Davlat xizmatchilarini tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha mutlaqo yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi. Xorijiy ekspertlar ishtirokida o‘quv dasturi tuziladi va yil yakunigacha 5 ming nafar davlat xizmatchisi o‘qitiladi. Davlat boshqaruvi akademiyasi esa eng ilg‘or xorijiy tajribalar asosida transformatsiya qilinadi.
7 oy davomida dori vositalarini dorixonalardan tashqarida sotish, shuningdek, qalbaki va sifatsiz dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan bog‘liq 82 ta huquqbuzarlik holati aniqlandi. Yana 52 ta qonunbuzarlik inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari tayyorlash va sotish bilan bog‘liq.
Senatorlar himoya orderi talablarini buzganlik uchun jarimani bir necha baravarga oshirishga oid qonunni rad etdi. Ta’kidlanishicha, jarimani oshirish jabrlanuvchining o‘ziga yuk bo‘ladi. «U jarimani to‘laydi, ammo xotini, bolasining imkoniyati chegaralanib qolishi mumkin», — dedi Tanzila Narbayeva.
1 iyuldan beri Toshkent xalqaro aeroportidan uchib ketayotgan yo‘lovchilar bojxonachilar tekshiruvidan o‘tkazilmayapti. Bunda yo‘lovchilar haqidagi oldindan to‘plangan ma’lumotlar asosida fuqarolar va ularning yuklari elektron bodi skaner qurilmasidan o‘tmoqda. Faqat shubha uyg‘otgan shaxslargina tekshirilyapti.
Olmaotada pasportlari olib qo‘yilib, majburiy mehnatga jalb qilish maqsadida ushlab turilgan 10 nafar O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi.
OTMlarga kirish uchun test sinovlari 8 avgustdan boshlanadi hamda stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi. Imtihonlar ikki smenada 20 avgustga qadar bo‘lib o‘tadi. «Abituriyent ruxsatnomasi» esa 4 avgustdan beriladi.
Qashqadaryolik qiz Toshkentda profilaktika inspektori tomonidan zo‘rlangani va undan homilador bo‘lib qolganini ma’lum qildi. IIO xodimi ularning muloqoti o‘zaro kelishuv asosida bo‘lganini ta’kidlab, tergovga dalil sifatida video taqdim etdi. U qizning homilador bo‘lishiga aloqasi yo‘qligini ham aytgan.
Mustaqillik bayrami arafasida 4 kun dam, 4 avgust kuni chaqiriladigan Senatning yalpi majlisi, muddatidan avval ozodlikka chiqqan 14 yoshli qizni zo‘rlashga majburlagan uch erkak, bog‘chalarda 2 nafar 5 yoshli bola vafot etgani, chet tilidan 56 ta soxta sertifikat va boshqalar — «Gazeta.uz» da kun dayjesti.
Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan Xalqaro armiya o‘yinlariga joriy yil 13−27 avgust kunlari dunyoning 12 davlati mezbonlik qiladi. O‘zbekiston Jizzax, Samarqand, Chirchiq va Sharqiy harbiy okrugi o‘quv-mashg‘ulot maydonlarida beshta yo‘nalish bo‘yicha musobaqalarni o‘tkazadi.
Namanganning Chust tumanidagi bog‘chaga kelgan 5 yoshli tarbiyalanuvchi uyqudan turayotgan vaqtida tilini chaynab yuborganligi tufayli vafot etdi. Xorazmning Xonqa tumanidagi bog‘chada esa 5 yoshli bolakay tushlikdan so‘ng, mazasi qochib, vafot etdi. Mazkur holatlar yuzasidan tergov olib borilmoqda.
Fuqaro «Davr bank» tizimiga noqonuniy ulanib, 15 mlrd so‘mni do‘stining kartalariga o‘tkazgan, so‘ngra pul jinoiy guruh a’zolari o‘rtasida taqsimlangani aytilmoqda. 11 nafar shaxs gumonlanuvchi sifatida jalb etilgan, ikki nafari qidiruvda.
Toshkentdagi maktabda 14 yoshli qizni jinsiy aloqaga majburlagan uch erkak shartli ravishda ozod qilindi. 4 yilga qamalgan sobiq jismoniy tarbiya o‘qituvchisi hukmdan 12 oy, uning ikki tanishi esa — yarim yil o‘tgach ozodlikka chiqdi. Qizning onasi esa bir yildan ko‘proq vaqtdan beri adolatga erishishga urinayapti.
Joriy yilning o‘tgan davri ichida chet el valyutasining noqonuniy muomalaga kiritilishi bo‘yicha 245 ta holat aniqlanib, ularning oldi olindi. Natijada 433,2 ming dollar, 1,1 mln rubl, 702,2 ming tenge va 1,2 mlrd so‘m mablag‘lar musodara qilindi.
Andijonda qizcha 5 nafar qarindoshi, jumladan, ota-onasi qamab qo‘yilganini aytib, prezidentga videomurojaat yo‘lladi. IIV qizchaning qarindoshlari tuman hokimi o‘rinbosari va bank rahbarini haqoratlab, kuch ishlatgani, 738 mln so‘m kreditni to‘lamagani, qizcha esa qarindoshlari qaramog‘ida ekanini ma’lum qildi.
CSI kompaniyasining self service mahsulotlari menedjeri Igor Chechulin qanday qilib o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish kassalarini yo‘lga qo‘yishda xato qilmaslik va sarflangan mablag‘lardan maksimal foyda olish haqida so‘zlab berdi.
Bosh prokuratura Chilonzor tumanidagi maktabda yagona forma xarid qilish uchun prokuratura xodimlari tilxat yozdirib olgani haqidagi xabarni rad etdi. O‘rganish natijasida bu maktab direktorining shaxsiy tashabbusi ekanligi, biroq jarayonga yolg‘ondan prokuratura aralashtirilgani aniqlandi.
Davlat test markazi OTMlarga kirish uchun onlayn topshirilgan arizalar orasida chet tilidan 56 ta soxta sertifikat mavjudligini aniqladi. Tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi. 28,1 mingta sertifikat esa tasdiqlandi, yana 955 tasi talabga javob bermasligi ma’lum bo‘ldi.
Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 234-sonli maktabda o‘quvchini devor bosib qolgani, maktab ma’muriyati esa o‘quvchining o‘limini yashirishga uringani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, hozirda qo‘shimcha tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekistonliklar mustaqillikning 31 yilligini nishonlash arafasida ish haftasidan qat’iy nazar ketma-ket 4 kun — 1 sentabrdan 4 sentabrga qadar dam olishi kutilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi maktablardan birida prokuratura maktab formasini majburiy sotib olish uchun tilxat yozdirib olayotgani haqida xabar tarqaldi. Poytaxt prokuraturasi ushbu ma’lumotni tekshirmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting