Namangan viloyatida poyezd va Damas avtomobili to‘qnashuvi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi, besh kishi jarohatlandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatidagi Gulobod qishlog‘ida chorva orasida epidemiya tarqab, mollar nobud bo‘layotgani haqida ma’lumotga raddiya berildi.
Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev Farg‘ona viloyatidan kelgan hasharchilar bilan dalada paxta terdi.
Buxoro viloyatining Peshko‘ va Buxoro tumanlarida paxta dalalarini payxon qilinishi holatlari aniqlanib, chorvadorlarga chora ko‘rildi.
433-sonli MTM tarbiyalanuvchilarining ovqatdan zaharlanishi yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tuman IIB tomonidan JKning 2571-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Maktabgacha ta’lim vazirligi Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 433-sonli MTMda 32 nafar tarbiyalanuvchining ovqatdan zaharlanishi bilan bog‘liq vaziyatni yaqindan o‘rganib chiqmoqda.
Ichki ishlar vazirligining markaziy apparatida va hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga bir qator tayinlovlar amalga oshirildi.
Paxta xom-ashyosini 13,8 mln. so‘mga sotib yuborib, davlat mulkini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan fermer xo‘jaligi rahbari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Anticorruptionuz telegram-boti orqali korrupsiya holatlari bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishga qaratilgan takliflarni taqdim etish mumkin.
Olmazor tumanida yashovchi D.K. ismli ayol o‘ziga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini to‘xtatishni so‘rab ichki ishlar organlari xodimiga 1 000 AQSH dollarini pora sifatida berayotgan vaqtida ushlandi.
Kitob tumanidagi uylardan birida nosoz gaz plitasi sababli gaz portlashi sodir bo‘ldi, ikki bola hayotdan ko‘z yumdi.
O‘zbekistonning qator universitetlari Fransiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi.
Parijda bir qancha fransiyaliklarga Samarqand shahrining faxriy fuqarosi unvonlari topshirildi.
Toshkentda o‘z farzandini sotmoqchi bo‘lgan ayolga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
Toshkentda yo‘lovchi qizni urib yuborib, komaga tushishiga sababchi bo‘lgan Lacetti avtomobili haydovchisi qo‘lga olindi.
IIBB Sergeli tumanida voyaga yetmagan qizlarning zo‘rlangani va o‘ldirib ketilgani to‘g‘risidagi xabarlarni rad etdi.
Joriy yilning 9 oyi davomida Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish fondiga kelib tushgan 251,1 mlrd so‘mning 15 mlrd so‘mi investitsiya hissasiga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekistonning yana to‘rtta viloyatida paxta teruvchilarga ustama haq to‘lash joriy etildi.
2019 — 2020 yillarda O‘zbekiston mintaqalarida velosiped yo‘lkalari tarmog‘ini qurish rejalashtirilmoqda.
Movarounnahr va Abdulla Qodiriy ko‘chalari oralig‘ida yangi yo‘l ochilishi yer ostida shaharni katta qismini ichimlik suvi bilan ta’minlovchi kommunikatsiyalar borligi sababli vaqtincha to‘xtatildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting