Toshkentda yoqqan loyli yomg‘irga kuchli shamol va shahardagi ulkan qurilish ishlari sabab bo‘lgani ma’lum qilindi.
XTV va «Dnevnik.ru» kompaniyasi umumta’lim maktablarida elektron jurnallar va kundaliklarni joriy etish bo‘yicha loyihani amalga oshiradi.
Vitaliy Dragunov «O‘zatom» agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlarida 23 ta oilaviy mehmon uyi ochilib, 50 dan ortiq ish o‘rinlari yaratildi.
«Aqlli shahar» konsepsiyasi loyihasi, shuningdek uni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda.
Andijonda yashovchi uy bekasi Sh. V. uyida 5 yoshli o‘g‘li Z.K.ni tarbiyalash maqsadida uning tanasini turli joylariga yog‘och bo‘lagi bilan urib, o‘limiga sababchi bo‘ldi.
«Milliy bank» Andijon viloyati filiali xodimlari mijozlar hisob raqamlaridan qariyb 760 ming dollarni noqonuniy o‘tkazganlikda ayblanmoqda.
«Toshshahartransxizmat» AJda Germaniyaning «Mercedes-Benz» kompaniyasi menejeri Maks Kirshenxofer bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Toshkentda gaz moslamasining nosozligi sabab is gazidan buvi va ikki nabira zaxarlandi.
«Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi.
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani hududida kuzatilgan kuchli shamol natijasida tuman hokimiyati binosining tom qismi pastga qulashi oqibatida bir kishi vafot etdi.
Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasida tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori bir qator bojxona imtiyozlari belgilandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi.
Bosh prokuratura Quva tuman hokimi o‘rinbosari pora olayotganda ushlanganini ma’lum qildi. Amaldor esa uni tuzoqqa tushirmoqchi bo‘lishganini aytmoqda.
Qamchiqda maktab o‘quvchilari va murabbiylar ketayotgan ikkita Damas kechasi nosozlik sababli to‘xtab qoldi. Qutqaruvchilar ularga tunab qolish va mashinalarni sozlashga ko‘maklashdi.
O‘zbekiston va Rossiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari tashabbusi bilan O‘zbekistonda birinchi marotaba «O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi» o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda har seshanba kuni xotin-qizlar ishtirokida sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.
Uy-joy kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, uy-joyni xususiylashtirishga rozilik bergan shaxsning turar joydan foydalanish huquqi uning vafotidan keyin ochiladigan meros tarkibiga kirmaydi.
Mirzo Ulugbek tumanida 5 ta turli rusumdagi avtomashinalarining old va orqa tomon davlat raqam belgilarini yechib olgan shaxs qo‘lga olindi.
Fuqarolar yig‘ini raisining navbatdagi saylovi 2019 yil may oyida o‘tkaziladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting