Jamiyat

Jizzaxda fuqaroni AQShga yuborishini aytib, Afrikaga jo‘natgan shaxs ushlandi
19 iyun 2024, 10:26

Jizzaxda fuqaroni AQShga yuborishini aytib, Afrikaga jo‘natgan shaxs ushlandi

Jizzax shahrida fuqaroni 14 300 dollar evaziga AQShga yuborishini aytib, Janubiy Afrikaga jo‘natgan shaxs ushlandi. U Afrikada chorasiz qolib ketgan fuqaroning vaziyatini o‘nglash uchun yana 6700 dollar olayotgan paytda qo‘lga olingan.

Qozog‘istonda o‘zbekistonlik jiyanlariga jinsiy zo‘ravonlik qilgan erkak ushlandi
19 iyun 2024, 09:43

Qozog‘istonda o‘zbekistonlik jiyanlariga jinsiy zo‘ravonlik qilgan erkak ushlandi

Qozog‘istonda erkak o‘z vasiyligidagi o‘zbekistonlik qiz jiyanlariga jinsiy zo‘ravonlik qilgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi qamoqqa olindi. Hozirda 12 va 17 yoshli qizlarga vasiy tayinlash va ularni O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

Sirdaryoda Nexia 2 kanalga qulashi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi
18 iyun 2024, 21:34

Sirdaryoda Nexia 2 kanalga qulashi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

Shirin shahrida Nexia 2 avtomobili Janubiy Mirzacho‘l kanaliga quladi. Oqibatda haydovchi va to‘rt nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi.

Namanganda 29 yoshli ayol o‘zini yoqib yuborib, vafot etdi
18 iyun 2024, 15:45

Namanganda 29 yoshli ayol o‘zini yoqib yuborib, vafot etdi

Yangiqo‘rg‘on tumanida 1995-yilda tug‘ilgan ayol oilada yuzaga kelgan kelishmovchilik sabab o‘zini yoqib yubordi va vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Beeline Uzbekistan ishida uzilishlar kuzatilmoqda
18 iyun 2024, 14:36

Beeline Uzbekistan ishida uzilishlar kuzatilmoqda

Beeline Uzbekistan mobil abonentlari internet xizmatlari va boshqa xizmatlar ishida uzilishlarga duch kelmoqda. Kompaniya avariya-tiklash ishlari haqida xabar berdi.

Toshkentda 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, bir kishi jarohatlandi
18 iyun 2024, 10:22

Toshkentda 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, bir kishi jarohatlandi

Chilonzorda Chevrolet Menlo, Nexia-2 va ikki “Jiguli” ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Voqea oqibatida haydovchilardan biri jarohatlandi.

Toshkentdan Bo‘stonliqqa olib boruvchi yo‘lda yangi tunnel ochildi
18 iyun 2024, 09:44

Toshkentdan Bo‘stonliqqa olib boruvchi yo‘lda yangi tunnel ochildi

Toshkentdan chiqishdagi Yangi O‘zbekiston ko‘chasi va 4R12 avtomobil yo‘li kesishmasida yangi tunnel ochildi. Endi Chorvoq tomon ketayotgan haydovchilar yuqorida qayd etilgan chorrahada hosil bo‘ladigan tirbandlikda turishlari shart emas. Foto va sxema.

Foto: Toshkent aholisi dam olish kunlarini qanday o‘tkazmoqda?
17 iyun 2024, 22:09

Foto: Toshkent aholisi dam olish kunlarini qanday o‘tkazmoqda?

Qurbon hayiti munosabati bilan berilgan dam olish kunlarida kimdir oilasi bilan shahar aylangan, suv havzalarida cho‘milgan, yana kimdir tog‘da. “Gazeta.uz” muxbiri Shohruh Haydarov Toshkent aholisi va mehmonlari bu kunlarni qanday o‘tkazayotganiga qiziqib, ayrim hududlardan fotoreportaj tayyorladi.

Toshkentda elektrobus va 2 ta yengil mashina haydovchilari janjallashdi
17 iyun 2024, 19:59

Toshkentda elektrobus va 2 ta yengil mashina haydovchilari janjallashdi

Bektemir tumanida elektrobus haydovchisini bir necha kishi kaltaklayotgani aks etgan video tarqaldi. Poytaxt IIBB janjal avtobus bekatda to‘xtagan vaqtida ortidan 2 ta yengil avtomashina to‘qnashgani sababli kelib chiqqani, tergovga qadar tekshiruv ketayotganini bildirdi.

Aholi punktlariga kirib qolgan yovvoyi hayvonlarni himoyalash bo‘yicha loyiha muhokamaga qo‘yildi
17 iyun 2024, 17:32

Aholi punktlariga kirib qolgan yovvoyi hayvonlarni himoyalash bo‘yicha loyiha muhokamaga qo‘yildi

O‘zbekistonda yovvoyi hayvonlarni tabiiy yashash muhitidan aholi punktlari va boshqa hududlarga tushib qolganda himoyalash, qutqarish va jonsizlantirish tartibi bo‘yicha loyiha muhokamaga qo‘yildi.

Latviyaning Kreiss kompaniyasi 600 nafar o‘zbekistonlik haydovchini ishga jalb qilmoqchi
17 iyun 2024, 11:42

Latviyaning Kreiss kompaniyasi 600 nafar o‘zbekistonlik haydovchini ishga jalb qilmoqchi

Latviyaning Kreiss kompaniyasi va O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiya agentligi o‘rtasida 600 nafar haydovchini ishga jalb etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Yunusabad Residence`da xonadon sotib olganda Bosch oshxona jihozlari sovg‘a sifatida beriladi
17 iyun 2024, 11:00

Yunusabad Residence`da xonadon sotib olganda Bosch oshxona jihozlari sovg‘a sifatida beriladi

Endi mijozlar Yunusabad Residence TJMdan xonadon xarid qilganda, Bosch brendining oshxona jihozlarini sovg‘a tariqasida olishadi.

O‘zbekistonning to‘qqizta hududida sel kelishi kutilmoqda
16 iyun 2024, 13:04

O‘zbekistonning to‘qqizta hududida sel kelishi kutilmoqda

O‘zbekistonning 9 ta viloyatidagi tog‘li joylarda 17−19-iyun kunlari sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek, yomg‘ir suvlari to‘planishi oqibatida hududlarni suv bosishi ehtimoli bor.

Qurbon hayiti namozi — suratlarda
16 iyun 2024, 10:33 1

Qurbon hayiti namozi — suratlarda

16-iyun kuni ertalab O‘zbekistondagi barcha masjidlarda Qurbon hayiti namozi o‘qildi. PressPhoto.uz fotografi Murod Yusuf “Gazeta.uz” uchun Toshkent shahridagi Hazrati Imom majmuasidan fotoreportaj tayyorladi.

Koreya prezidenti O‘zbekistonga tashrifi yakunida Samarqandning tarixiy obidalari bilan tanishdi
15 iyun 2024, 22:36

Koreya prezidenti O‘zbekistonga tashrifi yakunida Samarqandning tarixiy obidalari bilan tanishdi

Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakunida Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Samarqandning tarixiy obidalari bilan tanishdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston prezidenti o‘z rafiqasi bilan Koreya yetakchisi va uning rafiqasini kuzatib qo‘ydi.

Prezident Samarqandda Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi
15 iyun 2024, 21:56

Prezident Samarqandda Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

Prezident Qurbon hayiti arafasida Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi va Samarqand shahrida “BMT Turizm” bosh kotibi Zurab Pololikashvili bilan uchrashuv o‘tkazdi. Shundan so‘ng davlat rahbari Samarqandga tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi.

Prezident O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi
15 iyun 2024, 21:24

Prezident O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat xalqini Qurbon hayiti bayrami bilan tabrikladi. Shuningdek, davlat rahbari jahonning turli mintaqalarida davom etayotgan urush va janjallar tezroq barham topishini, Yer yuzida doimo tinchlik va osoyishtalik barqaror bo‘lishini tiladi.

Samarqandda Nexia 3 to‘xtab turgan Isuzu bilan to‘qnashishi oqibatida 2 kishi vafot etdi
15 iyun 2024, 17:23

Samarqandda Nexia 3 to‘xtab turgan Isuzu bilan to‘qnashishi oqibatida 2 kishi vafot etdi

Ishtixon tumanida Nexia 3 yo‘l chetida to‘xtab turgan Isuzu’ga borib urildi. Hodisa oqibatida 2 kishi vafot etdi.

Jizzaxda ham mashina yonib ketdi
15 iyun 2024, 14:57

Jizzaxda ham mashina yonib ketdi

Sharof Rashidov tumanida Cobalt elektr simlarining qisqa tutashuvi oqibatida yonib ketdi. Yong‘in oqibatida jarohat olganlar yo‘q. Bu transport vositalari yonib ketishi bilan bog‘liq bir kun ichidagi uchinchi holat.

Toshkentda avtobus yonib ketdi
15 iyun 2024, 13:14

Toshkentda avtobus yonib ketdi

Sergeli tumanida Mercedes-Benz avtobusida yong‘in kelib chiqdi. Hodisa oqibatida jarohati olganlar yo‘q.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting