq bayram kunlarini yodga oldi.
Tashqi ishlar vazirligi fuqarolar murojaatlarini qabul qilish uchun call-markazini ishga tushirdi.
2018 yilda chegara o‘tkazish punktlari orqali 40 milliondan ortiq kishi va 1,7 million transport vositalari o‘tdi.
Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida qurib bitkazilgan «Yoshlar istirohat bog‘i» foydalanishga topshirildi.
Hukumat qaroriga ko‘ra umra safariga cheklanmagan miqdorda ziyoratchilar borishi mumkin bo‘ladi.
Toshkentda Sergeli tumanida sakkizta avtomobil oynasini sindirgan ikki o‘smirga jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Prezident qarori bilan tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish uchun zarur bo‘lgan butlovchi qismlar va xom ashyo 2021 yil 1 yanvargacha bojxona bojini to‘lashdan ozod etiladi.
Surxondaryodagi «Gulbahor» chegara bojxona posti xodimlari fuqaro B.D. hamda uning boshqaruvidagi «Nexia» avtomobili tekshirilganda 10500 AQSH dollari berkitilgani aniqlandi.
Toshkentning Mirobod tumanida yashagan T.G‘.ning uyida yong‘in sodir bo‘lishi natijasida u yerdan uy egasining kuygan holdagi jasadi topilgan.
Farg‘onada chorvachilik va naslchilik ishlarini tubdan takomillashtirish, tarmoq faoliyatini muvofiqlashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi.
Yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
O‘zbekistonda ishlab turgan energetika qurilmalarining deyarli 67 foizi eskirgani va elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyojning ortib borayotgani tarmoqdagi uzilishlarga sabab bo‘lmoqda.
Ichki ishlar vazirligi DYXXning yo‘l-patrul xizmati xodimlarining xizmat faoliyati natijalarini baholash tartibi va mezonlari to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
Yunusobod tumanida Lacetti temir yo‘l kesishmasida boshqariladigan to‘siqqa borib urildi. Kichik halqa yo‘lida esa Howo yuk mashinasi ag‘darilib ketdi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi maxsus komissiyasi og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayevni O‘zbekistonda yilning eng yaxshi sportchisi deb topdi.
Namangan shahrida yashagan G. M. uyida o‘g‘li bilan gaz plitasi o‘chib yonishi oqibatida undan sizib chiqqan tabiiy gazdan ikkisi ham zaharlangan va voqea joyida vafot etgan.
Besh yillik tanaffusdan so‘ng «Birlashgan» — «Ak-Tash» o‘tkazish punkti Qirg‘izistonning Barak anklavi aholisi o‘tishi uchun ochildi.
Yanvarda ichida 52 nafar o‘zbekistonlik yonib ketgan avtobus egasi O‘zbekistondan Qozog‘istonga ekstraditsiya qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting