1000 nafardan ziyod namozxonlarga mo‘ljallangan «Xovos» jome masjidining yangi binosi 2018 yil 20 avgust kuni qurib bitkazildi.
«Ma’naviyat» bizga hech narsa bermadi, aksincha ahvolimizni og‘irlashtirib yubordi. Endi o‘zimizni tiklash uchun nima qilishimiz kerak?
Ma’naviyat — yaxshi tushuncha. Lekin uning targ‘ibotchilari ma’naviy yetuk bo‘lmasa, hayotda, amalda teskari harakat qilsa — undan ortiq yomonlik yo‘q, — deydi Davronbek Tojialiyev.
Davlat bojxona qo‘mitasi Farg‘ona viloyati boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 4.800 AQSH dollarini olayotgan ikki fuqaro qo‘lga olindi.
«Xavfsiz shahar» tizimi doirasida 4 ta sektor joylashgan 4 hududda Qarshi shahar IIBning alohida bo‘limlari hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi boshqarma tashkil etildi.
Qorin qismidagi tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida yashagan R.T. ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etdi.
Moliya vazirligi va DSQning qarori bilan soliq hisobotining shakllariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
O‘zbekistonning uchta muzeyi davlat-xususiy sherikchilik asosida va xayriya mablag‘lari hisobidan o‘zini o‘zi ta’minlashga o‘tadi. Madaniyat muassasalariga elektron chiptalar tizimi ishga tushiriladi.
Ta’lim va sport muassasalaridan alkogol va tamaki mahsulotlari savdo nuqtalarigacha masofani 200 metrgacha (avval 100 metr taklif qilingan edi) qisqartirish rejalashtirilmoqda.
Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida matematika bo‘yicha Urganch xalqaro Olimpiadasi har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi.
Zira.uz`dan qishda iste’mol qilish uchun tayyorlab qo‘yiladigan retseptlar jamlanmasi.
Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida «KAMAZ-5410» rusumli yuk avtomashinasi balandlikda turgan vaqtida to‘satdan yurib ketishi natijasida uch kishi vafot etdi.
Asfalt yotqizilishi munosabati bilan poytaxtdagi Amir Temur ko‘chasining bir qismi transport vositalari uchun vaqtincha yopildi.
«Aurum 898» klubi qo‘riqchilari Jamshid Kenjayev bilan bo‘lib o‘tgan mojaro haqida so‘zlab berdi. Sportchi Jamshid Kenjayev harakatlariga ham huquqiy baho beriladi.
Yangi inspeksiya majburiy mehnatga qarshi kurashish, ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar sonini kamaytirish, mehnat munosabatlarini tartibga solish bilan shug‘ullanadi.
Qoraqalpog‘istonda «Iqlim o‘zgarishi sharoitida yaylov chorvachiligini rivojlantirish orqali qishloq hamjamiyatlari barqarorligini ta’minlash» mavzusida seminarlar o‘tkaziladi.
Namangan viloyatining Chust tumanida «Matiz» rusumli avtomashina ag‘darilib ketgani natijasida ikki yo‘lovchi halok bo‘ldi.
Toshkentda uch kun ichida 30 nafar jismoniy va 15 nafar yuridik shaxs avtomobil oynalarini qoraytarishga ruxsatnoma oldi.
Si Szinpinning «Davlat boshqaruvi to‘g‘risida» asosiy tarjimonlaridan biri Murtazo Qarshiboyev XXRning «Matbuot sohasidagi ulkan hissasi uchun» mukofoti bilan taqdirlandi.
Samarqand tumanida «KAMAZ-5511» rusumli yuk avtomashinasining uch nafar piyodani urib yuborishi oqibatida ularning ikki nafari vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting