Avtomobillar uchun ekostikerlar nafaqat Toshkentda, balki O‘zbekistonning barcha hududlarida joriy etiladi. Ekodiagnostika 1-iyundan bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi. Aksariyat mashinalar uchun stikerlar bepul bo‘ladi. Ekozonalarga kirish uchun kompensatsiyalar va jarimalar joriy etiladi. Yangi qaror tafsilotlari.
O‘zbekistonda sudyalarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi unga nafaqat o‘ta og‘ir, balki og‘ir jinoyat aybi qo‘yilganda ham qo‘llanishi mumkinligi belgilanmoqda. Senat tegishli o‘zgartirishni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Normadan maqsad korrupsiyaga qarshi kurashish ekani aytildi.
Toshkent shahrida 1-apreldan 31-maygacha, shuningdek, 15-apreldan may oyi oxirigacha issiq suv ta’minotida ikki va to‘rt kunlik uzilishlar bo‘lishi reja qilinmoqda. Shu kunlarda issiqlik tarmoqlari sinovdan o‘tkaziladi. Jadval yangilanib boradi.
Senatorlar “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida"gi qonunning yangi tahririni qabul qildi. Hujjatda bino va inshootlar qurilishida zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasi majburiy bo‘lishi, xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar binoda mavjud infratuzilmadan beg‘araz foydalanishi mumkinligi belgilanmoqda.
Transport vaziri Ilhom Mahkamov “Gazeta.uz” muxbiri bilan suhbatda tramvay orqali birinchi navbatda “eski” Toshkent bilan Yangi Toshkent bog‘lanishi, shuningdek, poytaxt ichida tramvayni qaysi yo‘nalishlarga qo‘yish masalasi ustida ishlanayotganini aytdi. U tramvayni “nihoyatda kerakli infrastruktura” deb atadi.
Chilonzor tumanida alabay egasining ko‘z o‘ngida ikki qiz sayr qildirayotgan boshqa itga hujum qildi, shundan so‘ng jonivorlar egalari o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Alabayning egasi qizlarga tahdid qilib, ikkisini ham urdi.
“Avtomobilsiz kun"da JTda harakatlangan amaldorlar, prezidentning ehtimoliy teraktlarning oldini olish topshirig‘i, maydonga chiqqani uchun jazolangan futbol muxlislari, chiqindini saralash uchun bepul paketlar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Ramazon — Islom dunyosida orziqib kutiladigan muqaddas oy. Musulmonlar uning sharafiga fonuslar yoqadi, iftorlik va ibodat uchun jamlanadi, bolalar esa Ramazon qo‘shiqlarini kuylaydi. “Gazeta.uz” dunyo musulmonlarining mazkur oy bilan bog‘liq ana shunday o‘ziga xos an’analarini bir materialga jamladi.
Sumalak — o‘ziga xos marosimlari bor, pishirilishi oson bo‘lmagan taom. Shu bois qishloqlarda uni bir necha oila bir bo‘lib tayyorlaydi. Farzandlari o‘qishga kirishi, uyida gaz, yurtda esa tinchlik bo‘lishini niyat qilib, qozon kavlaydi. Xolida Musulmon navbatdagi fotohikoyasi — qishloqda tayyorlangan sumalak haqida.
Tibbiyot — O‘zbekistondagi og‘riqli mavzulardan. Xorijda-chi, u yerda ahvol qanday? Tibbiyot bepulmi yo pulli? Shifokorlar malakasi qanday? Tomog‘i og‘rigan odamga muzqaymoq yeyish tavsiya etilishi rostmi? Dori-darmon bilan bog‘liq vaziyat qanaqa? “Gazeta.uz” shu kabi savollar bilan xorijdagi vatandoshlarga yuzlandi.
Toshkent shahri IIBB xodimlar savdo majmualari, ko‘ngilochar maskanlari, bozorlar va boshqa jamoat joylarida kuchaytirilgan tartibda xizmat olib borayotganini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda aprel oyi quruq va o‘rtacha iliq havo bilan boshlanadi. Birinchi o‘nkunlikda harorat kunduzi +18…+23 daraja iliq bo‘ladi. Ikkinchi va uchinchi o‘nkunliklarda kunduzgi harorat +13…+18 dan +25…+30 darajagacha o‘zgarib turadi. Oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yordan kam, ba’zi joylarda me’yoriy bo‘ladi.
JCH-2026 saralash bosqichi doirasidagi O‘zbekiston — Gonkong o‘yini yakunlanganidan keyin maydonga yugurib chiqqan futbol muxlislari javobgarlikka tortildi. Osiyo futbol konfederatsiyasi holat uchun O‘FAni jarimaga tortdi.
Namangan viloyatida prezident bilan iftorlik paytida uchrashgan 108 yoshli nuroniy Ibrohimjon Xo‘jayevga davlat rahbari tomonidan Traverse avtomobili sovg‘a qilindi.
O‘zbekistondagi aholini chiqindini saralagan holda shoxobchaga olib borishga rag‘batlantiradigan tizim joriy etiladi. Bunda aholiga maxsus chiqindi paketlari bepul beriladi, aholi chiqindini saralab, shoxobchaga olib boradi. Tadbirkor esa qayta ishlanadigan foydali chiqindini aholidan sotib oladi.
26−28-mart kunlari “Oziq-ovqatlar mahsulotlari, ingrediyentlar va ishlab chiqarish texnologiyalari UzFood-2024” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Moskvaning 16 ta ishlab chiqaruvchisi o‘z mahsulotlarini taqdim etdi.
Farg‘ona shahrida tilanchilik qilgan ikki yigit 10 sutkaga qamaldi. Ular sog‘lom bo‘lsa-da, navbatma-navbat nogironlik aravachasida o‘tirib tilanchilik qilib yurgan.
Toshkent viloyatidagi 34 gektar yer 30 yil muddatga obodonlashtirish boshqarmalariga beriladi. Har 1 gektar uchun mahalliy budjetdan 100 mln so‘m ajratilib, tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etiladi. Yer tayyor qilinib, daraxt ekish xohishi bor aholiga o‘zi istagan turdagi ko‘chatni ekishi uchun sharoit yaratiladi.
O‘zbekistonda dam olish kunlari asosan yog‘ingarchiliksiz o‘tishi kutilmoqda, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi. Harorat asta-sekin ko‘tarilib, yakshanba kuni +17 darajagacha isiydi, kechalari 0…+5 iliqqacha bo‘ladi.
O‘zbekistonda 2024-yil 1-oktabrgacha ta’lim sohasidagi atamalarning xalqaro darajada qabul qilingan atamalarga muvofiqligini ta’minlagan holda “Uzluksiz ta’lim tizimining izohli lug‘ati” ishlab chiqiladi. Shuningdek, davlat ta’lim standartlari va ta’lim talablarining ochiq muhokama portali ishga tushiriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting