Prezident qaroriga ko‘ra, oliy hamda o‘rta maxsus va professional ta’limda tahsil oluvchi xotin-qizlarga 7 yilga 14 foizlik ta’lim kreditlari ajratiladi. Bunda foiz stavkalarini Moliya vazirligining jamg‘armasi qoplab beradi. Xotin-qizlar esa asosiy qarzni o‘qishni tamomlagach, 7 yil davomida to‘laydi.
2020 va 2021 yillarda sudlar Andijonda mobil qurilmalarning IMEI-kodlarni uchinchi shaxslarning pasportlari orqali noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh faoliyatiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqdi. Sud qanday yakunlangani va sudlanuvchilar nima uchun jazolangani — «Gazeta.uz» materialida.
Andijonlik fuqaro 2020-yildan beri 27 nafar voyaga yetmagan o‘zbek va qirg‘iz bolalarini urib, tan jarohatlari yetkazib, diniy saboq berganligi aytilmoqa. Viloyat IIB gumondorning diniy bilimi hamda dars o‘tish uchun ruxsatnomasi yo‘qligini ma’lum qildi.
Voleybol federatsiyasi mansabdor shaxslari davlat budjeti mablag‘laridan 231 mln so‘mni o‘zlashtirgani, yana 75 mln so‘mni esa asossiz sarflagani aniqlandi. Ular yetkazilgan zararning 120 mln so‘mini qopladi, deb ma’lum qildi Bosh prokuratura. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
O‘zbekistonda 2,6 mlnta aholi xonadonida kadastr hujjatlari yo‘q, shu bois ular yer solig‘ini 3 karra miqdorda to‘layapti. Prezident 1 oktabrgacha ularning ro‘yxatini shakllantirishni buyurdi. Hukumat tegishli qonun loyihasini ishlab chiqish orqali kadastri yo‘q uylar masalasini uzil-kesil hal qilmoqchi.
Nukus voqealarida vafot etgan 21 kishi, Tracker ishlab chiqarayotgan UzAuto Motors, porada ushlangan Oqoltin tumani hokimi o‘rinbosari, Inkuzart`dan Putin va Zelenskiy tasviri, uran qazishni 2 baravar oshiradigan O‘zbekiston va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 18 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
DXX Oqoltin tumani hokimi o‘rinbosarlaridan birini o‘z xizmat xonasida MCHJ ish yurituvchisidan 400 dollar pora olayotganda ushladi. U MCHJni «qora ro‘yxat»ga kiritish bilan qo‘rqitib, 500 dollar talab qilgan.
Xitoyda o‘tkazilgan Xalqaro kimyo olimpiadasida Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 3 nafar hamda Navoiy shahridagi maktabning yana bir 11-sinf o‘quvchisi kumush medalni qo‘lga kiritdi.
“Lotte City Hotel Tashkent Palace” mehmonxonasidagi davlat ulushini sotib olish uchun arizalar qabul qilinishi to‘g‘risida e’lon qilindi.
Ko‘cha rassomi Inkuzart o‘zining yangi ishini taqdim etdi. U o‘zida har biri turli burchaklardan ko‘rinadigan ikki portret — Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy tasvirlarini mujassamlashtiradi. «Har kimning o‘z haqiqati borligini aytmoqchi bo‘ldim», — dedi ijodkor «Gazeta.uz»ga.
Qoraqalpog‘istondagi namoyishlarda qatnashgan ayrim fuqarolarning bedarak yo‘qolgani haqidagi ma’lumotlar «mutlaqo asossiz», deya ma’lum qildi Bosh prokuratura. Avvalroq Open Dialogue Foundation bedarak yo‘qolgan fuqarolarning 58 nafar ismi-sharifi ro‘yxatini e’lon qilgan edi.
Toshkentda qalbaki 20 ming dollarni 8 ming dollar evaziga sotmoqchi bo‘lgan erkak qo‘lga olindi.
Haftaning ikkinchi yarmida kunduzi havo +45 darajagacha, shimoliy, janubiy va cho‘l zonalarida ba’zi joylarda +47 darajagacha isiydi. Haroratning pasayishi 23 iyul kuni mamlakatning shimoliy hududlaridan boshlanadi.
DXX hamda bojxona qo‘mitasi xodimlari 90 ming dollarni Tojikistonga olib o‘tmoqchi bo‘lgan ayolni to‘xtatib qoldi. U chegaradan pulning bir qismini avval oyoq kiyimlari ichiga, keyingi safar egnidagi kiyimlari orasiga yashirgan holda o‘tmoqchi bo‘lgan.
“UzAuto Motors va “Freedom Broker” kompaniyalari anderrayting bo‘yicha hamkorlik shartnomasini imzoladi. “Freedom Broker” ijrochi direktori Yevgeniy Mojeyko aksiyalarni chiqarish bosqichlari va kelajakdagi rejalar haqida so‘zlab berdi.
18−24 iyul kunlari Qirg‘iziston hududidan Farg‘ona viloyati tog‘ oldi va tog‘li hududlarida glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu tog‘larda bo‘lishi kutilayotgan yuqori issiq harorat foni hisobiga sodir bo‘ladi, deya ma’lum qildi O‘zgidromet.
Armanistonda o‘tgan 33-Xalqaro biologiya olimpiadasida o‘zbekistonlik Aziza Abduvaliyeva bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Mudofaa vazirligi Afg‘onistondan O‘zbekiston bilan chegaradosh hududga uchinchi raketa hujumi uyushtirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Qoraqalpog‘istondagi fojiali voqealarni tekshirish bo‘yicha parlament komissiyasi ishonch telefonini ishga tushirdi. Fuqarolar iyul oyining ilk kunlarida nimalar sodir bo‘lgani haqida 1374 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib xabar berishlari mumkin.
SES rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov O‘zbekistonga koronavirus «omikron» shtammining yangi kichik turi kirib kelishi mumkinligini inkor etmadi. U kasallik omikronning boshqa kichik turlari bilan bir xil tarzda kechishi hamda mavjud vaksinalar kovidning barcha turlari asoratlaridan himoya qilishini ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting