Jamiyat

Rossiyada qarovsiz qolgan bolalar O‘zbekistonga qaytarildi
16 aprel 2024, 14:05

Rossiyada qarovsiz qolgan bolalar O‘zbekistonga qaytarildi

Ota-onalari bo‘lmagan va yordamga muhtoj jami 17 nafar bola Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarildi. Ular yaqin qarindoshlariga yoki maxsus bolalar muassasalariga vasiylik qilish uchun topshiriladi.

Nukusdan Istanbulga aviaqatnovlar 3-iyundan boshlab yo‘lga qo‘yiladi
16 aprel 2024, 12:34

Nukusdan Istanbulga aviaqatnovlar 3-iyundan boshlab yo‘lga qo‘yiladi

Uzbekistan Airways 3-iyundan boshlab Nukus-Istanbul-Nukus yo‘nalishida aviareyslarni yo‘lga qo‘yishini ma’lum qildi. Qatnovlar haftaning har dushanba kuni amalga oshiriladi.

Toshkent va Buxoro viloyatlarida noqonuniy yer sotishda gumonlanganlar ushlandi
16 aprel 2024, 12:13

Toshkent va Buxoro viloyatlarida noqonuniy yer sotishda gumonlanganlar ushlandi

DXX Toshkent viloyatining Toshkent, O‘rta Chirchiq va Ohangaron tumanlari hamda Buxoro viloyatining Buxoro tumanida yer maydonlarini noqonuniy sotishga urinishlarni aniqladi. Bunda fuqarolardan 50 mingdan 100 ming dollargacha pul so‘ralgan.

BP Farg‘onadagi muzeyda sodir bo‘lgan yong‘inni tekshirmoqda
16 aprel 2024, 11:20

BP Farg‘onadagi muzeyda sodir bo‘lgan yong‘inni tekshirmoqda

Bosh prokuratura Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida sodir bo‘lgan yong‘in bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda. Hodisa oqibatida XIX asrga oid masjid eshigi hamda qadimiy miltiqning qo‘ndog‘i yonib zararlangan.

Jizzaxda yo‘lovchi avtobus ariqqa tushib ketdi
16 aprel 2024, 09:28

Jizzaxda yo‘lovchi avtobus ariqqa tushib ketdi

Sharof Rashidov tumanida yo‘lovchi tashuvchi avtobus ariqqa tushib ketdi. Avtobusda yo‘lovchilar bo‘lmagan, haydovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Farg‘onadagi muzeyda noyob eksponatlar yonib ketgani aytilmoqda
15 aprel 2024, 23:58

Farg‘onadagi muzeyda noyob eksponatlar yonib ketgani aytilmoqda

Tarmoqlarda Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida yong‘in yuz bergani, bu jamoatchilikdan sir tutilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Yong‘inda naqshli masjid eshigi, Angliya qurolsozlari yasagan miltiq qo‘ndog‘i butkul yonib ketgan hamda bir qancha tarixiy eksponatlar zararlangan, deb yozdi Kun.uz.

Turkiyada o‘zbekistonlik yigit vatandoshi otgan o‘qdan vafot etdi. Ular to‘pponcha bilan video olmoqchi bo‘lgan
15 aprel 2024, 23:28

Turkiyada o‘zbekistonlik yigit vatandoshi otgan o‘qdan vafot etdi. Ular to‘pponcha bilan video olmoqchi bo‘lgan

Turkiyaning Istanbul viloyatida Instagram uchun video olmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi 22 yoshli vatandoshini otib qo‘ydi. U bosh qismidan olgan jarohati sabab vafot etdi.

15-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
15 aprel 2024, 22:21

15-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashni boshlaydigan hukumat, Uzbekistan Airways`ning Isroilga bekor qilingan reysi, ingliz tiliga tarjima qilingan “Dunyoning ishlari”, 8 ta davlat vazirlarini qabul qilgan prezident va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

“Dok-1 Maks” ishi: Apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish boshlandi
15 aprel 2024, 20:47

“Dok-1 Maks” ishi: Apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish boshlandi

Fevralda “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha birinchi instansiya sudi tugab, 23 ayblanuvchiga hukm o‘qilgandi. Hukmdan norozi yetti sudlanuvchi apellyatsiya shikoyati kiritdi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida apellyatsiyani ko‘rib chiqish 15-aprel kuni davom ettirildi. Tafsilotlar — “Gazeta.uz” reportajida.

Jizzaxda fuqaroni AQShga jo‘natishni va’da qilganlar qo‘lga olindi
15 aprel 2024, 20:46

Jizzaxda fuqaroni AQShga jo‘natishni va’da qilganlar qo‘lga olindi

Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan shaxslar fuqaroni 18 ming dollar evaziga AQShga jo‘natishni va’da qilgani aniqlandi.

Rossiyada O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi (+video)
15 aprel 2024, 20:44

Rossiyada O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi (+video)

Moskvadagi qurilish maydonida sodir bo‘lgan ommaviy mushtlashuvda o‘zbekistonlik 10 nafar, tojikistonlik 13 nafar migrant qo‘lga olindi. Janjal qurilish materiallarining noto‘g‘ri taqsimoti sababli kelib chiqqan. Hech kim og‘ir jarohat olmagan, ularga nisbatan ma’muriy jarima tayinlangan.

Artel Canton Fair 2024 keng ko‘lamli xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda
15 aprel 2024, 19:00

Artel Canton Fair 2024 keng ko‘lamli xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

15−19-aprel kunlari Artel kompaniyasi 135-Canton ko‘rgazmasida — eksport va import mahsulotlari bo‘yicha Osiyoning eng yirik ko‘rgazmalaridan birida ishtirok etmoqda.

O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari ingliz tiliga tarjima qilindi
15 aprel 2024, 18:17

O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari ingliz tiliga tarjima qilindi

Tarjimonlar Mark Riz va Abdulloh Ro‘ziyev O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissalarining ingliz tiliga tarjimasini taqdim etdi. Nashr sharafiga Nyu-York metrosida reklama joylashtirildi. “Gazeta.uz” tarjimonlar bilan o‘zbek yozuvchisi ijodi va tarjima ustidagi ishlar haqida suhbatlashdi.

“Dronlardan foydalanish madaniyati hali biz tasavvur qilgan darajada emas” — “Madad” NNT vakili
15 aprel 2024, 17:28

“Dronlardan foydalanish madaniyati hali biz tasavvur qilgan darajada emas” — “Madad” NNT vakili

Hukumatda “aholi drondan foydalanish madaniyatiga hali to‘la tayyor emas” degan nuqtai nazar bor. “Hozir ommaviy foydalanishga ruxsat bersak, odamlar bir-birining uyida qilayotgan ishini ham dronlar orqali tarmoqlarga chiqarib yuborishi mumkin”, deya qo‘shimcha qildi “Madad” NNT vakili Islombek Abdurahimov.

Qizil chiroqda “Tez yordam”ga yo‘l bergan haydovchining jarimasi bekor qilindi va taqdirlandi
15 aprel 2024, 17:04

Qizil chiroqda “Tez yordam”ga yo‘l bergan haydovchining jarimasi bekor qilindi va taqdirlandi

Toshkentning Chilonzor tumanida svetoforning qizil chirog‘i yongan vaqtda qoidani buzib, “Tez yordam” mashinasiga yo‘l bergan Cobalt haydovchisining uyiga jarima xati bordi. Holat o‘rganilib, fuqaroga yozilgan jarima bekor qilindi. Haydovchi shahar IIBB tomonidan taqdirlandi.

Defektolog Dilorom Jabborovaning tergov vaqtida bolalar duduqlanishi muammosiga oid faoliyat bilan shug‘ullanishi to‘xtatilgan — bolalar ombudsmani
15 aprel 2024, 15:54

Defektolog Dilorom Jabborovaning tergov vaqtida bolalar duduqlanishi muammosiga oid faoliyat bilan shug‘ullanishi to‘xtatilgan — bolalar ombudsmani

Firibgarlikda gumonlanib, tergovga jalb qilingan defektolog Dilorom Jabborova “Ovoz” nomli markaz ochgani haqida xabar tarqaldi. Bolalar ombudsmani muassasa unga tegishli emasligini, uning tergov davomida bolalar duduqlanishi muammosiga oid faoliyat bilan shug‘ullanishi to‘xtatilganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston va Hindiston yana qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi
15 aprel 2024, 15:26

O‘zbekiston va Hindiston yana qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

O‘zbekiston va Hindiston harbiylari “Do‘stlik” qo‘shma mashg‘ulotlarining beshinchi bosqichini boshladi. Bu yil mashqlar Surxondaryodagi “Termiz” poligonida bo‘lib o‘tmoqda. Jarayon doirasida Hindiston armiyasi shtabi boshlig‘i Manoj Pande O‘zbekistonga keldi.

16−22-aprel kunlari 6 ta hududda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi
15 aprel 2024, 15:10

16−22-aprel kunlari 6 ta hududda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi

Yog‘ingarchilik hamda havo haroratining keskin o‘zgarishi sababli 16−22-aprel kunlari O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.

Qo‘qon shahri jamoat transporti uchun 20 ta Isuzu avtobusi xarid qilindi
15 aprel 2024, 12:56 1

Qo‘qon shahri jamoat transporti uchun 20 ta Isuzu avtobusi xarid qilindi

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahri jamoat transporti uchun 20 ta Isuzu HC 45 rusumli avtobus xarid qilindi. Ammo 2018-yildan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirilmagan shahar yo‘lovchi avtomashinalarini xarid qilish taqiqlangan.

Jenisbek Piyazov oliy ta’lim vazirining maslahatchisi bo‘ldi
15 aprel 2024, 12:22

Jenisbek Piyazov oliy ta’lim vazirining maslahatchisi bo‘ldi

O‘zbekiston xalq artisti Jenisbek Piyazov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining madaniyat hamda san’atni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi. Mazkur lavozim jamoatchilik asosida joriy etilgan va unga haq to‘lanmaydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting