Namanganda O‘zbekistondan Hindistonga sotish uchun noqonuniy ravishda oltin olib chiqishni rejalashtirgan ikki shaxsga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Musodara qilingan 30 dona tillaning og‘irligi 1 kilogramm 516 gramm, qiymati esa 1 milliard 400 million so‘mni tashkil etadi.
Farg‘ona shahridagi yashash xonadonida gaz portlashi sodir bo‘ldi, oqibatda uch nafar Hindiston fuqarosi — Farg‘ona tibbiyot instituti talabalari jarohatlandi.
Surxondaryo viloyatining Angor tumani hokimi “Ayollar daftari” mablag‘lari hisobidan Captiva 5 mashinasini sotib olgani aytilmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi holat o‘rganilayotganini ma’lum qildi.
Raqamli rivojlanish departamenti Toshkentdagi tashqi reklamani nazoratga olmoqchi. Minglab reklama konstruksiyalarining egalari to‘lov qilmayapti. Muammo nimada, reklama dizayn-kodi qanday bo‘lishi va Toshkentni qay tariqa ko‘zni quvontiruvchi shaharga aylantirish mumkin — “Gazeta.uz” shu savollarga javob izladi.
O‘rta Chirchiq tumanida temiryo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan 31 yoshli erkakni poyezd urib yubordi. Oqibatda u voqea joyida halok bo‘ldi. Marhum farzandli bo‘lgani uchun ayolini tug‘ruqxonadan olib chiqishga tayyorgarlik ko‘rgani ketayotgan bo‘lgan.
Navro‘z bayrami munosabati bilan Toshkentdan Nukus, Buxoro, Urganch, Farg‘ona va Namanganga qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.
Oltinko‘l tumanida maktab yonidagi oshxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Uni o‘chirishga 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi. Hodisa oqibatida binoning 85 kvadrat metr tom qismi zararlangan, tan jarohati olganlar bo‘lmagan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi “O‘quv ta’lim-ta’minot” muassasasining “Bir million dasturchi” loyihasida budjet puli o‘zlashtirilgan bo‘lishi mumkin. Tashkilot bilan shartnoma tuzgan korxona kerakli elektron qurilmalarni yetkazib bermay, 919 mln so‘mni talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda.
1-maydan Sirdaryo daryosi o‘zanidagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi. Bundan tashqari, noqonuniy qazib olish ishlari natijasida tabiatga yetkazilgan zarar uchun javobgarlik kuchaytiriladi.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov xorijlik xonandalarning O‘zbekistondagi konserti tadbirkorlar tomonidan tashkil etilishini aytdi. U rossiyalik qo‘shiqchilarning O‘zbekistonda konsert berishi haqida gapirarkan, “ular uchun dunyoda maydonlar qisqarib ketdi, shu sabab bo‘sh maydon qidirishga mahkum”, dedi u.
Yangihayot tumanidagi ko‘p qavatli uy qurilishida ishlayotgan 23 yoshli yigit boshiga 14-qavatdan qolip tushib ketishi oqibatida vafot etdi. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi.
San’atkorlarga chora ko‘rish haqida gapirgan Ozodbek Nazarbekov, arzonga sotib olinayotgan Rossiya gazi, O‘zbekiston masjidlaridagi taroveh namozlari, kasallik bahona maktabga kelmayotgan o‘quvchilar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Shavkat Mirziyoyev tabrigida ushbu oyda “xalq manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtojlarni qo‘llab-quvvatlash” ishlari yanada ko‘proq bo‘lishini aytdi. “Yurtimiz musulmonlarining ibodat amallarini emin-erkin ado etishlari uchun barcha sharoitlar yaratildi”, — dedi u.
Milliy gvardiya axborot xizmati 6−8-fevral kunlari darslarga 188 ming o‘quvchi sababsiz kelmaganini aniqladi. Shuningdek, inspektor-psixolog va mahalla yettiligi ko‘rayotgan chora-tadbirlar sabab o‘quvchilar davomati ijobiy tomonga o‘zgarayotganini, hozir davomat 97,7 foizga yetganini ma’lum qildi.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tarmoqlarda nomaqbul harakatlar qilayotgan san’at vakillariga chora ko‘rish haqidagi savolga munosabat bildirdi. U “vazirlik bog‘cha opa emasligi, nazorat qilish demokratik normaga tushmasligi”ni aytdi. “Ularga chora ko‘rsak, liberal taraf mutlaq norozi bo‘ladi”, — dedi u.
“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi O‘zbekistonda taqiqlangan ozdiruvchi mahsulotlar ro‘yxatini e’lon qildi. Ularda kuchli ta’sir qiluvchi sibutramin moddasi mavjudligi aniqlangan.
Energetika vazirligi gaz bosimining normallashishi tufayli 8-martdan boshlab elektr energiyasi yetkazib berishdagi cheklovlar bekor qilinganini ma’lum qildi. Issiqlik elektr stansiyalari elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun ko‘proq gaz va kamroq ko‘mir hamda mazutdan foydalandi.
Endi Yangihayot tumanidan Qo‘yliqqa metro orqali borish mumkin, bunga 20 daqiqa vaqt ketadi. Yangi ochilgan “Qipchoq”, “Turon” metro bekatlarida zina, eskalator va lift ishlab turibdi. Sergeli liniyasidan boshqa metro yo‘nalishiga almashish uchun yo‘lovchilar alohida yo‘lkira to‘laydi. (Yangi bekatlardan fotoreportaj)
Shofirkon tumanida salkam ikki yil davomida bolasini qiynoqqa solib kelgan ayolga qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish bo‘yicha qo‘shimcha ayblov e’lon qilindi. U farzandini beshikka bog‘lagan holda tayoq va boshqa jismlar bilan kaltaklagan.
Hafta davomida beqaror ob-havo saqlanib turadi, aksariyat hududlarda yomg‘ir yog‘adi. Chorshanbadan respublika hududiga sovuq havo massalari kirib keladi va harorat kechasi 0…+5, kunduzi +3…+8 darajagacha pasayadi. Joylarda shamol kuchayishi, yomg‘ir qorga aylanishi ham mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting