Tanzila Narbayeva ma’lum qilishicha, hozir o‘g‘il bolalar uchun o‘rtacha turmush qurish yoshi 26−27 yosh, qizlar uchun 23−24 yosh. “Lekin biz ayrim rivojlangan mamlakatlardagi kabi qizlar turmush qurmaslik, oila qilmaslikni istashini xohlamagan bo‘lardik”, — dedi Senat raisi bergan intervyuda.
O‘zbekiston oiladagi zo‘ravonlikni jinoyat deb hisoblagan Markaziy Osiyodagi ilk davlat bo‘ldi. Mintaqada bu mavzu tabu bo‘lgan. Ma’lum lavozimlarda o‘tirgan ba’zi erkak rahbarlar bu normalarni qabul qilishni xohlamagan. Bu haqda Tanzila Narbayeva BMT axborot xizmatiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Respublikaning barcha hududlari bo‘yicha ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazilib, bepul tushlik maktabga qatnash darajasini 8 foizga oshirishi aniqlandi, deya xabar berdi MHTI. Institut ekspertlari 1−4 sinf o‘quvchilarini bepul issiq ovqat bilan ta’minlash uchun barcha maktabda oshxona tashkil etish kerakligini ta’kidlagan.
Poytaxtning Uchtepa tumanida 15 yoshli maktab o‘quvchisi kelishmovchilik sabab uydan chiqib ketib, boshqa bir fuqaroning mashinasini minib qochib ketdi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘smir bundan avval ham 2 marta mashina olib qochgan. Sud uning bu harakatlari uchun 3 yilga ozodlikdan mahrum etdi.
O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati ko‘tarila boshlaydi. Shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi joylarda biroz sovuq saqlanib turadi. Harorat +8…+20 daraja atrofida bo‘ladi. Faqat yakshanba kuni Qoraqalpog‘iston va Xorazmning ayrim joylarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Ertalab Toshkent aholisi shaharning ayrim hududlarida quyuq tutunning guvohi bo‘ldi. IQAir reytingida O‘zbekiston poytaxti yana havo ifloslanishi bo‘yicha jahon yetakchilari qatoriga kirdi. 1-martdan aholini havo ifloslanishi haqida xabardor qilish tizimi ishga tushishi kerak edi, biroq u hozircha e’lon qilinmadi.
Chorshanba kuni Hindistonning Bengaluru shahridagi mehmonxonada 27 yoshli o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi. Elchixona hozirda shahar politsiya vakillari bilan vaziyatni nazoratga oldi. Marhumning oila a’zolari bilan aloqa o‘rnatish choralari ko‘rilmoqda.
Toshkent shahri Olmazor tumanida Lacetti, King Long va 3 ta Cobalt avtomobili to‘qnashdi. 3 nafar haydovchi shifoxonaga yotqizildi. Tergovga qadar surishtiruv harakatlari boshlandi.
O‘zgarishsiz qoldirilgan asosiy stavka, mart oyida yog‘gan qor, muftiy bilan suhbatlashgan prezident, bokschi Isroil Madrimovga sovg‘a qilingan Tahoe va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudi Toshkent xalqaro aeroportidagi Aviatsiya xavfsizlik xizmatining sobiq nazoratchisini 2 yilga ozodlikdan mahrum qildi. U 2000 dollar evaziga fuqaroni ushbu xizmatga ishga joylashtirishga va’da bergan.
Ekologiya vazirligi tomonidan Qarshi tumani hududidan oqib o‘tuvchi Qashqadaryo daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olish bilan bog‘liq ikkita holat aniqlandi. Tabiatga yetkazilgan zarar miqdori jami 41,5 milliard so‘mdan ortiq deb baholanmoqda.
Uzum Media komandasi firibgarlardan qanday himoyalanish va omonatlar, kartalar va boshqa bank servislaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha qator materiallar chiqardi.
O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov sohani to‘liq raqamlashtirish va iqtisodiy manfaatdorlikni yaxshilash zarurligini aytdi. “Bu ikki masala butunlay yechim topsa, shundan keyin soha g‘oyaga ishlaydi”, — dedi u. Unga ko‘ra, sohada sifatni ta’minlashda iqtisodiy manfaatdorlik ham muhim omil hisoblanadi.
Uzum IT-akademiyasida o‘qishning ikkinchi oqimida xohlovchilar “Loyiha menejeri” va Customer Support yo‘nalishlari, shuningdek, Java `da ishlab chiqish hamda tizimlarni tahlil qilish kurslarini tanlashlari mumkin.
Prezident Sayxunoboddagi 19 ta mahallaga 1 tadan mini traktor, 4 tadan motokultivator olib berilganini ma’lum qildi. Hokim yordamchilari agronomlar bilan birga ushbu texnikalar hisobidan tomorqa yerlarini haydash va ekin ekish xizmatlarini ko‘rsatadi. Bu tajriba butun respublikada ommalashtiriladi.
Shavkat Mirziyoyev Sayxunobod tumanida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda joylardagi rahbarlar Sayxunoboddagi ahvolni yaxshilashga e’tibor qaratmaganini, Sirdaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, Sayxunobod tumani hokimi va uning birinchi o‘rinbosari shu sababdan lavozimidan ozod etilganini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoga poyezdda bordi. Yo‘l-yo‘lakay O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov bilan Ramazon oyi, uning fazilatlari, bu oyni yuksak darajada o‘tkazish va muhtoj insonlarni qo‘llab-quvvatlash haqida suhbatlashdi.
Shavkat Mirziyoyev yong‘inlar profilaktikasi bo‘yicha qonunni imzoladi. Hujjat bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi talablarini buzish orqali yong‘in chiqishiga sabab bo‘lganlarga alohida ma’muriy javobgarlik belgilash nazarda tutilgan.
15−20-mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi.
Payshanba kuni ertalab kuchli qor bo‘roni Toshkent aholisini hayratda qoldirdi. Yarim soat ichida shahar qor bilan qoplandi. Ko‘rish darajasi biroz vaqtga yomonlashdi. Svetoforning ishlamay qolgani sabab ayrim chorrahalarda tirbandlik yuzaga keldi. Ba’zi joylarda daraxtlar qulab tushdi. “Gazeta.uz” fotoreportaji.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting