Toshkent patrul-post xizmatlari xodimlari shaharda motorollerlarda patrullik qilishni boshladi.
Bu yil Toshkentdagi favvoralar 1 maydan avvalroq ish boshladi. Ular Turkiya prezidentining davlat tashrifi boshlanishi munosabati bilan ishga tushirildi.
Toshkentda YHXBga tegishli Lacetti va «VAZ-2107» to‘qnashuvi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi, besh kishi jarohatlandi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara mahkamalari chegarachilarning chegaradagi xulq-atvor tartiblarining yangi tahririni tasdiqladi.
Qarshi tumanidagi «Barkamol avlod» bolalar markazi direktori to‘garak rahbari vazifasiga ishga qabul qilish uchun pora olayotganda ushlandi.
Toshkent metrosida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan davlat arxividan urush yillari foto va videomateriallari namoyish etiladi.
Ekologiya qo‘mitasi uch oy ichida daraxtlarni kesishga ruxsat berish reyestrini ishga tushirishi lozim, uning yordamida daraxt kesuvchilarining faoliyati qonuniyligini onlayn rejimda tekshirish mumkin bo‘ladi.
Innovatsiyalar vazirligi OAKni tugatish hamda OTM va tadqiqot muassasalariga ilmiy daraja va unvonlarni mustaqil berish huquqini taqdim etishni taklif qilmoqda.
Mening fikrim jamoaviy murojaatlar portalida ilk murojaatlar e’lon qilindi.
Surxondaryolik 81 yoshli Elmurod bobo Choriyev velosipedda Qirg‘izistonga yo‘l oldi.
Cheklangan xizmat yoshi Qurolli kuchlar kichik ofitserlari uchun 45 gacha, katta ofitserlar uchun esa 50 yoshgacha etib belgilandi.
Birinchi chorakda qasddan odam o‘ldirish, nomusga tegish, bosqinchilik, talonchilik, talon-toroj qilish, o‘g‘rilik, poraxo‘rlik, bezorilik kabi jinoyatlari uchun sudlanganlik ko‘rsatkichlari kamaydi.
O‘zbekiston Qurolli Kuchlari ansambli xonandalari poytaxt metropolitenida harbiy kuy-qo‘shiqlar ijro etdi. Tafsilotlar — «Gazeta.uz» reportajida.
Taniqli kinorejissyor, o‘zbekistonliklarning ko‘plab sevimli filmlari muallifi Shuhrat Abbosov 87 yoshda hayotdan ko‘z yumdi.
Bugun, 25 aprel kuni Mudofaa vazirligi harbiy xonandalar Toshkent metropolitenida harbiy yillar qo‘shiqlarini ijro etadi.
Mudofaa vazirligi va Qurolli Kuchlar Davlat muzeyi binolarini o‘rab turgan metall to‘siqlar olib tashlandi.
Urganch tumanining G‘oybu qishlog‘ida Turkmaniston prezidenti tashrifi arafasida ochilgan «Shirintoy» bolalar bog‘chasida ikki bosh poni otlari paydo bo‘ldi.
Xotira va qadrlash kuni arafasida 5000 nafardan ziyod harbiy xizmatchilar 69 ta qabriston hududini obodonlashtirishda ishtirok etdi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara mahkamalari chegara buzilishidan ogohlantirish va profilaktika uchun yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.
Shveysariya va o‘zbekistonlik aerostatchilar Buxoroda havo sharida osmonga ko‘tarildi. Ular 25 aprel kuni Xiva, 27 aprelda — Boysun uzra parvoz qiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting