O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati hamda hududiy tizimlarida 17 kishi rahbarlik lavozimlariga tayinlandi.
Prezident maktab o‘quvchilarini identifikatsiyalash hamda ularni sog‘liqni saqlash, huquq-tartibot va boshqa tizimlar bilan bog‘lashga topshiriq berdi.
O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining qabul rejasi va 17−19 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan ijodiy imtihonlari haqida ma’lumot berildi.
O‘zbekistonga kirish uchun elektron vizalar tizimining ikki kunlik faoliyati davomida xorijiy fuqarolardan qariyb 200 ta murojaat kelib tushdi, 31 ta viza berildi.
Toshkent viloyatida aholining ekologik xabardorligi va madaniyatini oshirishga qaratilgan Axborot-resurs markazining ochildi.
Maktablarni qurish va ta’mirlash ishlari «nopok» pudratchilardan maxsus Injiniring kompaniyasiga o‘tkaziladi.
Samarqand xalqaro aeroportida Turkiyadan uchib kelgan yo‘lovchilarni bojxona nazoratidan o‘tkazish chog‘ida qonunbuzarlik holatlari fosh etildi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» tomonidan 27 iyulga qadar Toshkent-Urganch yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qo‘yildi.
Pastdarg‘om tumanidagi 28-qishloq oilaviy poliklinikasi mudiri va Samarqand shahar 2-son tug‘uruqxona bosh vrachi iste’foga chiqarildi.
«Taraqqiyot strategiyasi» markazi ekspertlarining fikricha, IVV tomonidan avtomashinalar oynasining tonirovkasi bo‘yicha taklif qilingan hujjat qayta ko‘rib chiqilishi kerak.
Ishga qabul qilish uchun 300 dollar so‘ragan Norin tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i pora olayotganda qo‘lga tushdi.
FVV O‘zbekiston hududida issiq va quruq havo kutilayotganidan ogohlantirdi.
Samarqand viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari O‘tkir Abdullayevga qo‘llanilgan ehtiyot chorasi munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risidagi tilxatga o‘zgartirildi.
Toshkentning Sergeli tumanida yil oxiriga qadar aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun 60 ta ko‘p qavatli uy quriladi.
Toshkent nefrologiya shifoxonasi negizida Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etiladi.
Azimjon Nazarov innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.
15 iyul kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul uchun hujjat qabul qilish ishlari yakunlandi.
Ish faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan Bulung‘ur va Paxtachi tumanlarining IIB boshlig‘i vazifasidan ozod etildi.
Toshkentdagi Xalqlar do‘stligi maydoniga O‘zbekistondagi eng baland flagshtok o‘rnatildi.
Toshkentda analog teleeshittirishlar efiri to‘xtatildi. Yil oxiriga qadar butun mamlakatda to‘xtatiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting