Samarqandda Orolbo‘yi bo‘yicha forumda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi Xalqaro innovatsiya markazi tashkil etilayotgani e’lon qilindi.
Respublika markaziy ko‘zi ojizlar kutubxonasida Brayl yozuvida chop etishga mo‘ljallangan kichik bosmaxona ochildi.
Noyabrda turk shifokorlari — bepushtlik va onkologik kasalliklarni davolash bo‘yicha mutaxassislar bepul tibbiy ko‘riklarni o‘tkazadi.
O‘zbekistonning ayrim viloyatlarida o‘qituvchilar va xalq ta’limi xodimlarini paxta yig‘im-terimi hamda turli majlislarga jalb qilish holatlari qayd etildi.
Xonanda Aziza Niyozmetova 46 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.
O‘zbekiston milliy kutubxonasida «Infolib Uzbekistan» VII Milliy axborot-kutubxona haftaligiga start berildi.
Axborot-komlmunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish bo‘yicha ustuvor loyihalarning hududiy manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Kimyo bo‘yicha 2015 yilgi Nobel mukofoti sovrindori Aziz Sanjar O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Yil boshidan buyon Toshkentning doimiy yashovchi aholisi 1,3 foizga ko‘payib, 2,5 million kishini tashkil etdi.
Qoraqalpog‘istonda Nexia avtomobilining traktor tirkamasiga borib urilishi oqibatida olti kishi, jumladan ikki bola hayotdan ko‘z yumdi.
Hokim Bahodir Bobononazarov Toyloq tumanidan 4650 nafar ayol xorijga ishlashga ketganini ma’lum qilib, bunga yo‘l qo‘ygan «oriyatsiz» erkaklarni tanqid qildi.
Davlat xizmatlari agentligi Genesis Innovation binosini rekonstruksiya qilish uchun zaruriy xujjatlarni rasmiylashtirshdaamaliy yordam ko‘rsatdi.
Shahrisabz tuman XTB bosh hisobchisi qo‘shib yozish va boshqa kamchiliklarni yashirish uchun 2500 dollar pora berayotganda ushlandi.
O‘zbekistonda havo harorati 16−17 oktyabrdan sovishni boshlaydi — yomg‘ir yog‘ishi, qorga aylanishi mumkin.
O‘zbekistonning doimiy aholisi to‘qqiz oy mobaynida 428,5 ming kishiga (1,2 foiz) oshib, 33 million 85,2 ming nafarga yetdi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi tuzilmasida 3 ta yangi tashkilot tashkil etilmoqda.
Navoiy viloyatida yetti kishi, jumladan uch bola vafot etgan YTH sodir bo‘lgan joydan qochib yashiringan samosval haydovchisi ushlandi.
Rossiyada qiyin vaziyatlarga tushib qolgan 71 o‘zbekistonlik O‘zbekistonga qaytdi. Ularni mehnat vaziri kutib oldi.
Qarshida «Baxtli oila» to‘yxonasi uchun uy sharoitida mayonezli salatlar tayyorlagan erkak prokuratura xodimiga pora berayotganda ushlandi.
Toshkentda 16 oktyabrdan isitish mavsumi boshlanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting